M U N D A R I J A
1. Antik adabiyot tarixi 4-23 2. Yunon adabiyotining Attika davri 24-47
Rim adabiyoti 48-58
O‘rta asrlar adabiyoti 59-68
Uyg‘onish davri adabiyoti 69-100
XVII asr G‘arbiy Evropa adabiyoti 101-110
XVIII asr ma’rifatchilik adabiyoti 111-126
XIX asr romantizm adabiyoti -------- 127-136
XIX asr tanqidiy realizm adabiyoti 137-146
XX asr adabiyoti 147-160
K I R I SH
Antik jamiyat–isoniyat rivojlanishining alohida bosqichi sifatida o‘ziga xos rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi. Antik dunyo, xususan Misr, Bobil, YUnoniston kabi mintaqalar bilan Markaziy Osiyoning madaniy aloqalari qadim zamonlarga borib bog‘lanadi.Miflarni qadimgi yunon adiblaridan Gesiod va Gomerlarning, yunon dramaturglari Esxil, Sofokl, Evripid hamda ancha keyinroq yashagan yozuvchilarning asarlarida ko‘ramiz. SHuning uchun ham yunon miflarini har xil manbalardan to‘plab bir tizimga yig‘ishga to‘g‘ri kelgan.
Miflardan hikoya qilinishicha, erda dastavval dahshatli mahluqlar: DEVlar, oyoqlari o‘rnida bahaybat ilonlar bilanglab turgan GIGANTlar, kattaligi tog‘day YUZ-QO‘LLIKlar, peshonasi o‘rtasida bittagina chaqchaygan ko‘zi bor vahshiy KIKLOP (SIKLOP)lar, Er va osmonning dahshatli bolalari-qudratli TITANlar yashagan. YUnonlar GIGANTlar va TITANlar obrazida tabiatning yovuz kuchlarini gavdalantirganlar. Miflarning hikoya qilishicha, tabiatning bu yovuz kuchlari dunyoda tartib o‘rnatgan va unga hukumronlik qilgan CHaqmoq, Bulut osmon ilohi ZEVS tomonidan jilovlangan va bo‘ysundirilgan. TITANlar o‘rniga ZEVS saltanati bunyodga kelgan.
YUnonlar xudolarni odam shaklida tasavvur qilganlar, ularning bir-birlari bilan munosabatlari ham kishilar o‘rtasidagi munosabatga o‘xshagan. YUnon xudolari o‘zaro janjallashgan, yarashgan, odamlar hayotiga doimo aralashib turgan, urushlarda ishtirok etgan. Har bir xudoning o‘ziga yarasha ishi bo‘lgan, olamda ma’lum
«xo‘jalik»ni «boshqargan». YUnonlar o‘z xudolariga odamlar singari tabiat (xarakter) va xulq-atvor berganlar, xudolar oddiy odamlardan faqat o‘lmasligi bilangina farq qilgan.
Qadimgi adabiy yodgorliklar sifatida XOMERning «Iliada» va «Odisseya» dostonlarini ko‘rsatish mumkin. Har ikki dostonning mavzusi Troya afsonalaridan, ya’ni yunonlar bilan troyaliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urush rivoyatlaridan olingan.
«Iliada» va «Odisseya» dostonlari xalq og‘zaki adabiyoti asosida yaratilgan qahramonlarning klassik namunasi hisoblanadi.
YUnon adabiyotidagi didaktik eposning eng birinchi namunasi Gesiodning
«Mehnat va kunlar» poemasidir. Asar inson mehnatining ulug‘ligi, adolatning barqarorligi va mehnat ahlining tirikchiligi yo‘lida uchraydigan turli masalalar haqidagi nasihatlar shaklida yozilgandir. Asarga kirgan «Qirg‘iy bilan Bulbul» masalida shoir zamonidagi ijtimoiy tengsizlik ifodalangan. Zo‘ravonlik hukmron bo‘lgan zamonda faqirlar uchun yagona chora–mehnat qilish va mehnat orqali tirikchilik o‘tkazish degan fikrni ilgari suradi.
Eramizgacha bo‘lgan VII-VI asrlarda yunon jamiyati va madaniyatida ro‘y bergan ijtimoiy siyosiy o‘zgarishlar natijasi o‘laroq adabiy janr sifatida lirika paydo bo‘ldi.
YUnon tilidagi «Lirika» cholg‘u asbobi «lira»dan olingan bo‘lib, musiqa bilan aytiluvchi she’r degan mazmunni bildiradi. Har bir lirik shoir ham, muallif ham bastakor bo‘lgan. Keyinchalik lirikaning YAmb va ellegiya turlari adabiy janrga aylandi. SHu bilan birga yakka shaxs tomonidan ijro etiladigan–monodik lirika va xor lirikasi vujudga keldi. Qadimgi yunon she’riyatida qofiya bo‘lgan emas, lekin ohangdorlikni belgilovchi vazn bo‘lgan. Manbalarning bergan ma’lumotiga ko‘ra,
yunon lirikasi boy va rang-barang bo‘lgan. Elegik lirikaning vazni ham, mazmuni ham epik dostonlarga yaqin turadi. YAmb-hazil-mutoibani, tanqidiy fikrlarni ifodi etuvchi she’riy asar.
Jahon adabiyoti fani bo‘yicha ma’lumotlar juda katta hajmda bo‘lib , u faqatgina antik adabiyotni emas balki bugungi kungacha bo‘lgan davr adabiyotini o‘z ichiga qamrab oladi. Bunga antik adabiyotdan tashqari O‘rta asrlar adabiyoti va uning ijtimoiy siyosiy xarakterini yoritish, ilk o‘rta asrlardagi lirika. Xalq qahramonlik eposlari, ritsar-kurtuaz adabiyotiga, antik adabiyotning ta’siri, o‘rta asrlardagi shahar adabiyoti uning taraqqiyot bosqichlarini o‘z ichiga oladi. XVII asr klassitsizm adabiyoti, barokko adabiy oqimi va XVIII asr ma’rifatchilik adabiyoti, XIX asr realizm va tanqidiy realizm adabiyoti vakillarini hamda XX asr jahon adabiyotidagi taraqqiyparvar adiblarning ijodi yangi ijodiy yo‘nalishlar, jahon adabiyotida nobel mukofoti sovrindorlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |