O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti



Download 240,64 Kb.
bet9/20
Sana03.01.2022
Hajmi240,64 Kb.
#313057
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Motam qo‘shig‘i–bironta obro‘li sinor yoki yaqin kishining vafotiga shoirning qayg‘usini bayon etgan she’rdir.

Trubadurlar lirikasining asosiy xususiyatlaridan biri unda real hayot turmush quvonchlarini aks ettirish erli ayolga sevgi munosabatlarini kuylashdir. Bundan maqsad aristokratik muxit va oldi-sotdi zamirida yuzaga kelgan eski nikox tartibi va cherkov kirdikorlarini qoralash va ularga insoniy erkin xis–tuygularni qarama - qarshi quyishdir.

Trubadur lirikasining asosiy vakillari:

Trubadurlar lirikasi XII-XIII asrlar mobaynida rivoj topadi. Uning eng gullagan davri 12 asrning oxirlariga to‘g‘ri keladi. SHu davrda ijod etgan yirik trubadurlardan biri Bernard de Ventadorndir (taxminan 1140-1195 yillarda yashagan.). U dastlabki she’rlarini o‘z sin’orining xotiniga so‘ngra Angliya qirolichasi Eleonoraga bag‘ishladi. Bernard bir she’rida xonimga «Men sizning mulkingizman siz meni sotishingiz yoki birovga berib yuborishingiz mumkin!» deb xitob qiladi. Bernard de Ventadorning butun poeziyasi samimiylik va sevgi hissi bilan sug‘orilgan.

Minnezang XII -XIII asrlardagi nemis ritsar lirikasi minnezang, ya’ni «sevgi qo‘shig‘i» nomi bilan yuritiladi. Bu atama XIII asrda nemis olimlari tomonidan kiritilgan. Minnezang trubadur lirikasiga yaqin bo‘lsa ham, lekin o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Masalan: nemis kurtuaz shoirlari o‘z fikrlarini xayoliy axloqiy masalalarga bog‘lashga, hayotiy masalalarni xayol doirasiga ko‘chirishga intiladilar. Ularda gedonizm (kayfichog‘lik,turmushdan lazzatlanish) ancha bosiq va mo‘‘tadil xarakterdadir. Minnezangda abstraktlik, noaniqliklar bo‘lishiga qaramasdan provans lirikasi kabi, u ham poeziya janrining yuksalishiga ma’lum hissa qo‘shadi. Unda oddiy insonlar kechinmalari va tabiat tasviri o‘zining ochiq ifodasini topadi.

Ritsarlik lirikasida kuylangan sevgi turmush quvonchlari ritsarlik romanining ham asosiy mavzusi edi. Ritsarlik romanida muhabbat feodal axloqi odatlariga bo‘ysindirilgan tarzda ko‘tarinki ruhda fantastik bo‘yoqlarda tasvirlanadi. Ritsarlik romanlari dastlab Fransiyada paydo bo‘ldi. Ritsar romanlari mavzu ko‘lamiga ko‘ra ikki xil shaklda bo‘lib ular quyidagilardir: 1)Antik turkum: Bunda antik manbalardan foydalanib «Aleksandr haqida roman» nomli asar yaratiladi. Romanda Aleksandr o‘rta asr ritsarlari qiyofasida tasvirlanadi. Lekin bu asar tub ma’nosi bilan ritsar romani bo‘la olmaydi. CHunki, unda muhabbat mavzusi va xonimga ritsarcha xizmat etish aks ettirilmagan edi. Troya urushi va Eney haqidagi ertaklarni qayta ishlash natijasida «Eney haqida roman», «Troya haqida roman » kabi asarlar paydo bo‘ldi.

YUqoridagi ikki roman ritsar kurtuaz adabiyoti qoidalariga to‘g‘ri keladi. 2)Breton (britan) turkum: Fantastika va ishqiy voqealarga boy bo‘lgan va qabila tuzumi hayotini aks ettirgan kelt ertaklari ham o‘rta asrlik romanlari uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Kelt ertaklarining ko‘pi buyuk qirol Artur shaxsiyati bilan bog‘langan. Ertaklarda brit qabilasining knyazi Artur ingliz–sakslar hujumiga qarshi qahramonona kurashgan, ko‘p erlarni zabt etgan Britaniyaning qiroli deb tasvirlangan. U ritsarlar o‘zlarini teng his qilgan holda gir aylanib o‘tirsinlar deb dumaloq stol yasatgan. «Artur yoki dumaloq stol» romanlari nomi shundan kelib chiqqan.

«Dumaloq stol» va Artur nomi bilan yuritiladigan sikldagi roman asoschilaridan biri Kret’en de Truadir (12–asrning ikkinchi yarmi). U uzoq vaqt davomida grafinya Mariya SHampanskaya saroyida yashaydi, iste’dodini kurtuaz ritsarlik romani janrida ko‘rsatgan. U o‘z asarlari uchun manbani kel’t rivoyatlaridan oladi. Kreten de Trua Evropa kurtuaz eposining eng yaxshi namunalari bo‘lgan «Erek va Enida», «Klijes», «Lanselot yoki arava ritsari», «Iven yoki yo‘lbars ritsar»,

«Perseval yoki Gral haqida povest» asarlarini yozadi.Qirol Artur haqidagi afsonalardan erkin foydalangan Kreten kichik Kelt knyazi Arturni yirik feodal davlatining hukumroni qilib ko‘rsatadi. «Breton» yoki Artur nomi bilan ma’lum bo‘lgan kelt ertaklari kitobxonni fantastik dunyoga olib kiradi. Kelt rivoyatlari asosida yaratilgan «Tristan va Izolda» haqidagi dostonlarni ikki gruppaga bo‘lish mumkin, Ulardan biri fransuz «jonglyori» va nemis shoiri Eylkart fon Oberg ishlagan. Ikkinchisi esa ingliz-norman shoiri Gomas va nemis shoiri Gotfrid Strasburgskiylardir.

Gotfrid Strasburgskiyning she’riy romani (XIII asr boshi) qahramonlarning ruhiy kechinmalarini va ritsarlik hayotining ajoyib tasvirini yaratishi bilan boshqa variantlardan farq qiladi. Ikki yoshning muhabbati haqidagi bu syujet XIII asrda prozaik roman shaklida paydo bo‘ladi va asta sekin «Dumaloq stol» romanlari turkumiga kiritiladi. XIII asr boshida yuzaga kelgan «Okassen va Nikolet» asarida feodal zadoganlarga qarshi motivlar yanada ochiqroq ifodalanadi. Bu asar o‘zining mazmuni va shakli bilan ritsar romani doirasidan chetga chiqib, unga qarshi parodiyaga aylanadi. Parodiya vositasida ritsarlik va uning g‘oyasi ustidan kulinadi. Asar uslubining o‘ziga xos tomonlari bor: nasriy bayon she’riy tasvirlar bilan almashinib turadi va ikki jonglyor tomonidan navbatma-navbat kuylanadi. Bu asar ritsarlik hayoti va ritsarlik romani inqiroziga yuz tutayotgan davr ruhini ifodalaydi.


Mavzu bo‘yicha xulosa:
Antik quldorlik jamiyati emirilgandan so‘ng uning xarobalari o‘rnida paydo bo‘lgan yangi ijtimoiy formatsiya-feodalizm negizida yuzaga kelgan adabiyot o‘n asrdan ortiq maboynida o‘rta asrlar hayotini aks ettirib keldi. Xalq ijodi va antik san’at o‘rta asrlar adabiyoti rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Xalq og‘zaki adabiyotining ilk namunalari Evropaning shimolida yashagan qadimgi kelt va Skandinavlarning urug‘chilik urf- odatlari va german «varvar» qabilalarining majusiylik mifologiyasiga asoslangan ertak va qahramonlik qissalari (irlad ertaklari,edda qo‘shiqlari) da o‘z ifodasini topdi. Antik adabiyot va san’atining

realistik yo‘nalishi va uning xalq turmushi bilan bog‘langanligi o‘rta asrlarda hukumron bo‘lgan diniy adabiyotga zid dunyovy adabiyotning o‘sishiga yordam berdi. Feodalizm davri qahramonlik eposi o‘rta asrlar adabiyotida yangi bosqich bo‘lib, unda o‘zaro urushlar qoralandi, vatanni himoya qilish g‘oyasi birinchi o‘ringa qo‘yildi. Ritsar lirikasi va ritsarlik romanlarida esa feodal munosabatlar, vassal– syuzern aloqalari, ritsarning o‘z valine’matiga sodiq bo‘lishi masalalari ko‘rsatiladi, cherkov va din qoralanib, turmush quvonchi va chin sevgi tarannum etiladi. Feodal tartiblariga oppozitsiya sifatida yuzaga kelgan shahar adabiyoti o‘rta asrlar madaniy hayotida alohida o‘rin egallaydi, unda kambag‘al shahar tabaqalari ijobiy qahramonlar qilib tasvirlanib, ular buzilib borayotgan feodal–aristokratiya vakillariga qarama - qarshi qo‘yiladi. SHahar adabiyoti o‘zining shu asosiy xususiyati bilan o‘sha davrdagi hukumron sinf adabiyotlaridan tubdan farq qiladi va Uyg‘onish davri adabiyoti uchun ma’lum darajada zamin tayyorladi.


Mavzu yuzasidan lug‘at:


  • Bardlar - qadimgi island lirik poeziyasi bilan shug‘ullangan lirik qo‘shiqlar ijrochisi.

  • Filidlar – island qo‘shiqchi – hikoyachilari deb yuritiladi. (VII-VIII asrlar.)

  • Edda - qadimgi skandinaviya edda qo‘shiqlari deb nomlangan. XIII asr boshlariga asoslanib edda deb nomlaganlar.

  • Voluspa - kelajak jarchisi demakdir.

  • Rekonkista - dushman bosib olgan mamlakat erlarini ozod etish harakati.

  • Sid - arabcha sayid so‘zidan olingan bo‘lib janob demakdir.

  • Korpes - ispaniyada qonun chiqaruvchi majlis.

  • Jonglyor - qo‘shiqchi baxshi. (Fransuz tilidan olingan.)

Mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar:




  1. Rim imperiyasi qulagandan keyingi G‘arbiy Evropada o‘rta asrchilikning boshlanishi.

  2. «Xildebrand haqida qo‘shiq» german eposining ilk namunasi ekanligi.

  3. Ingliz xalq qahramonlik eposi qaysi asrlarda yaratilgan?

  4. Kelt eposi va uning yaratilishidagi shart – sharoitlar.

  5. Kelt eposining turlari va badiiy uslubi.

  6. Qadimgi Skandinaviya adabiyotining ilk namunalari.

  7. Fransuz xalq qahramonlik eposining xalqchilligi.

  8. «Roland haqida qo‘shiq» qo‘shiqning yaratilish tarixi va badiiy qimmati.

  9. «Sid haqida qo‘shiq» qo‘shiqning yaratilishi va mavzu ko‘lami.

  10. XI–XII asr nemis qahramonlik eposi va undagi obrazlarga tavsifnoma.

  11. Ritsar–kurtuaz adabiyotining yaratilishi.

  12. Trubadurlar lirikasi va ularning turlari haqida .

  13. Kurtuaz–ritsarlik romanlari va ularni turkumlarga ajratishning ahamiyati.

  14. X–XIII asrlardagi dramatik janrlar.

  15. SHahar adabiyoti haqida ma’lumot bering.

Adabiyotlar ro‘yxati.

  1. Borisova I.F., Ermatov B.S. O‘rta asrlar G‘arbiy Evrupa adabiyotlari ravnaqining zamonaviy konsepsiyalari. T., «Universitet», 1994y.

  2. Qayumov O. CHet el adabiyoti tarixi. T.,1979.

  3. Istoriya zarubejnoy literaturы: Srednie veka. Vozrojdenie. (Alekseev M.P., Jirmunskiy V.M., Mokulskiy S.S., Smirnov A.A.) M., Vыsh. SHk.1987g.

  4. Komilov.N.Tafakkur karvonlari.T., 1997. 5.Mahmudova S.Jahon adabiyoti. T.: 2018

6. Hamdamov. U, Qosimov A. Jahon adabiyoti. T.: 2017.



Download 240,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish