O'zbekiston iqtisodiyotida korporatsiyalar.
Reja.
1. Investitsiyalar korporatsiyasi O'zbekistondagi faoliyati.
2. O'zbekistondagi transmilliy korporatsiyalar faoliyati.
3. ,, O'zbekiston temir yo'llari'' AJ faoliyati.
1.2018 yil 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyevning Xususiy xorijiy investitsiyalar korporatsiyasi (OPIC) vitse-prezidenti D. Boxigien boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoyevning joriy yil may oyida AQSHga qilgan tarixiy tashrifi natijasida «O‘zbekiston va AQSH: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» deb nomlangan Qo‘shma bayonot qabul qilinganini qayd etdilar. Hozirgi vaqtda umumiy hajmi qariyb 5 mlrd. dollarlik kelishuvlarni bajarishga qaratilgan ikki tomonlama «yo‘l xaritalari» ijro etilmoqda.
Mehmonlarga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, jumladan qulay investitsiya muhitini yaratishga, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning qonunchilik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga doir ishlar, O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy investorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha davlat kafolatlari va choralarining qonunchilik asoslari to‘g‘risida batafsil axborot berildi.
O‘z navbatida, mehmonlar mamlakatda o‘z faoliyatini qayta boshlagan Xususiy xorijiy investitsiyalar korporatsiyasining, AQSH Hukumati huzuridagi agentlikning maqsadi O‘zbekiston bozoriga mablag‘lar kiritishda amerikalik tadbirkorlarga kreditlar va kafolatlar berish orqali ko‘maklashishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek, korporatsiya xususiy va boshqariladigan investitsiya jamg‘armalarini tashkil etishni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Kapital bilan qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, OPIC rivojlanayotgan mamlakatlarga boshqaruv ko‘nikmalari va moliyaviy ekspertizadan foydalanishda ham yordam ko‘rsatadi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy taraqqiyotni kengaytirishda hamda tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim omil hisoblanadi.
Suhbat chog‘ida korporatsiya vakillari mamlakatimizda birinchi navbatda siyosiy va iqtisodiy vaziyatning barqarorligi hamda investorlarning xavfsizligi mustahkam ta’minlanayotganligi tufayli O‘zbekiston bozoriga kapital kiritish istiqbolli ekanligini ta’kidladilar.
Bugungi kunda korporatsiya aktivlari 20 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. OPIC jahonning 160 ta rivojlanayotgan mamlakatida faoliyat olib boradi va axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, infratuzilma, telekommunikatsiyalar, moliyaviy xizmatlar, uy-joy bozori va qishloq xo‘jaligi kabi turli sohalarda biznesni moliyalashtirishda ko‘mak beradi.
Shuningdek OPIC kichik biznesdan tortib to tashqi bozorda ipoteka kreditini berishgacha kreditlashning har xil turlariga subsidiyalar ajratish uchun xorijiy mamlakatlarning moliyaviy muassasalari bilan ham hamkorlik qiladi.
2.Transmilliy korporatsiya (TMK) — xorijiy aktivlarga ega boʻlgan, operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida, oʻzi roʻyxatga olingan chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya. Tashkiliy jihatdan bosh kompaniya asosiy kapitalining shoʻʼba korxonalar kapitalida qatnashuvi tamoyiliga asoslanadi. TMK ishlab chiqarish.ni uzluksiz oʻstirish hamda integratsiyalashuv siyosati, firma, kompaniyalarning bir maqsadni koʻzlab qoʻshilishi (qoʻshilish, sotib olish, moliyaishlab chiqarish. guruhlarni tashkil qilish) hisobiga paydo boʻladi. Ixtisoslashuviga koʻra, sanoat, xizmat koʻrsatish, savdo-sotiq, bank, sugʻurta va boshqa tarmoqdarda faoliyat olib boradi.
1118-yilda Orden Tamplier tomonidan asos solingan va birinchilardan bo'lib 1135-yilda transmilliy moliya muassasasi sifatida bank sohasidagi ishlar bilan shug'ullana boshlagan. Birinchi transmilliy kompaniyaga 1600-ylda Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi asosida Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasiga asos solingan. Ikkinchi jahon urushi (1939— 45) dan keyin ularning roli yana oshdi. 21-asr boshida jahon ishlab chiqarishining katta qismi TMK qoʻlida toʻplangan. Amerikaning Gʻarbiy Yevropa va Kanadada, bir qancha rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻz korxonalari tarmoqlariga ega boʻlgan TMKlari faoliyat koʻrsatadi. Mas., "Ford" avtomobil konsernining 30 ta mamlakatda filiallari bor. Yirik ingliz kompaniyalari ("British petroleum", "IKI" va boshqalar), Germaniya ("Xerst", "Simens" va boshqalar), Gollandiyaning "Filips" konsernlari TMKlardir. TMK faoliyati ham milliy (ichki), ham tashqi bozorga yoʻnaltiriladi. Odatda, TMK kuchli ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega boʻladi. Mac, "Ford motor"ning AQSH Detroyt shahrida 100
mingdan koʻproq muhandistexnik xodimlar, olimlar, texnologlar, dizaynerlar ishlaydigan ilmiy-texnika markazi bor. TMK oʻz tarkibini va faoliyat yoʻnalishlarini muntazam yangilab turadi. Ularning asosiy maqsadi bozorlarning bir segmentini emas, balki jahon bozorlarida mustahkam ustuvorlikni egallashdan iborat.
20-asrning 90-yillaridan boshlab Oʻzbekiston sanoatining koʻp tarmoklarida jahondagi koʻpgina TMKlar ishtirokida sanoat korxonalari tashkil topdi. "OʻzDEU avto" (qarang Asaka avtomobil zavodi), "Keys Korporeyshn" va boshqa shular jumlasidandir.
So’nggi yillarda mamlakatimiz tomonidan tashqi savdo fao-liyatini yanada kengaytirish, mamlakat eksport salohiyatini yuksal-tirishga qaratilgan strategik siyosatning amalga oshirilishi, res-publika tashqi savdo balansida ijobiy saldoni ta’minlash mud-dati uzaytirilgan tashqi qarzdorlikni kamaytirish imkonini ber-di. 2000 yilga kelib respublika tashqi savdo oborotining hajmi 1991 yilga nisbatan qariyb 12 barobarga o’sdi va bunday natijaga O’zbekiston eksporti nomenklaturasi tarkibiga kiruvchi xom ashyo tovarlariga nisbatan jahon baholarining qariyb 20-40 foizga pasayib ketishi hisobiga erishildi.
3.AJ "O’zbekiston temir yo’llari" Aksiyadorlik Jamiyati - O’zbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.
AJ "O’zbekiston temir yo’llari" Aksiyadorlik Jamiyati 1994 yil 7-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi xududida joylashgan sobiq Oʻrta Osiyo temir yo’llari negizida tashkil etilgan. Jamiyatning asosiy yo`llarining umumiy uzinligi bugungi kunda 7500 kilometrdan oshdi [1]. Jamiyatda 54,7 mingdan ziyod kishi ishlaydi. Jamiyatning yillik yuk aylanmasi barcha turdagi transport yuk aylanmasining 90% ga yaqinini tashkil etadi.
Jamiyat faoliyatining asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar:
temir yo’l bo`ylab yuklarni ekspeditsiyalash va etkazib berish;
temir yo’l vagonlarini ta`mirlash va texnik xizmat ko`rsatish;
yo’lovchilarni, turistlarni tashish;
lokomotiv va vagon parkini yangilash, xizmat ko'rsatish.
Jamiyat uchun ustuvor yo'nalish:
optik tolali tarmoqlarni qo'llash bilan aloqa kanallarini mustahkamlash;
yangi elektrovoz va vagonlar sotib olish, shuningdek borini modernizatsiyalash;
yangi temir yo’llar qurish;
temir yo’llarni
elektrifikatsiyalash;
temir yo’llarni kapital ta`mirlash loyihalarini amalga oshirish, jamiyat zavodlarida yo'lning yuqori qurilmasi elementlarini, ehtiyot qismlarni va boshq. ishlab chiqarishni tashkil etish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari.
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi qarori - 2015
Asosiy adabiyotlar
1. B.Y. Xodiyev, Sh.Sh. Shodmonov – “Iqtisodiyot Nazariyasi” – 2017
2. R.R. Xusainov – “Moliya va Soliqlar” – 2014
3. A. Vahobov, A. Jo’rayev – “Soliqlar va Soliqqa Tortish” – 2009
4. I.A. Zavalishina – “Soliqlar: Nazariya va Amaliyot” – 2005
5. D. Tojiboyeva - “Iqtisodiyot nazariyasi” – 2003
iv. Internet resurslar
1. ru.wikipedia.org
2. www.google.com
3. www.worldtaxes.ru
4. www.kun.uz
5. www.ziyonet.uz
6. www.lex.uz
7. www.soliq.uz
8. www.mf.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |