O'ZBEKISTON DUNYO HAMJAMIYATIDA TUTGAN O'RNI
Bunga tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish, investitsiya va biznes muhitini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, odamlarni yangi kasb-hunarlarga oʻrgatish va aholiga manzilli ijtimoiy yordam koʻrsatish orqali erishmoqdamiz.
Chindan ham, yaqin vaqtlargacha mamlakatimizda kambagʻallik haqida gapirilmas edi. Davlatimiz rahbari tomonidan aholining kam taʼminlagan qatlami 12 — 15 foizni yoki 4-5 million kishini tashkil etishi toʻgʻrisidagi raqamlar eʼlon qilindi.
Bunda Prezident nafaqat muammoning koʻlamini koʻrsatdi, balki uni hal etish yoʻllarini ham belgilab berdi. Jumladan, Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Kambagʻallikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish, xalqaro meʼyorlarni chuqur oʻrganish asosida kambagʻallik tushunchasi, uni baholash mezon va usullarini oʻz ichiga oluvchi yangi uslubiyotni joriy etish zarurati mavjudligini taʼkidladi.
Bu global muammo bilan qanday kurashish kerakligi haqida bahslar davom etib kelyapti. Bahs, asosan, ikkita variant atrofida kechadi: kambagʻalga “baliq” berish, yaʼni moddiy yordam koʻrsatib, uning miqdorini doim koʻtarib borish kerakmi yoki “qarmoq” berish, yaʼni kambagʻal oʻzi ishlab daromadini koʻpaytirishi uchun sharoit yaratish kerakmi?
Prezident qayd etganidek, birinchi variant — bir tomonlama yondashuv boʻlib, u muammoni uzil-kesil yechishga imkon bermaydi. Davlat tomonidan moddiy yordam faqat jismoniy jihatdan cheklanganlik tufayli yoki qandaydir obyektiv sabablarga koʻra oʻzi pul ishlab topa olmaydigan odamlargagina koʻrsatilishi kerak. Boshqalarga esa davlat “qarmoq” berishi, yaʼni bandlik masalasini hal qilishi, yetarli darajada ish oʻrinlari va tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun imkoniyatlar yaratishi lozim. Qisqacha aytganda, barcha muhtojlarni oʻz farovonligini oshira olishi uchun ishonchli daromad manbai bilan taʼminlash kerak.
Kambagʻallik bilan kurashishda samarali choralar kompleksi zarur va ular bugungi kunda barcha yoʻnalishda amalga oshirila boshlandi. Ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni deyarli 1,5 baravar ortdi va joriy yil oxiriga borib 774 ming nafardan 1,2 million nafargacha koʻpayadi. Moddiy yordamga muhtoj kishilarning sonini aniqlash uchun joylarda tegishli roʻyxatlar tuzilmoqda. Masalan, yangi oʻquv yili arafasida ana shunday roʻyxatga kiritilgan oilalardagi 16 yoshga toʻlmagan, boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini oluvchi farzandlar, shuningdek, nogironligi bor bolalarga moddiy yordam koʻrsatildi.
Umuman olganda, Oʻzbekistonda pensiya va ijtimoiy nafaqalarning miqdori muntazam oshirilyapti, koronavirus pandemiyasi sababli aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam uchun trillionlab soʻm mablagʻ ajratilmoqda. “Qarmoq”qa keladigan boʻlsak, bunda, avvalo, ishsizlik muammosini hal qilish juda muhim. Xorijda ishlayotgan oʻn minglab vatandoshlarimiz pandemiya sababli yurtimizga qaytib kelganidan keyin bu boradagi vaziyat yana-da murakkablashdi.
Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan qabul qilingan inqirozga qarshi choralar tufayli hatto karantin sharoitida ham mamlakatimizda aholining asosiy qismi uchun daromad manbai va turmush darajasi saqlab qolinishiga erishildi. Bugungi kunda esa, pandemiya sababli toʻxtab qolgan korxona va firmalar faoliyati ham tiklanmoqda.
Ammo hali yuz minglab oʻzbekistonliklar ish oʻrinlariga va daromadlarini koʻpaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Ularni doimiy yoki vaqtinchalik ish bilan taʼminlash uchun qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Masalan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirib, oʻz ehtiyojlarini qondirish va ortiqchasini sotish uchun yer uchastkalari ajratish yoki jamoat ishlariga jalb qilish orqali.
Do'stlaringiz bilan baham: |