O‘zbеkiston davlat jahon tillari univеrsitеti



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/34
Sana29.12.2021
Hajmi1,31 Mb.
#81010
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
ozbek auditoriyasida birinchi kurs studentlarini ingliz tilining konsonantizmiga orgatishning lingvodidaktik asoslari (1)

                 

 

 


30 

 

 



 

 

   O’zek tili undosh tovushlar tasnifi     

                                                                                                         4-jadval 

Ovoz 

shovqinning 



ishtirokiga 

ko’ra 


Hosil 

bo’lish 


usuliga 

ko’ra  


  Hosil bo’lish o’rniga ko’ra 

Lab tovushlari                Til tovushlari 

 

Bo’-


g’iz 

Lab-


lab 

Lab-


tish 

Til 


Oldi 

Til   


O’rta 

Til orqa 

sayoz  chuqur 

Jarangli  

Portlovchi  

 



d, j 

 



 

 

Jarangsiz  



 



 



 

Jarangli 

Sirg’aluvchi   



 

g’ 



 

Jarangsiz 

 



s, sh 



 

 



Jarangli 

Qorishiq 

Tovushlar 

 

 

 



 

 

 



 

Jarangsiz 

 

 

ch 



 

 

 



 

 

 



Jarangli  

Burun 


tovushi 

 



 

ng 



 

 

Yon tovush   



 

 



 

 

 



Totroq 

tovush 


 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




31 

 

 



O’zbek  tili  undosh  tovushlari  tizimida  quyidagi  fonologik  oppozitsiyalar 

mavjuddir: 

1.Talaffuzda  ishtirok  etuvchi  asosiy  nutq  a'zosi  va  to'sikning  hosil  bo'lish  o’rniga 

ko'ra:    a)labial-til oldi(dental - alveolyar) undoshlar oppozitsiyasi: (p-t),  (b-d),  (m-n),  

(f-s),  (v-z), (f-sh),  (v-l), (v-r);                                                                                              

b)  labial-til  o'rta  undoshlari  oppozisiyasi:  (f-y),  (v-y);    v)labial-til  orqa  undoshlari 

oppozitsiyasi:  (p-k), (b-g), (f-x), (v-f);                                                                                    

g)  labial-  bo'g’iz  undoshlari  oppozitsiyasi:  (f-h),(v-h);  d)  til  oldi-  til  orqa  undoshlari 

oppozitsiyalari: (t-k),(t-q),(d-g),(s-x),(z-y), (n-ng); 

e) til oldi- bo'g’iz undoshlari oppozisiyalari: (s-h), (z-h), (sh-h), (j-h), (ch-h), (j-h); 

2.Artikulyasiya  usuli  va  to'siqning  qanday  hosil  bo'lishiga  ko'ra:  a)  portlovchi-

sirg’aluvchi    undoshlar  oppozitsiyasi:  (p-f),(b-v),(t-s),(d-z),(t-sh),(d-j),(k-x),(g-g’),(k-

x),(k-h),(g-h); 

b) 


portlovchi-affrikatalar 

oppozitsiyasi: 

(t-ch),(d-j); 

v)  sirg’aluvchi-affrikatalar 

oppozitsiyasi  (sh-ch),(j-j); g) portlovchi-burun sonanti oppozistiyasi: (b-m)k(d-n)k(g-n); 

d)  sirg’aluvchi-  sonant-lar  oppozisiyasi:  (z-l),(j-r);  e)  shovqinli  sonant  -  burun  sonanti 

oppozitsiyasi: (v-m),(ln),(r-n);  

j) yon sonant - titroq sonant oppozisiyasi: (l-r). 

3.Jarangsiz-jaranglilik belgilariga ko'ra: (p-b),(t-d),(s-z),(f-v),(k-g),(sh-j),(ch-dj),(x-

g’).      Bu  tizimdagi  jaranglilarning  barchasi  markerli  qatorni  (shovqinga  ovoz 

qo'shilganligi uchun),  jarangsiz undoshlar esa markersiz qatorni (faqat shovqindan iborat 

bo'lganligi  uchun)  hosil  qiladi.  Tovush  paychalari  ishtirokiga  ko'ra  jarangli  undoshlar 

qatoriga  kiruvchi    [m],  [n],  [ng],  [l],  [r]  ,[y]    sonantlari    yuqoridagi  korrelyasiyaga 

kirmaydi, chunki ularning jarangsiz juftlari yo'q[Jalilov, 2011,84].  

Shuni ham ta'kidlash kerakki, korrelyasiyalarda oppozisiyalar miqdorining ikki va undan  

ortiq  bo'lishi  shart.  Bitta  oppozisiyadan  korrelyatsiya  tarkib  topmaydi.  Masalan,  hozirgi 




32 

 

 



o'zbek adabiy tilidagi [l] va [r] sonantlari yon sonant [l]va titroq sonant [r] oppozitsiyasini 

hosil  qiladi,  ammo  o'zbek  adabiy  tilining  fonologik  tizimida  yon  sonant-titroq    sonant 

zidlanishiga  asoslangan  boshqa  oppozisiyalar  yo'q,  shuning  uchun  [l-r]  zidlanishi 

yakkalangan oppozisiya hisoblanib, korrellyatsiya hosil qilmaydi. 

  

Fonologik o'z ichki xususiyatlariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 



a)  bir  o’lchovli  oppozitsiya  -    bunda  farqlanish  belgisi  faqat  shu  oppozitsiyaning 

ikki  a'zosiga  xos  bo'lib,  bu  sistemaning  boshqa  a'zosida  uchramaydi.  Masalan,  jarangli-

jarangsiz  belgilari  asosida  tarkib  topgan  korrelyatsiyadagi  [t-d]  oppozitsiyasi  bir 

o'lchovlidir,  chunki  bu  ikki    fonemadagi  «til  oldi»  va  «portlovchi»  belgilari  shu 

sistemadagi boshqa oppozitsiyalarga xos emas; 

b) ko'p ulchovli oppozitsiya  -  bunda bir oppozitsiyadagi belgilar shu sistemadagi 

boshqa  oppozitsiyalarda  ham  uchraydi.  Masalan,  jarangli-jarangsiz  belgilari  asosida 

tarkib topgan oppozitsiyalarda «portlash» va «jaranglilik» belgilari bir necha oppozitsiya 

vakiliga xos bo'lishi mumkin, masalan,  b (portlovchi, jarangli)-d (portlovchi, jarangli)-g 

(portlovchi, jarangli) kabi; 

v)  proportsional  oppozitsiyalar  -  bunda  bir  sistema  ichidagi  barcha 

oppozitsiyalarning  a'zolari  o'rtasidagi  aloqalar  o'zaro  o'xshash  bo'ladi.  Masalan,  o'zbek 

tilidagi [ p-b] oppozitsiyasidagi jarangsiz-jaranglilik belgilari shu sistemadagi [t-d], [k-g], 

[s-z], [sh-j], [ch-j], [f-v], [x-g’] oppozitsiyalariga ham xos; 

g)  privativ  oppozitsiya  -  bunday  oppozitsiyalarning  bir  a'zosida  bo'lgan  belgi  shu 

oppozitsiyaning  ikkinchi  a'zosida  bo'lmaydi:  [b-p]  oppozitsiyasida  [b]  dagi  jaranglilik 

belgisi [p] da yo'q; [t-d], [k-g] oppozitsiyalarida shunday hodisa mavjud; 

d)  gradual  (pog’onali)  oppozitsiya  -    bunday  oppozitsiyaning  a'zolari  o'rtasiga 

boshqa    (uchinchi)    fonemani  kiritish  mumkin  bo'ladi.    Masalan,  o'zbek  tilidagi  p  (lab-

lab)-k  (sayoz  til  orqa)    undoshlari  oppozitsiyasi  orasiga  [t]  undoshini  (uchinchi  a'zoni) 

kiritish mumkin, chunki bu tovush ham portlovchi, jarangsiz bo'lib, hosil bo’lish o’rniga 



33 

 

 



ko'ra    [p]  (labial)  va  [k]  (sayoz  til  orqa)  qatorining  o'rtasida  joylashadi:  [  p-t-k]  kabi. 

Bunday holat [b-d-g] sistemasida ham mavjud [Nurmonov,2013,586]. 

Xulosa qilib quyidagilarni aytish mumkin: 

a)    fonemalar  til  mexanizmida  muhim  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo'lgan  mustaqil 

birliklardir:  ular  so'z  va  morfemalarning  tovush  qobig’ini  (ifoda  planini)  farqlash  bilan 

birga, shu so'z yoki morfemalarning ma'nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi;  

b)  fonemalarda  differensial  (farqlanadigan)  va  integral  (farqlanmaydigan)  belgilar 

mavjud  bo'lib,  ulardan  birinchisi  (differensial  belgi)  fonologik  jihatdan  relevant  belgi, 

ikkinchisi (integral belgi) esa fonologik jihatdan norelevant belgi hisoblanadi;  

v)  ikki  fonemaning  qarama  –  qarshi    qo'yilayotgan  differensial  belgilari  shu 

fonemalarni  bitta  oppozitsiyaga  birlashtiradi, bir  farqlanish  belgisiga  asoslangan  ikki  va 

undan  ortiq  oppozitsiyalar  esa  korrelyatsiyalarga  uyushadi.  Demak,  oppozitsiyalardagi 

farqlovchi belgilar korrelyatsiyada birlashtiruvchi belgiga aylanadi;  

g) korrelyatsiyalar o'z navbatida bir-biri bilan ulanib, bir butun tizimni - fonologik 

sistemani hosil qiladi. 


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish