Yalpi talab –uy xo`jaliklari, korxonalar hukumat va chet ellik xaridorlarning baholar ma`lum darajada bo`lganda iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar umumiy hajmiga bo`lgan talabidir. Yoki, boshqacha qilib aytganda, yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovar va xizmatlarni sotib olishga `qilingan umumiy xarajatlar yig`indisidir .Formula ko`rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin :
AD = C + I +G +Xn
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o`rtasidagi bog`liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig`i deb ataladi .Buni chizma ko`rinishida tasvirlash mumkin.
1.2-chizma yalpi talab egri chizig`i
Bunday surilishning sababi har xil. Ma`lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizigining surilishiga asosan daromad samarasi va o`rinbosar tovarlar sabab bo`ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda iste`molchilarning pul daromadlari ko`proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi).
Shuningdek, baho pasayganda iste`molchi ushbu tovarni ko`proq sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo`ladi (o`rnini bosadigan tovarlar).
Milliy bozorda AD- egri chizig`ining trayektoriyasi ,ya`ni uning quyiga egilganligini ,avvalo ,pulning miqdoriy tenglamasi nazariyasi yordamida izohlash mumkin :
MV=YP
Bu yerda : M- muomaladagi pulmiqdori; V–pulning aylanish tezligi; P –iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real ishlab chiqarish hajmi.
Bu tenglamadan:
P=MV/Y va Y=MV/P
tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko`rinadiki, baholar darajasi
qancha oshsa, real YAIM hajmiga talab shuncha past bo`ladi, ya`ni pul massasi M
va apulning aylanish tezligi V o`zgarmas bo`lsa, baholar darajasi va yalpi talab
o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud bo`ladi.
Makroiqtisodiy modellashtirishning O’zbekistondagi tadbiqi
Har bir davlatning iqtisodiy salohiyatini belgilab beruvchi asosiy ko’rsatkich bu YaIM. YaIMning asosiy komponentalari bu iste’mol sarflari, investitsion sarflar, davlat sarflari va sof eksportdir. Biz hozir bu asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilamiz.
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2018 yilning yanvar-martida O’zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy narxlarda 64458,0 mlrd so’mni tashkil etdi va o’tgan yillarning mos davri bilan taqqoslaganda 5,1 % ga o’sdi. YaIM deflyatori indeksi 2017- yilning yanvar-martidagi narxlarga nisbatan 137,4 % ni tashkil etdi. Yanvar-mart uchun iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha YaIM ishlab chiqarish
Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 1986 ming so’mni tashkil etdi va bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 % ga yuqoridir. Iqtisodiy o’sish sur’ati milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy o’sish sur’atlari bilan bog’liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (keying o’rinlarda YaQQ) hajmi YaIM umumiy hajmining 83,8%ini tashkil etdi va 5%ga o’sdi (YaIM mutlaq o’sishiga ta’siri 4,4% punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 16,2%ni tashkil etdi va 5,3 % darajasida o’sish qayd etildi (YaIM mutlaq o’sishiga ta’siri 0,7 %).
YaIM o’sish sur’atiga xizmatlar sohasi eng katta ta’sir ko’rsatdi (2,2%) va bu soha o’tgan yilning yanvar-martiga nisbatan 4,4%ga o’sdi. Jumladan, savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar 1,1%ga, tashish va saqlash, axborot va aloqa – 7,1% ga va boshqa xizmatlar 4,6 % ga o’sdi.
Sanoat tarmog’ining qo’shilgan qiymatida 5,0% o’sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining
YaIM mutlaq o’sishi sur’atiga ijobiy ta’siri 1,3% darajasida baholandi. Sanoat tarmog’idagi o’sish kon-tog’ sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog’i qo’shilgan qiymatining 20,7 %ga ishlab chiqaradigan sanoat tarmog’i qo’shilgan qiymatining 1,8%ga va boshqa sanoat tarmoqlarining 5,8% o’sishi hisobiga ta’minlandi.
O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha mulkchilik shakllaridagi tashkilotlarning 2016 yilda 49770,6 mlrd.so`m (16782,3 mln. AQSh dollari dollar ekvivalentida) yoki 2015 yilga nisbatan 107,7 foiz asosiy kapitalga investitsiyalaridan foydalanildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1991 yilga nisbatan 4,2 martta, 2000 yilga nisbatan 5,4 martta, 2005 yilga nisbatan 4,3 martta va 2010 yilga nisbatan 170,1 foizga ko`paydi.
Y aIMga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 2016 yilda 25,0 foizni tashkil etib, o`tgan yildagiga nisbatan 0,6 foiz punktga o`sdi (1991 yil 18,8 foiz, 2000 yilda 22,9 foiz, 2005 yilda 19,9 foiz, 2010 yilda 24,6 foiz va 2015 yilda 24,4 foizni tashkil etgan).
Jami asosiy kapitalga investitsiyalardan ishlab chiqarish sanoatiga investitsiyalarning ulushi 2015 yilga nisbatan 5,3 foizga oshdi. Undan: kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish (3,9 foiz), to`qimachilik mahsulotlari va kiyimkechak ishlab chiqarish (1,4 foiz), nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarish (0,5 foiz). Mos ravishda, quyidagi faoliyat turlariga o`sish kuzatildi: tashish va saqlash (2,6 foiz), ovqatlanish va yashash bo`yicha hizmatlar (0,8 foiz), suv bilan ta`minlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yig`ish va qayta ishlash (0,3 foiz).
Asosiy kapitalga investitsiyalar ulushi tog`-kon sanoatida (8,9 foiz), ulardan xom neft va tabiiy gaz (7,9 foiz), professional, ilmiy va texnik faoliyat (1,1 foiz), qurilish ( 0,6 foiz), moliya va sug`urta faoliyati (0,5 foiz), san`at, ko`ngil ochish va dam olish (0,3 foiz), axborot va aloqada (0,2 foiz) kamayish kuzatildi.
2018 yilning yanvar – mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 16826,6 mlrd. so‘m (dollar ekvivalentida 2,1 mlrd. AQSh doll.) asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi va 2017 yilning mos davriga nisbatan 129,4 % ni tashkil qildi.
YaIM ga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalar 25,9 % ni tashkil etib, 2017 yilning yanvar-martdagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,3 % punktga ko‘paydi.
Markazlashgan moliyalashtirish manbalar hisobidan 2017 yilning mos davriga nisbatan 163,4 % yoki 3603,0 mlrd. so‘m (jami investitsiyalar hajmining21,4 % yoki o‘tgan yilning mos davri ko‘rsatkichiga nisbatan 5,5 % punktga) ko‘p o‘zlashtirildi, mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 13223,6 mlrd. so‘m yoki 122,6 % (jami investitsiyalardagi ulushi 78,6 %).
2017 yilning mos davri bilan solishtirganda O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar ulushi 5,9 % punktga o‘sdi, mos ravishda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ulushi 3,6 % punktga oshgan bo‘lsa, espublika byudjeti mablag‘larining ulushi 2,5 % punktga kamaydi ikklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilgan quyidagi loyihalarni keltirish mumkin:
"Auminso-Amantoy konlari" da oltin-ma’danli konlarni qazib olish va
qayta ishlash bo‘yicha konlarni qurish (GMZ-5) (I-II bosqich) ;
Yoshlik 1 konini o‘zlashtirish Toshkent viloyati (Olmaliq shahri);
“Muruntau” kareriga ishlov berish (V bosqich);
Sherobod tumanida sement zavodi qurilishi;
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari:
To‘raqo‘rg‘on tumanida quvvati 450 MVt dan bo‘lgan ikki bug‘-gaz qurilmasidan tarkib topgan jami quvvati 900 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi;
450 MVt quvvatli 2 bug‘-gaz qurilmasini kengaytirish bo‘yicha qurilish ishlari;
Polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksining qurilishi. Bu ma’lumotlar asosida biz yalpi taklif va yalpi talab o’rtasidagi muvozanatning ta’minlangan yoki ta’minlanmaganini bilib olishimiz mumkin va iqtisodiyotni rivojlantirishda bu makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalangan holda prognozlar qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |