O’zbеkistоn хаlq tа’limi vаzirligi


FONEMALARNING VARIANTLASHUVI



Download 1,67 Mb.
bet25/145
Sana21.02.2022
Hajmi1,67 Mb.
#31650
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   145
Bog'liq
Она тили ва адаб. УМК

FONEMALARNING VARIANTLASHUVI

Fonema va tovush munosabati invariant — variant dialektikasini o'zida aks ettiradi. Nutqiy variantlanishlarda fonemalar turli— tuman tovush sifatida yuzaga chiqadi va ularni shartli ravishda, masalan, (bl), (Ь2), (ЬЗ), (Ь4), (Ь5), (Ь6), ...(bn) tarzida belgilash mumkin. Nutqda voqelangan barcha (b) larni bitta [b] fonemasiga birlashtirishda ularning umumiy xossalari «yig'iladi». Bunday umumiy xossalardan biri ularning fizik (akustik) va fiziologiic (artikulyatsion) o'xshashliklaridir. Turli talaffuz sharoitlarida bu umumiy belgilar o'zgarishga uchrashi mumkin. Lekin bu o'zgarish miqdor o'zgarishlari darajasida bo'lib, sifat o'zgarishi bosqichiga yetmaydi. Aks holda, u boshqa fonemaning variantiga aylanib ketgan bo'lur edi. Masalan, [a] fonemasi «quyi keng» va «lablanmagan»lik mohiyatiga ega. Shu boisdan u nutqiy voqelanganda, qanchaiik o'zgarishga uchramasin, baribir, tovush bu fonemaning varianti hisoblanishi uchun mazkur mohiyat chegarasidan chiqmasligi lozim. Qalam va katta so'zlarida 4 ta (a) tovushi mavjud bo'lib, bularning barchasi yuqorida aytilgan «quyi keng» «lablanmaganlik» umumiy belgisiga ega. Shu boisdan ular [a] fonemasining varianti hisoblanadi. Biroq (a) tovushlari yumshoq — qattiqligi va til oldi— til orqaligi bilan farqlanadi. Qalam so'zidagi [a] tovushlari til orqa va qattiq unlilar bo'lsa, katta so'zidagi [a] lar til oldi va yumshoq unlilardir. Bu belgilar [a] fonemasi zotiy mohiyatida mavjud bo'lmay, balki [a] tovushlarining talaffuzi jarayonida boshqa (q va k) tovushlar ta'sirida yuzaga keigan hodisalardir. Boshqacha aytganda, (a) tovushlari mohiyatiga daxldor bo'lmagan, o'zga, begona mohiyat zarralarining (a) fonemasi ko'rinishiga yopishgan tajallilardir. Bu tajallilar bir qarashda (a) tovushi mohiyatiga daxldordek tuyuladi. Shu boisdan darslik va qo'llanmalarda (a) fonemasining zotiy belgilaridan biri sifatida mazkur xossa ham ajratiladi. Bir fonema ham tor, ham keng yoki ham jarangli, ham jarangsiz bo'la olmaganligi kabi (a) fonemasi ham til oldi, ham til orqa tovushi sifatida voqelana olmaydi.


Demak, zot va tajalli hamda umumiylik va xususiylik metodologiyasi bilan qurollangan tadqiqotchi tovushlardagi mohiyatga daxldor va daxldor bo'lmagan jihatlarni boshqalardan ko'ra tezroq va aniqroq ilg'aydi.
Fonemaning zotiy mohiyati doirasidan chiqqan tovush uning varianti sanalmaydi. Masalan, (b) fonemasi jarangli undosh fonemadir. Talaffuzda u jarangli bo'lsagina, (b) fonemasining varianti sanaladi. Kitob so'zi kitop tarzida talaffuz etilsa, voqelangan (p) tovushi (b) fonemasining nutqiy varianti hisoblanmaydi. Chunki jarangsizlashuv hodisasidagi miqdor o'zgarishi me'yor chizig'idan o'tib, sifat o'zgarishi darajasigacha yetgan va (p) fonemasi mohiyati chegarasiga kirgan. Xuddi shunday (a) fonemasi voqelanishida ham «torlik» beigisining kenglik chegarasiga yetishi bilan variant [i] fonemasi mohiyati chegarasiga kirib ketadi.
Tovush (variant)laming bir fonemaga birlashishi uchun ularning barchasida o'zgarishsiz saqlanadigan muhim bir xossa e'tiborga olinishi lozim. Bu bir guruhga kiruvchi barcha variantiarning ushbu qunihga kirmaydigan boshqa variantiarga bir xil qarama — qarshi turishi (bunday belgi, odatda, fonologik farqlovchi belgi ham deyiladi) va bir xil ma'no farqlashidir. Boshqacha aytganda, tovush (variant)lar bir fonemaga birlashishi uchun ular funksional umumiylikka ham ega bo'lishi lozim. Ma'no farqlash xossasi ana shunday funksional umumiylikdir. Fonema ma'no farqlash xossasiga ega, Lekin tovushlarning barchasi ham har doim ma'no farqlayvermaydi. Bir fonemaning nutqiy variantlari o'rnini ikkinchi fonemaning nutqiy varianti egallasa, so'z o'zgarib ketadi: bosh — bot, bosh—besh kabi. Lekin bir fonemaning bir varianti o'rnini uning ikkinchi bir varianti bilan almashtirilsa, ma'no farqlash amalga oshmaydi. O't (o'simlik) so'zidagi (o() unlisini birov til oldi, boshqasi esa shevaning fonetik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda til orqa tovushi sifatida talaffuz etadi. Lekin ular bir fonema variantlari bo'lganligi sababli o'zaro ma'no farqlash qobiliyatiga ega emas.
Demak, fonema deganda uning fizik — fiziologik, xossalari majmuidan iborat malumotnigina tushunmaslik kerak. Masalan, fizik — fiziologik umumiylik bo'lgan (b) balki barcha tillarda bo'lishi mumkin, Fonema esa har bir tilda o'ziga xosdir. Chunki fonema o'zining ijtimoiy xossasini ma'lum bir tildagina bajaradi. Buni shu bilan izohlash mumkinki, mavhum (lisoniy) [b] ning qarama — qarshiliklar tizimi ma'no farqlash vazifa faqat ma'lum bir til uchungma xosdir. Boshqacha aytganda, tovushlarning ularni bir guruhga kirituvchi funksional xususiyatlari (akustik— fiziologik xossalari bilan birgalikda) faqat bir til doirasidagina amal qiiadi.
Fonema funksional qo'llanishlardan tashqarida amal qiladigan, muayyan tovushlar guruhidan umumlashtiriladigan mavhum tovush tipi emas. Fonema shunday tovushlar umumlashmasiki, ular muayyan funksiya bajaradi. Biroq fonemani «sof funksiya» bilan ham chegaralab qo'ymaslik lozim. Chunki u eshitish organiga ta'sir qiladigan va funksiya bajaradigan birlikdir. Biroq u har ikkaia xossasini ham varianti - tovushlar orqali namoyon qiiadi.
Fonema va uning varianti bo'lgan nutq tovushi qanday munosabatda bo'lsa, yozma nutqda fonemaning grafik ifodasi va yozma tovush shunday munosabatda boladi.
Fonemani talaffuz qilib va eshitib bo'lmaganligi kabi, fonemaninq grafik ifodasi ham ongda shartli ravishda o'rinlashgan. Talaffuz qilgan birligimiz fonema emas, balki tovush bo'lganiigi kabi, b deb qog'ozga yozganimiz ham grafema (fonema ifodasi) emas, balki harf (tovush ifodasi) dir. Ongimizdagi b grafemasi barcha b harflari uchun invariant ekan, birorta harf ham grafemaning barcha xossalarini birdaniga va umuman namoyon qila olmaydi. Наг qanday harf individual, variant xossalarini o'zida mujassamlashtiradi.
Har qanday harf grafema varianti bo'lganiigi kabi, bir vaqtning o'zida fonema variantining ifodasidir. Har qanday tovush fonema varianti har qanday harf grafema variantidir.
Fonemani tiklash lison, ya'ni xususiylik umumiylik tarzida, uning voqelanishi esa lisoniy nutq, umumiylik — xususiylik yo'nalishida kechadi. Demak, boshqa sath birliklarida bo'lgani kabi, fonemaning voqelanishi va uning tiklanishi bir —biriga qarama-qarshi turadi. Bu holat girfema va harf dialektikasida ham aks etadi.



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish