O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_____________B.Kulmatov
2021 yil “ ___________ “
YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI
FANINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 120 000 - Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 511 1400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
512 0100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan tili)
Umumiy o‘quv soati – 60
Shu jumladan:
Ma’ruza – 18 (3-semestr)
Amaliy mashg‘ulot – 18 (3- semestr)
Mustaqil ta’lim soati – 24 (3-semestr)
Toshkent - 2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018 yil “14” - iyundagi 531-sonli buyrug‘ining 10-ilovasi bilan fan dasturi asosida tayyorlangan.
Fan dasturi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 2021 yil “__” avgust “___” -sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
Umarov B. - O‘zDJTU, “Tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti, b.f.n.
Taqrizchilar:
Karimova G. – O‘zMU, “Fiziologiya va neyrobiologiya” kafedrasi dotsenti,
b.f.n.
Mudarisova R.X. - O‘zDJTU, “Tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
O‘zDJTU ingliz tili ikkinchi
fakulteti dekani:
2021 yil “_______” __________________ P.Omanov
(imzo)
“Tabiiy fanlar”
Kafedrasi mudiri:
2021 yil “_______” __________________ X.Xushvaktova
(imzo)
1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Talabalar yosh fiziologiyasi va gigiena fanini o‘rganish jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim:
- o‘sish va rivojlanishning qonuniyatlari, akseleratsiya, ulg‘ayishning davriyligi, jinsiy rivojlanishning bosqichlari, rivojlanishning uzluksizligi va geteroxroniyaning nazariy masalalarini aniq bilishi;
- muayyan nazariy masalalarga oid fikrlarni bayon etishi, ba’zi fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabatini shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- Funksional tizimlar bo‘g‘inlarga bo‘linishini aniq bilishi;
- Avlodlarga genetik belgilarni nasldan naslga o‘tishini genetik mohiyati;
- Nerv tizimi va oliy nerv faoliyati fiziologiyasi va uning yoshga bog‘liq xususiyatlarini bilishi;
- Tayanch-harakat tizimi, ontogenezda suyaklar o‘zgarishining bosqichlarini aniq bilishi;
- Gipotalamo-gipofizar tizim, ichki sekretsiya bezlarining yoshga bog‘liq xususiyatlarini bilishi;
- Qon tizimi, qonning guruhli xususiyatlarini bilishi;
- Qon aylanish mexanizmi va yoshga bog‘liq xususiyatlarini aniq bilishi;
- Nafas olish fiziologiyasi va uning yoshga bog‘liq xususiyatlarini bilishi;
- Ovqat hazm qilish a’zolari, funksiyasi va yoshga bog‘liq xususiyatlarni aniq bilishi;
- o‘z nuqtai nazarini ilmiy asoslab berishi va bulardan amaliy masalalarni echishda foydalana bilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |