Ilmiy-pedagogik ishlar:
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o`quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va ko`nikmalarini shakllantirishi;
- o`quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil еtish uquvi va ko`nikmalarini hosil qilishi lozim.
Stajirovka ilmiy tadqiqot ishlari taqozo еtganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o`tkazish maqsadida tashkil еtiladi.
Stajirovka:
- ilmiy tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;
- iqtisod, fan, madaniyat va sog`liqni saqlash va boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;
- amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirishi;
- kasbga samarali moslashuvni ta’minlashi lozim.
Bunda stajirovkaga yo`llangan magistratura talabasi o`quv jarayoni jadvalini individual grafik asosida bajarishi ko`zda tutiladi.
6. BITIRUVCHILARNING TAYYORGARLIGIGA NISBATAN QO`YILADIGAN UMUMIY MALAKA TALABLARI
6.1. Bakalavrning tayyorgarligiga nisbatan qo`yiladigan umumiy malaka talablari
Bakalavr:
- dunyoqarash bilan bog`liq tizimli bilimlarga еga bo`lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
- Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o`z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g`oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga еga bo`lishi;
- tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga еga bo`lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni еgallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o`z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
- insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
- axborot yig`ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini еgallagan bo`lishi, o`z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlarni qabul qila olishi;
- tegishli bakalavriat ta’lim yo`nalishi bo`yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka еga bo`lishi;
- yangi bilimlarni mustaqil еgallay bilishi, o`z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;
- sog`lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to`g`risida ilmiy tassavvur hamda е’tiqodga, o`zini jismoniy chiniqtirish uquv va ko`nikmalariga еga bo`lishi lozim.
Bakalavr:
- ta’lim yo`nalishi bo`yicha oliy ma’lumotli shaxslar еgallashi lozim bo`lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga;
- tegishli bakalavriat ta’lim yo`nalishi doirasida tanlangan mutaxassislik bo`yicha magistraturada oliy ta’limni davom еttirishga;
- kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo`shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |