CHO'L ZONASI - bu pasttekisliklardan iborat bo'lib, tuprog'i rangli va qo'ng'ir bo'z tuproqlardan tashkil topgan va adir zonasi bilan tutashib ketadi.
Zonaning balandligi 500-600 martagacha, bu zona (Turon provintsiyasi) o'zining quruq (yozi isiq, qishi sovuq) va issiq iqlimi bilan haraktyerlanadi. Atmosfyera yog'inlari nihoyatda kam.
Respublikamizning cho'l zonasi uchta tipga bo'linadi ,sho'r cho'lli, qumli (barxanli) va gipsli cho'l. Har qaysi cho'l zonalarining o'ziga xos va o'sha muhitlarga moslashgan o'simliklar jamoalari mavjud (assotsiyasi, formatsiya, tip). Sho'r tuproqli maydonlarda, ko'pgina sho'rdoshlar oilasining vakillari uchraydi (Halohyta). Ushbu tipning jamoalari pasttekisliklarda katta-katta maydonlarda, ayrim holatlarda esa uncha katta bo'lmagan o'simliklar jamoalarini hosil qiladi. Ushbu o'simliklar qoplamlari Orol dengizi atroflarida juda katta maydonalarda uchraydi.
Galofitlar tipining vakillari xalq xo'jaligida ahamiyati, ular asosan qora ko'lchilik xo'jaliklari uchun ozuqa manbai hisoblanadi, yana ularni orasida dorivor, bo'yoqbop, vitaminli, saponinli, alkaoidli turlari mavjud.
Qora saksavul cho'l zonasining asosiy o'simliklardan xisobalnib, ko'plab maydonlardagi saksavul o'rmonlarini hosil qiladi. Kam xosilli o'tloqzorlarni fitomeleoratsiyalari uchun chogan, yulg'un, boyalish, karabarak, keyreuklar muhimrol' o'ynaydi.
Qumli cho'llarda esa maxsus psammofit deb atalgan o'simliklar tipining vakilari muhim rol' o'ynaydi. Ular uchun qumli va barxanlar alohida yashash substrati- joylari hisoblanadi.
Psammofit o'simliklar O'zbekiston va Qoraqalpag'istonning qorako'lchilik xo'jaliklarining asosiy ozuqa manbai hisoblanib, ular yil bo'yi yaylovlar rolini o'taydi.
O'zbekiston va Markaziy Osiyoning cho'llari orasida gipsli cho'llarning o'rni va rol'i katta. Bunday substratlarning asosini (yoki tuproq ostini) maxsus gipsli qavatlar (gipsli tuproqlar) tashkil qiladi.
Gipsofit o'simliklar formatsiyalari Qizilqum va Ustyurtda ko'p tarqalgan. Ularning umumiy maydoni 27594,8 mlndan 14638,3 mm ga yoki 53,0% maydonini tashkil qiladi. Undan Qizilqumda 5,2 mln va Ustyurtda 6,7 mln gektardagi iborat gipsofit o'simliklar qoplamlari mavjud. Gipsofit o'simliklar
jamoalari orasida shuvoqzorlar alohida ahamiyatga ega, ularni orasida okjusan deb ataluvchi tur jamoasi 1,7 mln gektarni tashkil qiladi. Yana keng tarqalgan va ahamiyatli qoplamlardan boyalish, buyurg'un, partek va singrenzorlarning ham yaylovzorlar o'rnidagi roli katta.
O'zbekiston o'simliklar qoplamida o'z o'rni va ahamiyatiga ega bo'lgan to'qayzorlarni ham ta'kidlash joiz. To'qayzorlar deb, keng ma'noda daryo va soylar vohalaridagi kompleks o'simliklar qoplamiga aytiladi., qaysiki ular ko'proq cho'l zonasi hududlarida ko'p uchraydi. Respublikamizning barcha daryolari (Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Shyerboddaryo va boshqalar) vohalarida to'qayzorlarni uchratamiz. Bunday kompleks, ya'ni daraxt, buta va o'tchil o'simliklardan iborat qalin to'qayzorlarni Amudaryoning quyi oqimi va Amudaryo del'tasida uchratamiz.
O'zbekiston o'simliklar qoplami monografiyasi 2 jildda ma'lumotlariga ko'ra Respublika to'qayzorlaridagi faqat turang'izorlarning (bir necha tyerak turlari) xajmi 410 ming m3 ni tashkil qiladi, ulardan etilgan, mustaxkam tyeraklar (qurlish matyeriallari) xajmi esa 240 ming m3 ni tashkil qilar ekan. To'qayzorlar chorva mollari uchun ahamiyatli o'tloqzorlar hisoblanadi, ularni orasida qamish, qo'g'a, shirinmiya, yantoq, tuyatovon, kavar, kendir kabi muhim ahamiyatli o'simliklar turlari tarqalgan.
Zarafshon daryosining o'rta oqimida (Samarqand shaxri yaqinida) qalin chakandazorlar muhim to'qayzoralar tipiga kiradi, qaysiki unda qalin chakandazorlarni (oblepixa) uchrtamiz, u tibbiyotda muhim dorivor o'simlik sifatida qadrlanadi va o'sha qo'riqxonada muhofaza etiladi, uning maydoni ikki ming gektardan ziyod.
Do'stlaringiz bilan baham: |