5. Jamoaviy muhokama – 5-10 minut.
“Insert usuli”
Insert - samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib-o‘rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o‘qib chiqib, «V; +; -; ?» belgilari orqali o‘z fikrini ifodalaydi.
|
Matnni belgilash tizimi
|
(v) - men bilgan narsani tasdiqlaydi.
|
(+) – yangi ma’lumot.
|
(-) – men bilgan narsaga zid.
|
(?) – meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur.
|
Insert jadvali
Masalalar va mashqlar to‘plami
Mashqlar
1 mashq. Talabalarning aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash. Tarqatma kartochkalarda harflar birikmalari joylashgan. Harflar to‘plamida 20 ta so‘z birikmalari bor. 3 daqiqada 4ta so‘z birikmasini va 4 daqiqada 5ta so‘z birikmasini tuzing. Berilgan formula orqali aqliy ishchanlik qobiliyatini foizda (%) aniqlash mumkin.
2 mashq. Ish kunini to‘g‘ri tashkil qilganingizni jadval shaklida yozing.
3 mashq. O‘quv yili choraklarida aqliy va jismoniy faoliyatning almashinib turishini jadval shaklida yozib bering.
Guruhlarda ishlash uchun mashqlar
1-guruh
1 mashq. Oliy nerv faoliyatidagi tormozlanish jarayonlari.
2 mashq. Oliy nerv faoliyatining tiplari.
2-guruh
1mashq. Bolalar va kattalarda EEG(elektroensefalogramma) to‘lqini qanday bo‘ladi?
2 mashq. Nutq, diqqat, xotira, emotsional fiziologik holatlar qanday rivojlanadi?
3-guruh
1 mashq. Bolalarda harakat va psixik ko‘nikmalar qanday rivojlanadi?
2 mashq. Nutqning shakllari va funksiyalarini tavsiflang.
TESTLAR
1. Irsiyat bu ...
A. Organizmning moddiy va funksional xususiyatlarini kelgusi avlodga o‘tishi.
B. Organizmning ko‘payishi.
C. Organizmning tashqi belgilarini ota-onaga o‘xshashligi.
D. Organizmlarning o‘xshashligi.
2. Organizm ichki muhitining doimiyligi nima deb ataladi?
A. Gomeostaz. S. Kuzg‘aluvchanlik
V. Dominantlik. D. Induksiya.
3. Akseleratsiya nima?
A. O‘sish va rivojlanishning tezlashuvi.
B. O‘sish va rivojlanishdan orqada kolish.
C. Tana a’zolarining nomutanosibligi.
D. To‘g‘ri javob yo‘q.
4. Nerv hujayralaridan chiqadigan uzun o‘simtalar kanday nomlanadi?
A. Akson. S. Dendrit
V. Retseptor. D. Neyron
5. Mielin kobig‘ining vazifasi nima?
A. Nerv hujayrasini himoyalovchi maxsus po‘st.
B. Nerv hujayrasidagi taasurotlarni tezlashtirish.
C. Taasurotlarni qabul kilish.
D. Taasurotlarni tarkalib ketmasligini ta’minlash.
6. O‘sish qiz va o‘g‘il bolalarda necha yoshgacha davom etadi?
A. Qizlarda 17-18, o‘g‘il bolalarda 19-20.
V. Qizlarda 14-16, o‘g‘il bolalarda 15-18.
S. Qizlarda 16-20, o‘g‘il bolalarda 18-25.
D. Qizlarda 13-16, o‘g‘il bolalarda 16-18.
7. O‘sish bu...
A. V,S,D, javoblar to‘g‘ri.
V. Tana hujayralarining ko‘payishi.
S. Tirik organizm o‘lchamining ortishi.
D. Buy va og‘irlikning ortishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |