Kasbiy individuallikning ijtimoiy-psixologik asoslari haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalambor, bu tarkibga professional rollar va shaxsning jamiyatda egallagan professional nufuzi kiritiladi. Ushbu tarkibning boshqa bir asosiy komponenti – bu kasbiy-shaxsiy sifatlar namoyon bo‘lishi hisoblanib, ular orasida ijtimoiy-psixologik xarakter kasb etadigan va shaxslararo (ijtimoiy) munosabatlar tizimida namoyon bo‘ladigan: muloqotga moyillik, mas’uliyat, xayrixohlik, talabchanlik, muvozanatlilik, prinsipiallik, o‘zini o‘zi nazorat qilish va boshqara olish kabi qator xislatlar ustuvorlik qiladi.
Kasb va kasbga yo‘naltirishning nazariy shart – sharoitlari deganda, kasb va kasbga yo‘naltirish faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan turli xil qarashlar majmuasi, g‘oyalari va tasavvurlar yig‘indisidir. Bu yoshlarning shaxsiy qiziqishlari, layoqati va qobiliyatlariga mos keladigan, jamiyat uchun zarur kasblarga yo‘llashdir.(1-jadvalga qarang)
Muammoning muhimligi, yoshlarni kasbga yo‘naltirishga oid bir qancha amaliy masalalarni shoshilinch ravishda hal qilishning zarurligi hozirgi vaqtda ko‘plab mutaxassislar: pedagoglar, psixologlar, shiforkorlar, iqtisodchilar, sotsiologlar va g‘oyat xilma – xil sohalarda ishlovchi amaliyotchi xodimlarning e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Bu borada ko‘plab mutaxassislarning ishtirok etishi va ish olib borishi muammoni to‘g‘ri va kompleks tarzda hal etish uchun zamin va sharoitlar yaratib beradi, albatta.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jixatdan shakllanishini o’rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko’rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mexnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan ko’yiladigan psixologik talablarni o’ganish xamda ilmiy taxlil qilish bilan shug’ullanuvchi bo’limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muxim axamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan xolda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o’rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o’rtasidagi munosabatlar taxlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning axamiyatini o’rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadkik etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy yetuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning xayotga bo’lgan ta’sirini o’rganadi.
Kasb psixologiyasining muxim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning taxlili, kasbiy maksadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o’rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat. Kasb psixologiyasining predmetining ta’rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq:
1.Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini, o’zining faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;
2.Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo’lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o’ziga xos uslublarini tuzish;
3.Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik taxlil qilish, kasblarni proektlash uslublari va tamoyillarini ishlab chiqish;
4. Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni taxlil etish;
5.Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya’ni shaxsning deformatsiyasi, kasbiy faoliyatga bo’lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;
6.Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish xamda mutaxassislarni attestatsiyadan o’tkazish;
7.Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam xamda insonning kasbiy xayoti davomida yordam berish, qo’llab-quvvatlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |