O’zbеkiston davlatchiligi



Download 1,17 Mb.
bet25/155
Sana08.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#330327
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   155
Bog'liq
ЭНГ ЯНГИ ТАРИХ МАЖМУА2021-2022 201021111306

Birinchi bosqich – 1989-1991 yillarni qamrab oladi, ya’ni bu davrda sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan har bir respublika o‘zining imkoniyati va umumittifoq taqsimotidan kelib chiqib, mintaqaviy xo‘jalik hisobiga o‘tmoqda edi. Bu boradagi asosiy muammo majburan joriy etilgan sotsialistik munosabatlar va O‘zbekistonning real imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarda o‘z ifodasini topdi.

Ikkinchi bosqich – mustaqillikning ilk davri (1991-1993 yillar), ya’ni o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini izlashning eng murakkab va qiyin pallasi hisoblanadi. O‘z taraqqiyot yo‘lini topish O‘zbekiston uchun yana shu bilan murakkab ediki, ko‘plab Yevropa davlatlaridan farqli o‘laroq, xalqimiz o‘ziga xos eksperiment ob’ektiga aylangan edi. Nokapitalistik munosabatlar hukmronlik qilgan davr respublika iqtisodiyotining rivojlanishida salbiy oqibatlar keltirib chiqardi, chunki buning natijasida pishib yetilmagan, majruh holatdagi ishlab chiqarish munosabatlari shakllandi.

Uchinchi bosqich – 1993-1995 yillar, ya’ni o‘zbek modeli amalga oshirilishining dastlabki davri. Ushbu bosqichda bozor infratuzilmasi vujudga keldi, xususan, uning normativ-huquqiy bazasi, xususiy sektor, bank-kredit mexanizmi uchun xizmat ko‘rsatish sohasi, soliq siyosati shakllanib bordi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, uy-joy fondini, ijtimoiy soha tarmoqlaridagi korxonalarni (umumiy ovqatlanish, savdo, pulli xizmat ko‘rsatish kabilarda) faol xususiylashtirish jarayoni boshlandi hamda yirik korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirishga tayyorgarlik ko‘rildi. Eng muhimi, O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning to‘laqonli sub’ektiga aylandi.

To‘rtinchi bosqich – 1995-1999 yillar. Bu davrda aholi tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini, olib borilayotgan islohotlar real yo‘nalish va shaklga ega ekanligini anglab yetdi. Chunki o‘zbek modeli islohot o‘tkazish usullari hamda dasturlarni amalga oshirish mexanizmlari talab darajasida ekanligini ko‘rsatdi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘plab chet el ekspertlari O‘zbekiston tanlagan yo‘lni Janubi-Sharqiy Osiyoning industrial mamlakatlarida olib borilgan islohotlar yo‘nalishiga o‘xshata boshladilar. Yangi tovarlar va texnologik taraqqiyotga ehtiyojning o‘sishi iqtisodiyotda yuqori texnologik tarmoqlar ulushining o‘sishiga olib keldi. Bu davrda ayniqsa kimyo va neftkimyo, farmasevtika sanoatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi ko‘zga tashlandi. Qator strategik sohalarning, xususan don va energetika mustaqilligi ta’minlandi. Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi shakllandi.

Beshinchi bosqich1999 yildan boshlanib 2010 yilgacha davom etdi. Import o‘rnini bosuvchi va ommaviy eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy tizimni to‘la hajmda shakllantirish, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning faollashuvi bu davr amalga oshirilgan islohotlarning asosiy belgisi bo‘ldi. Avvalgi bosqichlar doirasida mamlakat iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarning barpo etilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarining amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o‘z vaqtida boshlangan, chuqur o‘ylangan va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ishlar o‘z natijasini berdi. Ayniqsa mamlakat qishloq xo‘jaligida to‘liq fermerlik tizimiga o‘tish g‘oyasi aynan shu bosqichda amalga oshdi.

Muhimi shundaki, ushbu bosqichda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. 2008 yilda boshlangan va jahonning aksariyat mamlakatlarida asoratlari to‘laligicha bartaraf etilmagan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmadi. Ushbu bosqichda inqirozga qarshi choralar dasturi va unda ko‘zda tutilgan tadbirlarning ishlab chiqilishi milliy modelning yanada takomillashishiga xizmat qildi.



Oltinchi bosqich2010 yildan boshlandi va uning tub mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” ma’ruzasida o‘z aksini topdi. Ushbu yondashuv rivojlanishning o‘zbek modelini nazariy va amaliy jihatdan yanada boyitib, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish imkonini berdi.

Istiqlol yillarida mulkchilik tarkibida tub o‘zgarishlar yuz berdi, amalda ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Uning tarkibida xususiy mulk salmoqli o‘rin egalladi. YaIM tarkibida nodavlat sektorining ulushi 80 foizdan oshishiga erishildi.

Sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida faqat O‘zbekistonda 1996 yildan boshlab izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Agar 1996-2003 yillarda o‘rtacha o‘sish sur’ati 4,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004 yildan boshlab bu jarayon yangi bosqichga ko‘tarilib, yuqori darajada – yiliga o‘rtacha 7,5-9 foiz o‘sishnitashkil etmoqda.

Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (11.04.2005), “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (21.07.2005), “O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” (02.05.2006), “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy-industrial hududni tashkil etish to‘g‘risida” (02.12.2008), “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (24.08.2011), “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (10.04.2012), “Angren maxsus industrial hududini tashkil etish to‘g‘risida”gi (13.04.2012) farmonlari va bir qancha qarorlar qabul qilindi.

Iqtisodiy islohotlarning uchinchi bosqichi 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoiti va ta’sirida amalga oshirildi. Mazkur inqirozning O‘zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi o‘z natijasini berdi.

Birinchi bosqichda (1991-1997 yillar) bu sohaning o‘zbek modeli asosida olib borilayotgan tub islohotlarning huquqiy poydevorini yaratishga katta e’tibor qaratilib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini samaralari tashkil qilish va rivojlantirish borasida yangi qonunlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. Dastlab 1991 yil 21 dekabrda qabul qilingan “Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni, 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi respublika qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil fevraldagi “Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish va dehqon (fermer) xo‘jaliklari hamda xususiylashtirilgan fermalarning manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qarori va boshqa hujjatlar qishloqda yangi huquqiy munosabatlarni joriy etish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tadbirkorlikni, fermerlik va shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirishga imkon berdi.

Ushbu bosqichda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasidagi muhim chora-tadbirlardan birini sohaga rahbarlikni yaxshilash tashkil etdi. Ushbu jarayon 1991-1996 yillarda amalga oshirildi. Bu davrda qishloq xo‘jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, qishloqda o‘tkazilayotgan islohotlarning huquqiy asosini yaratish choralari ko‘rildi. 1992 yilda Prezident Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari boshchiligida qishloq xo‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi kompleks tashkil qilindi. Sohaga rahbarlikni takomillashtirish ishlari doimo davlat rahbarining diqqat markazida bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining 1994-1995 yillarda qishloqda islohotlar o‘tkazishga doir 10 dan ortiq qarori qabul qildi. Ularda qishloq xo‘jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, zamonaviylashtirish borasida qator tadbirlar ishlab chiqildi. Shu asosda 1996 yil 26 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatni tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori bilan Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirliklarining birlashtirilishi ana shu siyosatning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Bundan tashqari, barcha qishloq xo‘jalik korxonalari bilan teng sharoitda fermer xo‘jaliklariga traktorlar, asbob-uskunalar, yoqilg‘i moylash, qurilish materiallari, mineral o‘g‘itlar va boshqa resurslar bilan ta’minlanishi hamda dastlabki ikki yil mobaynida foyda (daromad) solig‘idan ozod qilinishi, chorva mollari sotib olish uchun kredit ajratilishi, jamoa, davlat va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan zarur mineral va organik o‘g‘itlar bilan ta’minlash ko‘zda tutildi.

Fermer xo‘jaliklarini dastlabki shakllanish davridagi bunday shart-sharoit va qo‘llab-quvvatlash natijasida qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatlar bo‘lib hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligida islohotlarning dastlabki bosqichida yangidan shakllanayotgan xo‘jaliklarni faoliyat yuritish mexanizmini takomillashtirish jarayonlari muntazam ravishda amalga oshirib kelindi. Ularni o‘z mehnat natijalaridan manfaatdorligini oshirish, davlatning xo‘jaliklar faoliyatiga aralashuvini qisqartirish borasida davlat, birinchidan, qishloq xo‘jalik korxonalarini saralab olgan holda qo‘llab-quvvatlash, daromad, qo‘shilgan qiymat va boshqa soliqlardan ozod etib, fermer (dehqon) xo‘jaliklari tashkil etilgandan boshlab ikki yilgacha soliqlardan ozod etildi.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish