269
masalalarni birma-bir o‘rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har bir
bo‘limini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat komissiyalar tashkil etildi.
Ishchi guruh va komissiyalar 1991-yilni oktyabrida Konstitutsiyaning birinchi, 1992-
yilni bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi va shu nusxasi 1992-yilni 26-sentabrida
umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Joylardan tushgan minglab takliflar
o‘rganib
chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib chiqildi.
Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Asosiy
Qonuni 1992-yili 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI
sessiyasida qabul qilindi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat
bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda Davlat
suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning
bosh yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning Ikkinchi bo‘limi 35 moddadan
iborat bo‘lib, Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga
bag‘ishlangan. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va
erkinliklariga ega ekanligi, O‘zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik
o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning
kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda
o‘z vakillari orqali qatnashishlari, siyosiy partiyalar va harakatlarga qo‘shilish huquqlari
ta’kidlab ko‘rsatilgan.
Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo‘lishi, mehnat qilish, nafaqa olish, o‘z
vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqlariga ega
ekanligi aniq qilib bayon etilgan va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan
ta’minlanadi deb taqqoslab qo‘yilgan. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan
burchlarni, chunonchi, qonunlarga rioya qilish, xalqimizning tarixiy, ma’naviy meroslarini
avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash, soliqlar va mahalliy yig‘imlarni o‘z vaqtida
to‘lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlari majburiy ekanligi ta’kidlangan.
Konstitutsiyaning “Jamiyat va shaxs” bo‘limida O‘zbekiston iqtisodiyoti bozor
munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil mulk shakllarining teng huquqga ega
ekanligiga kafolat berildi. Ishbilarmonlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik harakatiga keng
yo‘l ochib berildi va mulkdorlar tabaqasini vujudga keltirish tamoyillari ishlab chiqildi.
Jamiyat ijtimoiy birlashmalari, oila va ommaviy axborot vositalarining o‘rni aniq bayon etib
berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, O‘zbekiston Respublikasi
bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlariga maxsus to‘rtinchi bo‘lim
ajratilgan.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi beshinchi
bo‘limda (50 modda) o‘z ifodasini topgan. Davlat va hokimiyat organlari, Prezident,
Vazirlar mahkamasining vakolatlari, ularni shakllantirish yo‘llari aniq va ravshan bayon
etilgan. Shu bilan birga bu bo‘limda mahalliy hokimiyat organlari, sud va Prokuratura,
Davlat Mudofaasi masalalari o‘z ifodasini topgan.
Mustaqillik Konstitutsiyasining qabul qilinishi g‘oyat katta siyosiy, huquqiy va
xalqaro ahamiyatga ega bo‘ldi. Asosiy Qonunimiz mamlakatda demokratik tamoyillarni
amalga oshirish, xalqimizni huquqiy ma’naviy va mafkuraviy tarbiyalashda katta o‘rin
tutmoqda.
Prezident
I.Karimovning
“O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasini
o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan Konstitutsiyaning jamiyatdagi
o‘rni va ahamiyatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini
yuksaltirish, uning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish uchun 20 kishidan iborat maxsus
komissiya tuzildi. Prezidentimizning Asosiy Qonunni ”...bolalar bog‘chasidan boshlab
o‘rganishni, maktablarda darslik tariqasida o‘qitishni, oliy o‘quv yurtlarida maxsus bir dars