Kurs ishi ob’ekti va predmeti. Mazkur ishning asosiy ob’ekti Amir Temurning harbiy islohoti va uning bugungi kundagi ahamiyati mavzusi bo’lsa, predmeti mazkur masala tarixiga doir ma’lumotlarning tahlilidir.
Kurs ishining nazariy uslubiy asoslari. Kurs ishining yetakchi ilmiy kontseptsiyasi muammoga tsivilizatsion yondashuv ekanligini hisobga olgan holda, ishning nazariy uslubiy asosini mustaqil O’zbekiston Respublikasi milliy istiqlol g’oyasining ustuvor maqsad va vazifalari tashkil qildi. Bu yangi ilmiy kontseptsiya xalqning milliy qadriyatlari, urf-odati va turmush tarzini, to’plagan bilimlari va hayotiy falsafasi bilan uni boyitib, o’rganilayotgan muammoning barcha qirralarini yangicha baholash mezoni xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Kurs ishida o’rganilayotgan muammoni to’g’ri hal etishda ilmiylik, bilishning xolis, tarixiy, qiyosiy va tanqidiy o’rganish, tizimlilik tamoyillari, kulturogenez printsiplariga amal qilindi. Shu bilan birga Kurs ishida jahon ijtimoiy-gumanitar fanlarida ishlab chiqarilgan va tan olingan ko’pgina olimlarning metodologik qarashlaridan ham foydalanildi. Kurs ishining metodologik asosini ishlab chiqishda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari va Muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning amaga oshirayotgan keng islohotlari.
Kurs ishining maqsad va vazifalari.Tadqiqotning asosiy maqsadi Amir Temurning harbiy islohoti va uning bugungi kundagi ahamiyatini atroflicha yoritish:
• Amir Temurning harbiy siyosati:
• Amir Temurning harbiy boshqaruv tizimi
• Amir Temur harbiy mahoratiningo’zbek davlatchiligidagi o’rni:
Mavzuni o‘rganilish darajasi.O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov takidalaganidek: «Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o’zgarishlar jarayonida egallab turgan o’rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayo’tgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo’lishimiz shart”2 xalqining tarixi, madaniyati, ma'naviyatiga oid bildirilgan fikr va mulohozalari, xulosalari tadqiqotning metodologik asosini belgilashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi B. Ahmedov, A. Muhammadjonov, A. Ziyo tadqiqotlarida Amir Temur markazlashgan saltanatni ma’muriy, harbiy va mahkama tizimlari yaratish orqali boshqarganligi masalalari umumiy tarzda yoritib berildi3
Kurs ishining tarkibi. Kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |