Xulosa va takliflar
Xulosa qilib aytganda, globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan hozirgi davrda milliy manfaatlarimizni ilgari surish hamda faol tashqi siyosat yuritish mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashga, О‘zbekistonning xalqaro maydondagi obrо‘-e’tiborini yanada oshirishga va Vatanimizning jahon hamjamiyatida munosib о‘rin egallashiga xizmat qiladi.
O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari surish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida targ‘ibot qilish va jamoatchilikni keng xabardor qilishga qaratilgan axborot kampaniyalarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan har yili 20 milliard so‘m ajratilishini ta’minlasin;
har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari ta’minoti va moddiy-texnik jihozlanishi uchun mablag‘larni nazarda tutsin.
Zamonaviy media muhitdagi mamlakat imijining kognitivlik xususiyatlari haqida soʻz ketar ekan, jamiyat aʼzolaridagi ijtimoiy-psixologik kayfiyat va unga taʼsirning ahamiyatini chetlab oʻtish mumkin emas. Shu sababdan:
- ijobiy psixologik fon yordamida chet elliklarning Oʻzbekistonga boʻlgan ishonchini yanada oshirish rejalarini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Bunda oʻzbek jamiyatida qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar haqidagi eng muhim va batafsil maʼlumotlar beruvchi materiallarni tanlab olish va ularni OAV orqali muntazam ravishda uzatish tizimi yoʻlga qoʻyilmogʻi kerak;
- zamonaviy jurnalistikaning hosilasi boʻlgan mediaobraz nazariy jihatdan imijmeykingning mediaimij kabi tushunchasiga aynan mos tarzda yuzaga keladi. Bunda lingvokognitiv modellashtirish metodikasidan foydalanish kutilgan samarani berishi mumkin;
- nafaqat mamlakat, balki hududlar, viloyatlar va tumanlar kesimida ham imijni modellashtirish jarayonini yangi aspektlarda tadqiq qilish tavsiya etiladi.
Prezidentimizning xorijiy mamlakatlarga rasmiy va davlat tashriflari chogʻida ana shu davlatda faoliyat olib borayotgan markaziy OAVda Oʻzbekiston haqida qator materiallar beriladi. Bular, birinchidan, ana shu tashrif uchun informatsion fon hisoblansa, ikkinchidan, mazkur materiallar orqali mamlakatimiz hayoti bilan bogʻliq turli yangiliklar, xususan, erishilayotgan olamshumul yutuqlarimiz toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar tarqatiladi. Bu esa, oʻz navbatida, Oʻzbekistonni xorijiy mamlakatlar jamoatchiligiga yaqindan tanishtiradi. Qolaversa, davlatimizning xalqaro mediamakondagi nufuzini oshiradi.
Xalqaro aloqalar doirasidagi munosabatlarni yoritish barobarida mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, aholining turmush darajasini oshirish, hayotning iqtisodiy, gumanitar omillariga katta eʼtibor qaratilishi tufayli Oʻzbekiston Respublikasining jahon mediamakonidagi imiji ijobiy tomon oʻzgarib borishi toʻliq taʼminlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |