161
harakat faoliyatini o‘zgartirib turuvchi harakatlar (huddi ringdagi bokschilarga
o‘xshab).
Kara-T-robika.
Mashg‘ulot karate texnik xarakteriga xos o‘rtacha
intensivlikdagi harakatlar: yoko-giri (o‘ziga nisbatan to‘g‘ri zarba), may-giri (oldinga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba).
Kiks aerobika.
Bokschilar hamda karatislar harakatlar qorishmasi: (chapdan
djeb, o‘ngdan xuk, yoko-giri, o‘ngdan djeb, chapdan apperkot, yoko-giri, 4 apperkot
zarbasi, yoko-giri, o‘ngdan xuk va boshqalar ).
Aerobikaning turkumiga mansub turlari:
Yoga-aerobika.
Statik va dinamik harakterga ega turli nafas mashg‘ulotlari,
cho‘zilish va stretching mashqlari.
Fleks.
Asosan
e
giluvchanlikni rivojlantirish va psihoemotsional holatni tartibga
solishga qaratilgan mashg‘ulotlar.
Sound track (musiqiy kuzatish). e
ng zamonaviy
fitness daturlarining eng
ajralmas qismi bo‘lib bir suratda ijro etilishi bilan berilgan musiqani estetik didni
tarbiyalashga, ritmni sezish umumiy hisobda harakat ma’daniyatini yuksaltirishga
hizmat qiladi.
Bajarilish suratini (5) turli kategoriyalarga ajratishimiz mumkin, bular:
sekin
-
yurak urishi daqiqasiga 40-50 ta (sekin harakatlar, yurishlar va h.k) ni tashkil etadi.
O‘rtacha
yoki o‘rtachadan sekin. Yurak urishi daqiqasiga 60-70 ta (ritmik musiqali
gimnastik mashqlar) ni tashkil qiladi.
Tez
– yurak urishi 150 tani va undan tez 170
tani tashkil etadi (regtaym, sheyk, charlston va boshqa sakrash hamda yugurishlardan
tashkil topgan raqs elementlari) .
Ushbu qoida asosida turli hildagi ko‘ngil ochar va sog‘lomlashtiruvchi
gimnastik dasturlari imkoniyatini birlashtirib yagona bo‘lgan
fitness aralashmasini
shakillantirish uchun asos bo‘ladi.
Asosiy harakat faolligini kuchga yo‘naltirilgan, fitness dasturlari.
Sog‘lomlashtiruvchi fitnessning asosiy komponenti sifatida optimal darajada
kuch va kuch-chidamkorlikni yaxshilash shuningdek eng ommabop kuchga
yo‘naltirilgan mashqlar, sportda bodibilding nomi bilan mashxurdir.
162
Bodibilding - (“kulturizm”, sport gimnastikasi) kuch sifatini hamda tana
shaklini (ko‘rinish holatini) rivojlantirish maqsadidagi turli jismoniy mashqlar
hisoblanadi.
Bodibilding asoschisi Fredrik Myuller bo‘lib gantel va giryalar (turli
og‘irlikdagi toshlar) yordamida birinchi bo‘lib “Tanani shakillantirish” bo‘yicha ilk
marotaba o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘quv qo‘llanma yozdi. (1904-yil).
O‘shandan
buyon AQSH, Kanada, B.Britaniya, Fransiya , Belgiya, Germaniya va
Rossiyalarda bu bo‘yicha xalqaro musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.
Sportga yo‘naltirilgan bodibilding o‘quv mashg‘ulotlari aniq ravishda
proporsional mushak qatlamlarini, hajmini turli musobaqalarda uni namoyon etishda
ko‘mak beradi. Ahamiyatga molik jihati shundan iboratkiy standart dasturlarda:
ixtiyoriy va majburiy elementi sifatida namoyon etiladi.
Bodibilding sport va dam olish vositalarini amalga oshirish sifatida : jismoniy
mashqlardan
zavq olish, tana kamchiliklarini bartaraf etish shuningdek jismoniy
holai darajasini saqlash va ish qobilyatini kengaytirishda o‘z hissasini qo‘shadi. SHu
bilan birgalikda harakat tayanch apparati tizimini jarohatlanganda reabilitatsiya
qilishda, sport gimnastikasi sifatida oldin va hozir ishlatilgan.
Bodibilding vositalari tasnifi quyidagicha:
Bazaviy (Asosiy) – Chegaralangan yoki chegaralanmagan yuklamalarga turli
mushaklar, bo‘g‘imlarni erkin ravishda jalb etish.
Shakillantirish – erkinlik jihatidan uncha ko‘p bo‘magan yuklamalardagi
jismoniy (harakatlarni): qo‘l
va oyoq yordamida, mushaklarni local ravishda
rivojlantirish.
Qo‘shimcha –turli texnikaviy sport turlariga oid umumiy tayyorgarlik
mashqlarini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, shug‘ullanuvchilarni o‘ziga xos hususiyatlariga tasr etish asosiy omillari
ichida (orasida) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Individual hususiyatlariga ko‘ra (yoshi, jinsi, jismoniy holati yoki tajribasini
etishmasligiga va boshqalar ) alohida shug‘ullanish.
Mashqlar harakteriga ko‘ra (bazaviy, shakillantiruvchi).
163
Mushak ishini bir maromdaligi.
Mashqlar tezligida
YUklamalar hajmi va dam olish intervalida.
Snaryad va uskunalariga ko‘ra.
SHunday qilib harakat tehnikasi bir muncha sodda tuzilgan bo‘ladi. Oddiygina
jismoniy tehnik tayyorgarlikga ega bo‘lmay turib qo‘llash zararli bo‘lib kuchlilik ba
chidamkorlik va kordinatsion qobilyati etarlicha yuqori darajaga ega bo‘lgan
sportchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib odatda mashqlar kamida o‘rtachadan sekinroq
yoki tez bo‘ladi.
Murabbiy
yoki
instructor
tomonidan
mashg‘ulot
faoliyatlariga turli
o‘zgartirishlar kiritib tashkil etish mumkin bo‘lib, o‘zgarishning bazaviy va format
beruvchi mashq: birinchi galda 50-60% yuklamalarni ko‘pi bilan (maksimal ravishda)
qaytarilishlar bilan amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Ba’zi mashqlar kuchni namoyon bo‘lishida chidamkorlikni egiluvchanlikni
rivojlantirishga imkon beradi. Hususan og‘irliklar miqdorini o‘zgartirib portlovchi
kuchni , kuch-chidamliligini takomillashtirishi mumkin.
“Kulturizm”da turli og‘irlikdagi (Shtanga, gantellar) erkin mashqlar,
maxsus
trenajor (uskuna) larda turli hildagi mushak harakatini va xar hil amplitudagi
yuklamalarni o‘z ichiga oladigan faoliyat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: