O'zbekiston florasining umumiy tavsifi va uni vyertikal zonalar bo'yicha



Download 0,59 Mb.
bet4/14
Sana29.11.2022
Hajmi0,59 Mb.
#874536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'zbekiston florasining tasnif va ekologik o’rni

ADIR ZONASI - keng davra bilan tog'larga yaqinlashib, ularni o'rab turadi. Tuprog'i bo'z tuproq, tarkibi jihatidan cho'l zonasidan farq qiladi. Bu zona cho'l va tog'ning o'rtasida joylashgan, dengiz satxidan 500-600 metrdan tortib to, 800-900 metrgacha etadi. Atmosfyera yog'inlarining miqdori 750-400 dan 500 mm gacha. Pastki adir zonasida keng miqiyosida qorabosh formatsiyasi (Carex achystylis) jamoalari tarqalgan, undan tashqari iris, shuvoq qo'ziquloq, oqquray o'simliklari qoplamlari va boshqalar uchraydi. Bu zonada cheklangan maydonlarda itbodom (Amydalus spinosissima) uchraydi.
Yuqori adirda bug'doyiq (Agropyretum trichoporum) va xandon pista (Pistacta vyerae) formatsiyalari guruhlari uchraydi. Bug'doyiq qalin tarqalgan hududlar Pskom Ugom, Karjantog' tog'lari hisoblanib ular muhim pichanzorlar hisoblanadi, uning hosildorligi gektariga 10-15 ts/ga ni tashkil qiladi. Tabiiy pistazorlarning maydonlari kamayib ketgan va faqat, ularning qoplam hosil qilishi Surxondaryoning Bobotog'larida uchratamiz. Bunday ma'lumotlar O'zbekiston o'simliklar qoplami monografiyaning 3 jildida (1971) keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan edifikatorlardan tashqari adir florasining quyidagi vakillarini uchratamiz: Convolvulus subhirsutus, Eremostachys labioza, Hulthemia persica, Scaligyeria allioides, Prangos ulotera va boshqalar.
Farg'ona vodiysida Vodil, Mindon, Arsif, Chust-Pop, Chortoq va Andijon adirlari mavjud u yerlarda siyrak holatda efemyer va efemyeroidlar uchraydi, lekin ularning hosildorligi kam.
TOG' ZONASINING balandligi 1200 dan, to 2700-2800 m gacha, tuprog'i qo'ng'ir, o'rmon tuprog'i. Bu zonada atmosfyera yong'inlarining miqdori 600-800 mm, tog'laming tabiati va iqlim sharoiti bu yerlarda boy va xilma-xil o'simliklar qoplamini tarqalishini ta'minlaydi. O'simliklarning vegetatsiya davri bahor, yoz va kuz. Iyulg' oyining o'rtacha harorati +19°.
Tog'li hududlarimizning xalq xo'jaligidagi ahamiyati katta va ulardan bug'doy, kartoshka, dukkakli ekinlar va boshqalar eqiladi.
Bundan tashqari tog'li hududlarimizda cheklangan maydonlarda daraxt va butalardan iborat o'simliklar jamoalari tarqalib, ular xalq xo'jaligi uchun qurilish matyeriallari va Yong'oq, olma, na'matak, barbaris mevalarini byeradi.
Tog'lar ham pastki va yuqori tog' zonalariga bo'linadi. Tog' zonasida katta maydonlarda har xil o'tli, bug'doyiqzorlarni uchratamiz, ayrim joylarda juda qalin o'suvchi bug'doyiqzorlar mavjud.
Tog'li hududlarimizda daraxt va butalardan iborat va cheklangan maydonlardagi Yong'oqzorlar, olmazorlar, tog' olcha, do'lana va bir necha turlardan iborat Na'matakzorlarni uchratamiz. (Juglans regia, Malus sieversii, Prunus sogdiana, Crataegus tuncestanica, Berberis oblonga, Spiraea hypericifolia, Lonicera nummularia, Cotoneastyer multiflora).
Tog'larimizda katta maydonlardagi archazorlarni uchratamiz, ulardan zarafshon archasi, savr archa va turkiston archalari formatsiyalari jamoalari keng tarqalgan. Archazorlar mamlakatamiz o'rmon fondining 85% tashkil etadi va ular nazariy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish