Kompensatsiya aniq shaxs yoki shaxslar guruhiga qonunchilikda qayd etilgan maqsadlarga sarflagan xarajatlarni to’liq yoki qisman qoplashdir.
Korporativ sug’urta ish beruvchilarning daromadlari hisobidan shakllantiriladigan ijtimoiy muhofaza tizimi bo’lib, u xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlarini (tibbiy yordam, sog’lomlashtirish, turar joy, transport va o’quv xarajatlarini, madaniyat sohasidagi xizmatlar, pensiya to’lovlari) qondirishga yo’naltiriladi.
Ko’ngillilar homiylik oluvchi yoxud homiylik tashkiloti manfaatlarini ko’zlab, bepul ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish shaklidagi homiylikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar.
Majburiy ijtimoiy sug’urta mehnatga layoqatlikni (kasallik, baxtsiz hodisa, qarilik) yoki ish joyini yo’qotish tufayli daromaddan (ish haqi) mahrum bo’lish hollarida qo’llaniladigan amaldagi qonunchilikda belgilangan ijtimoiy kafolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |