Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning hududiy jihatdan muvozanatlashganligini ta'minlash va mintaqaviy nomutanosibligini kamaytirish O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi. Keyingi yillarda mamlakatda sodir bo‘layotgan tarkibiy o‘zgarishlarda hududlarning roli sezilarli darajada oshdi. Hududlarning iqtisodiy salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. - Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning hududiy jihatdan muvozanatlashganligini ta'minlash va mintaqaviy nomutanosibligini kamaytirish O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi. Keyingi yillarda mamlakatda sodir bo‘layotgan tarkibiy o‘zgarishlarda hududlarning roli sezilarli darajada oshdi. Hududlarning iqtisodiy salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbеkiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va iqtisodiy o‘sish sur'atlaridagi tafovutlar bir qator obyektiv sabablar - bozor islohotlarining dastlabki davridagi hududiy rivojlanish darajasi, hududning investitsion jozibadorligi, iqtisodiy geografik rivojlanishi, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, innovatsion salohiyati va boshqa ko‘pgina omillar bilan izohlanadi. - O‘zbеkiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va iqtisodiy o‘sish sur'atlaridagi tafovutlar bir qator obyektiv sabablar - bozor islohotlarining dastlabki davridagi hududiy rivojlanish darajasi, hududning investitsion jozibadorligi, iqtisodiy geografik rivojlanishi, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, innovatsion salohiyati va boshqa ko‘pgina omillar bilan izohlanadi.
Respublika YAIMni shakllantirishda YAHMning ulushi bo‘yicha Toshkent shahri 15,5 % ko‘rsatkich bilan yetakchilik qiladi. Toshkent va Samarqand viloyatlari mos ravishda 9,1 va 7,1 % ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarni egallaydi. YAHMning eng kam ulushi Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi. Keyingi darslarda mazkur hududlarni ketma-ket o‘rganamiz. - Respublika YAIMni shakllantirishda YAHMning ulushi bo‘yicha Toshkent shahri 15,5 % ko‘rsatkich bilan yetakchilik qiladi. Toshkent va Samarqand viloyatlari mos ravishda 9,1 va 7,1 % ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarni egallaydi. YAHMning eng kam ulushi Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi. Keyingi darslarda mazkur hududlarni ketma-ket o‘rganamiz.
Topshiriqlar - 1. Mavzuni o`qish
- 2. Yozuvsiz xaritadan viloyatlargacha bo`lgan barchasini bo`yab kelish
- 3. Muhim ma’lumotlarni yozish
- 4. 84-,85-rasmlarni daftarga chizib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |