O’zbеkiston davlatchiligi



Download 1,98 Mb.
bet15/91
Sana23.04.2022
Hajmi1,98 Mb.
#576553
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91
Bog'liq
ЭНГ ЯНГИ ТАРИХ МАЖМУА2021-2022

Birinchi bosqich – 1989-1991 yillarni qamrab oladi, ya’ni bu davrda sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan har bir respublika o‘zining imkoniyati va umumittifoq taqsimotidan kelib chiqib, mintaqaviy xo‘jalik hisobiga o‘tmoqda edi. Bu boradagi asosiy muammo majburan joriy etilgan sotsialistik munosabatlar va O‘zbekistonning real imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarda o‘z ifodasini topdi.
Ikkinchi bosqich – mustaqillikning ilk davri (1991-1993 yillar), ya’ni o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini izlashning eng murakkab va qiyin pallasi hisoblanadi. O‘z taraqqiyot yo‘lini topish O‘zbekiston uchun yana shu bilan murakkab ediki, ko‘plab Yevropa davlatlaridan farqli o‘laroq, xalqimiz o‘ziga xos eksperiment ob’ektiga aylangan edi. Nokapitalistik munosabatlar hukmronlik qilgan davr respublika iqtisodiyotining rivojlanishida salbiy oqibatlar keltirib chiqardi, chunki buning natijasida pishib yetilmagan, majruh holatdagi ishlab chiqarish munosabatlari shakllandi.
Uchinchi bosqich – 1993-1995 yillar, ya’ni o‘zbek modeli amalga oshirilishining dastlabki davri. Ushbu bosqichda bozor infratuzilmasi vujudga keldi, xususan, uning normativ-huquqiy bazasi, xususiy sektor, bank-kredit mexanizmi uchun xizmat ko‘rsatish sohasi, soliq siyosati shakllanib bordi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, uy-joy fondini, ijtimoiy soha tarmoqlaridagi korxonalarni (umumiy ovqatlanish, savdo, pulli xizmat ko‘rsatish kabilarda) faol xususiylashtirish jarayoni boshlandi hamda yirik korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirishga tayyorgarlik ko‘rildi. Eng muhimi, O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning to‘laqonli sub’ektiga aylandi.
To‘rtinchi bosqich – 1995-1999 yillar. Bu davrda aholi tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini, olib borilayotgan islohotlar real yo‘nalish va shaklga ega ekanligini anglab yetdi. Chunki o‘zbek modeli islohot o‘tkazish usullari hamda dasturlarni amalga oshirish mexanizmlari talab darajasida ekanligini ko‘rsatdi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘plab chet el ekspertlari O‘zbekiston tanlagan yo‘lni Janubi-Sharqiy Osiyoning industrial mamlakatlarida olib borilgan islohotlar yo‘nalishiga o‘xshata boshladilar. Yangi tovarlar va texnologik taraqqiyotga ehtiyojning o‘sishi iqtisodiyotda yuqori texnologik tarmoqlar ulushining o‘sishiga olib keldi. Bu davrda ayniqsa kimyo va neftkimyo, farmasevtika sanoatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi ko‘zga tashlandi. Qator strategik sohalarning, xususan don va energetika mustaqilligi ta’minlandi. Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi shakllandi.
Beshinchi bosqich – 1999 yildan boshlanib 2010 yilgacha davom etdi. Import o‘rnini bosuvchi va ommaviy eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy tizimni to‘la hajmda shakllantirish, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning faollashuvi bu davr amalga oshirilgan islohotlarning asosiy belgisi bo‘ldi. Avvalgi bosqichlar doirasida mamlakat iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarning barpo etilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarining amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o‘z vaqtida boshlangan, chuqur o‘ylangan va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ishlar o‘z natijasini berdi.
Oltinchi bosqich2010 yildan boshlandi va uning tub mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” ma’ruzasida o‘z aksini topdi. Ushbu yondashuv rivojlanishning o‘zbek modelini nazariy va amaliy jihatdan yanada boyitib, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish imkonini berdi.
Xususan, o‘zbek modeli, bir tomondan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va xatarlariga munosib qarshi turish, uning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirining oldini olish amaliyoti bilan boyitilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, bank-moliya tizimining barqarorligini oshirish, strategik ahamiyatga molik loyihalarni hayotga tadbig‘ etish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish, xalqning hayot darajasi va farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan siyosat doirasidagi qator vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish borasida to‘plangan tajribaga ega bo‘ldi. Muhimi shundaki, O‘zbekistonning jahon bozoridagi o‘z o‘rni va mavqeini mustahkamlash, global iqtisodiy tizimga integratsiyalash masalalari doirasidagi islohotlar jadallashdi.
Sobiq ittifoqdosh respublikalar orasida faqat O‘zbekistonda 1996 yildan boshlab izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Agar 1996-2003 yillarda o‘rtacha o‘sish sur’ati 4,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2004 yildan boshlab bu jarayon yangi bosqichga ko‘tarilib, yuqori darajada – yiliga o‘rtacha 7,5-9 foiz o‘sishnitashkil etmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan rahbariyat oziq-ovqat muammosini o‘z imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, don mustaqilligini ta’minlash masalasini kun tartibiga qat’iy vazifa qilib qo‘ydi. Puxta o‘ylab yuritilgan iqtisodiy siyosat natijasida ekin maydonlari tarkibi, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ichki talab va shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, qayta ko‘rib chiqildi. Mamlakatda paxta yakkahokimligiga barham berildi. Natijada oziq-ovqat xavfsizligi, g‘alla mustaqilligi ta’minlandi. O‘tgan yillarda g‘alla yetishtirish hajmi 7 barobar, hosildorlik esa 3 barobardan ko‘proq oshdi. Bugungi kunda iqtisodiyotda nodavlat sektori ulushi 83 foizdan ortiqni tashkil etmoqda. Yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning salmog‘i 54 foizdan oshib ketdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining salkam 98 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Eng muhimi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik odamlar uchun barqaror daromad manbalari yaratishning eng muhim omiliga aylandi. Hozir aholi yalpi daromadlarida kichik tadbirkorlik faoliyatidan tushayotgan daromadlarning ulushi 50 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda.
Istiqlol yillarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Asakadagi yengil avtomobillari va Samarqanddagi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan zavodlar, yuzlab zamonaviy yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishga tushirildi. Natijada mustaqillik yillarida mamlakatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3,4 barobar oshdi. Ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining salkam 40 foizi eksport qilinmoqda.
Eng og‘ir, keskin ijtimoiy-iqtisodiy muammolar girdobida turgan o‘tish davrida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Shu bois ham, milliy modelning o‘ziga xos jihatlaridan biri – taraqqiyotning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritilgani, aholining kam ta’minlangan qatlami ishonchli ijtimoiy himoya qilingani bo‘ldi. Bu o‘tish davrining eng og‘ir bosqichlarida ham jamiyatimizda ijtimoiy adolat va barqarorlikni ta’minlash imkonini berdi.



Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish