O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi


-bob. AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH CHORALARINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI



Download 330,09 Kb.
bet97/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

11-bob. AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH CHORALARINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI

    1. Ijtimoiy jamg‘armalarning iqtisodiy tabiati

Ijtimoiy himoyani ro‘yobga chiqarish doimo muayyan miqdordagi moddiy mablag‘lardan maqsadli foydalanishni taqozo etadi. Shuning uchun ijtimoiy jamg‘armalar har qanday iqtisodiy mexanizmning ajralmas qismi bo‘ladi.

Ma’lumki, aholining muhtoj qatlamlarini himoyalash maqsadida daromadlarni muayyan tartibda qayta taqsimlash zarurati kelib chiqadi. Bunday qayta taqsimlashning moliyaviy vositasi ijtimoiy jamg‘armalar orqali amal qiladi. Ijtimoiy jamg‘armalar esa, o‘z navbatida, davlat yoki nodavlat shaklida bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy jamg‘armalarning shakllari o‘rtasidagi nisbat ko‘p omillarga, eng avvalo, iqtisodiy rivojlanishning milliy modeliga bog‘liq bo‘ladi.

Ijtimoiy jamg‘armalar ham har qanday pul mablag‘lari jamg‘armasi singari moliyaviy munosabatlar tizimiga kiradi va muayyan moliyaviy mazmunga ega bo‘ladi. Aytish joizki, jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida moliyaviy tizimni ijtimoiy jamg‘armalar majmuyisiz tavsiflab bo‘lmaydi, ularning aksariyati ustuvor yo‘nalishlarda muhim o‘rin tutadi. Boshqa tomondan esa ularning tashkil etilishidan asosiy maqsad foyda olishdan iborat bo‘lmaydi.

Ijtimoiy jamg‘armalar real sektorda yaratilgani holda qayta taqsimlash jarayonida qatnashadi va pul-qiymat shaklida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, jamg‘armalar moliya munosabatlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, moliyaviy munosabatlarning alohida guruhlari bo‘lib, qayta taqsimlash jarayonida bozor ekvivalenti tamoyilidan foydalanmasdan, adolat va maqsadga muvofiqlikning ijtimoiy mezonlaridan foydalaniladi. Shunday qilib, ijtimoiy jamg‘armalarning o‘ziga xos xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: daromad manbalarining aniq belgilanganligi; mablag‘larning qat’iy maqsadli ishlatilishi; mablag‘larning shakllanish va ishlatilish muddatlarining mos kelmasligi; mustaqil moliya-kredit tashkiloti; budjetdan tashqari. Shuning uchun, ijtimoiy jamg‘armalar jamiyat moliyaviy resurslarining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Hozirgi davrda iqtisodiy adabiyotlarda ijtimoiy jamg‘armalarga nisbatan hududiy va budjetdan tashqari maxsus davlat jamg‘armalariga ko‘proq e’tibor berilmoqda.

Budjetdan tashqari jamg‘armalar milliy daromadni aholining muayyan ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlash usullaridan biridir. Davlat o‘z tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun aholi daromadlarining bir qismini shu tariqa safarbar qiladi. Bunday jamg‘armalar tarixiy nuqtayi nazardan davlatning umumiy markaziy pul jamg’armasi - budjetning yuzaga kelishidan ancha ilgari ijtimoiy jamg‘armalar va alohida hisoblar tarzida yuzaga kelgan. Davlatning faoliyati kengayib borgani sari u tobora yangi xarajatlarga ehtiyoj sezgan. Bu xarajatlarni qoplashi lozim bo‘lgan mablag‘lar alohida jamg‘armalarga markazlashtirilgan va maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan.

Budjetdan tashqari jamg‘armalar ikki xil yo‘l bilan yaratilishi mumkin: budjetdan alohida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muayyan xarajatlarni ajratish va o‘z daromad manbayidan budjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish.

Budjetdan tashqari hududiy jamg‘armalar:

  • jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy badallari;

  • atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik va tabiatni muhofaza qilish qonunlari, sanitariya me’yorlari va qoidalarini buzganlik uchun solinadigan jarimalardan, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash to‘lovlaridan;

  • munitsipal mulk bo‘lgan tarixiy va madaniy obidalarni buzganlik va yo‘qotganlik jarimalaridan, ularga yetkazilgan zararni qoplash uchun to‘lovlardan;

  • ma’muriy va boshqa huquqbuzarliklar uchun mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amaldagi qonunlar asosida soladigan jarimalardan shakllantirilishi mumkin.

Budjetdan tashqari munitsipal jamg‘armalar mahalliy hokimiyatning vakolatli organlari qarorlari asosida tuziladi va ijro organlari, jamg‘armaga kelib tushayotgan mablag‘ni saqlash uchun banklarda maxsus hisob raqamlari ochiladi.

    1. Davlat ijtimoiy jamg‘armalari

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimidagi jamg‘armalar mulkchilik shakliga bog‘liq holda davlat va nodavlat jamg‘armalardan iborat. Davlat ijtimoiy jamg‘armalari umummilliy xarakterga ega bo‘lib, ulardan umumiy ijtimoiy muammolarni hal etishda foydalaniladi.

Davlatning maqsadli ijtimoiy jamg‘armalariga funksional vazifalariga muvofiq quyidagilar kiradi: pensiya jamg‘armasi; bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi; kasaba uyushmalari federatsiyasi jamg‘armasi. Bu jamg‘armalar mohiyatan sof davlat jamg‘armalari emas, chunki ular aralash xususiyatga ega. Ular shakllanish manbalariga ko‘ra, korxona va muassasalar ajratadigan mablag‘lardan iborat bo‘lib, markazlashgan holda va davlat nazorati ostida jamg‘ariladi, davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi va foydalaniladi.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilishda davlat ijtimoiy jamg‘armalari tarkibida salmoqli o‘rinni pensiya jamg‘armasi egallaydi.




    1. Download 330,09 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish