Fuqarolik mas’uliyati – jamiyatning demokratik rivojlanishi jarayonida erishgan yutuq va muvaffaqiyatiga fuqarolarning ongli munosabati, yutuqlarni yanada ko‘paytirish va ulardan foydalanishda faol qatnashishi.
Fuqarolik jamiyati – Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida ijtimoiy hayotning huquq va demokratiyaga asoslangan zaruriy va oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy va siyosiy borliqning shakllarini erkin tanlash huquqi kafolatlanadigan, inson huquqlari qaror topadigan, mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan ijtimoiy tuzum.
Do'stlaringiz bilan baham: |