Kuchli davlat – omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asosga ega bo‘ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do‘stlik va bag‘rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Kuchli jamiyat – mustahkam negizning barqarorligi ta’minlangan, davlatning boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli kuchaygan, fuqarolarning qonun asosida, ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlarga aylangan jamiyat.
Ko‘ppartiyaviylik – hozirgi zamon jamiyatining ajralmas belgisi, uning demokratiyalashuvidarajasining muhim poydevor ko‘rsatkichidir. Ko‘ppartiyaviylikning o‘ziga xos belgisi, bu siyosat xilma-xillik, jamiyatda bir nechta siyosiy partiyaning mavjudligidir. Siyosiy partiyalar fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini parlament davlat hokimiyati, mahalliy vakillik idoralari, aholining o‘zini-o‘zi boshqarish uyushmalalri va hakozolar orqali ifoda etish holda ro‘yobga chiqarish maqsadida faoliyat ko‘rsatuvchi kishilar birlashmalaridir.
Koalitsiya (ittifoq) – Birlashish, kelishuv ittifoq. Partiyalar, davlatlar, davlatlar tomonidan umumiy iqtisodiy, siyosiy, harbiy maqsadlarga erishishi maqsadida tuziladigan ixtiyoriy ittifoq. Yevropaning bazi davlatlarida hokimiyatni birgalikda boshqarish maqsadida bir nechta siyosiy partiyalar birlashadilar.davlatlar aro harbiy siyosiy ittifoq misol etib fashizmga qarshi kurashda Gitlerga qarshi koalitsiya tuzilganligini misol keltirish mumkin.
Korrupsiya – (lotincha “coruptio” – poraga sotish, aynish, tanazzul) – mansabdor shaxsning boyish maqsadida o‘z mansabi bilan bog‘liq huquqlarni suiste’mol qilishdan iborat jinoyat. Korrupsiya eng qadimiy jamiyatlardan biri: Qaerda davlat bo‘lsa, davlat apparatining turli tarmoqlarida, pastdan yuqorigacha, korrupsiya butun jahonga yoyilgan jinoyatlardan biridir. Bu masala bilan hattoki birlashgan millatlar tashkiloti alohida shug‘ullanib maxsus kurslar qabul qilingan va korrupsiyani quyidagicha ta’riflagan:
1) Mansabdor shaxslar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlash, talon-taroj qilish va o‘zlashtirish;
2) Noqonuniy foyda olish uchun o‘z xizmat lavozimini suiste’mol qilish;
3) Ijtimoiy burch va shaxsiy tamagirlik manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |