III BOB. Xitoy bayramlarining bugungi kundagi o’rni III BOB. Xitoy bayramlarining bugungi kundagi o’rni 3.1. Bayramlarning nishonlanishida xitoy aholisiga ta’siri. Bilamizki, har bir millatning bayram, urf-odatlar va marosimlarini kelib chiqishi uzoq tarixga borib taqaladi. Har bir millatning o’zining avlod avlodlaridan o’tib kelayotgan bayram marosimlari mavjud. Shuni aytish joizki, bayramlarni, urf-odatlarni va marosimlarni nishonlash va o’tqazish millat aholisiga ham judda katta ta’sir ko’rsatadi. Bu bayramlar ming yillardan beri nishonlanayotgani sababli biz bu bayramlarni nishonlash orqali tariximizni o’rganishimiz mumkin. Misol qilib xitoy aholisining Yangi yil bayramini oladigan bo’lsak, bu bayram xitoyning ko’plab sulolalari tomonidan nishonlanib kelgan bo’lib, biz bu orqali bu sulolarning ham tarix kechinmalarini bilib olishimiz mumkin. Bayram, urf-odatlar va marosimlarni bilish nafaqat uni nishonlash balki millat qadriyatlarini xurmat qilishni ham o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |