189
Munavvarqori
Abdurashidxonov,
Mahmudxo‘ja
Behbudiy,
Ubaydullaxo‘ja
Asadullaxo‘jayev, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov, Islom Shohiahmedov va boshqalar rayosat
a’zosi bo‘lib saylanadilar. Qurultoyda qatnashgan rus firqalari vakillari ham muxtoriyat
masalasini qo‘llab-quvatlaydilar. 12-iyunda Turkiston musulmonlarining o‘lka Markaziy
sho‘rosi (Milliy markazi) majlisi bo‘lib, unda uning Nizomi qabul qilinadi.
Milliy hokimiyat uchun kurash avj olgan bir paytda jadidlar bilan eski ulamolar
o‘rtasida kelishmovchilik juda keskin tus oladi. Ulamolar 1917-yil iyunda “Sho‘roi
islomiya” dan ajralib chiqib, “Sho‘roi ulamo” ni tashkil etadilar. Bu bilan ular milliy manfaat
va demokratik harakatga xiyonat qiladilar.
“Sho‘roi ulamo” tashkiloti o‘zining “Al-Izoh” jurnalini ham tashkil etadi. Bu jurnalda
mutaassiblik bilan taraqqiyotparvarlikka oid maqolalar ham bosilib turadi. Ulamochilar ham
milliy istiqlol tarafdori edi. Lekin ular jadidlardagi dunyoviylik bilan kelisha olmay,
jadidlarni shariatga xiyonat qilishda nohaq aybladilar.
Jadidlar bilan ulamolar o‘rtasida kelishmovchilik Toshkent shahar Dumasidagi
deputatlar orasida ham kuchli bo‘ldi.
Sentabr oyining boshlariga kelib, bolsheviklar ta’sirida rus va ishchi askar sovetlari
Toshkentda hokimiyatni o‘z qo‘liga kiritish yo‘lida mahalliy xalq manfaatini xaspo‘shlashi
hokimiyat uchun kurash masalasini juda murakkablashtirib yubordi. Shuning uchun ham
jadidlar tashabbusi 1917-yil 7-11 sentabrida bo‘lib o‘tgan Turkiston musulmonlarining
ikkinchi o‘lka quriltoyida ko‘rilgan asosiy masala mahalliy hokimiyatni tashkil etish
masalasi bo‘ldi.
Qabul qilingan qarorda, umumxalq manfaatini to‘la ifoda etuvchi koalitsion hukumat
tuzish g‘oyasi olg‘a suriladi. Bu to‘g‘rida “Turkestanskiye vedomosti” gazetasi shunday deb
yozadi: “Turkiston musulmonlarining ikkinchi o‘lka qurultoyi hokimiyat ishchi va dehqon
deputatlari sovetlariga berilishiga qarshilik bildiradi. Hokimiyat koalitsion ya’ni umumxalq
hokimiyati bo‘lmog‘i va mamlakatdagi barcha kuchlarga suyanmog‘i lozim” (1917-yili 13-
sentabr).
Qurultoy bolsheviklarning “Butun hokimiyat sovetlarga!” degan shioriga nisbatan
jiddiy norozilik bildiradi. Koalitsion hukumat masalasini Turkistondagi ko‘pchilik
rusiyzabon aholi va sotsial-demokratik partiyalar ham qo‘llab-quvvatlaydilar.
Jadidchilik harakatining so‘l qanotiga aylangan “Sho‘roi ulamo” namoyondalari ham
bolsheviklarning hokimiyat masalasidagi bir tomonlama sinfiy qarashlariga Toshkentda (17-
20-sentabrda) Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining qurultoyini chaqirib qattiq zarba
beradi. Ushbu qurultoy quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
1. “Sho‘roi Islomiya”, “Sho‘roi Ulomo”, “Turon”,va boshqa Turkiston va
Qozog‘istondagi hamma musulmon tashkilotlarini birlashtiruvchi “Ittifoqi-ul-musulimin”
Do'stlaringiz bilan baham: