O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti Media va kommunikatsiya fakulteti



Download 9,44 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi9,44 Kb.
#582327
Bog'liq
Новый документ (1) 240422200004


O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
Media va kommunikatsiya fakulteti
2-bosqich talabasi
RAVSHANOVA MALIKA ASROR QIZI

Elektron media tilining lingvistik xususiyatlari


Ushbu maqolada mamalakatimizdagi ommaviy axborot vositalari, internet tili va lingvistikasining o‘ziga xos jihatlari atroflicha tahlil etildi. Zamonamiz zayliga qarab tebranayotgan elekton media tilidagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.

Kalit so‘zlar: lingvistik, media, global, tendentsiya, stilistika

Лингвистические особенности языка электронных СМИ

В данной статье проводится подробный анализ специфики СМИ, интернет-языка и языкознания в нашей стране. В статье рассматриваются изменения в языке электронных СМИ.

Ключевые слова: лингвистический, медиа, глобальный, тенденция, стилистика

Linguistic features of the language of electronic media

This article provides a detailed analysis of the specifics of the media, Internet language linguistics in our country. The article deals with changes in the language of electronic media.

Keywords: linguistic, media, global, tendency, style

Bugungi kunda, elektron media tili ko‘plab lingvistlar e’tiborini tortib kelmoqda. Dastavval, elektron media o‘zi nima? degan savollarga javob bersak. Uni ikki qismga bo’lib olsak bo’ladi:


- Elektron ommaviy axborot vositalari (Televideniya, radio);
- Global va internet tarmoqlari (Saytlar, bloglar)
Ommaviy axborot vositalarining tili yuksak obro‘-e’tibor va eng zamonaviy tarqatish vositalariga ega bo‘lib, “axborot jamiyati”da milliy tilning o‘ziga xos modeli rolini o‘ynaydi, adabiy me’yor, til didi va xohish-istaklariga faol ta’sir ko‘rsatadi. N.Volodinaning so‘zlariga ko‘ra: “Bir tomondan, ommaviy muloqot tili o‘ziga xos tarzda adabiy tilni boyitadi, uni baholovchi burilishlar bilan to‘ldiradi, nafis, ko‘pincha aforistik nutqni shakllantiradi”.
Ba'zi ommaviy axborot vositalari, til me'yoriga amal qilmasliklari jargonlarni ko‘payishiga olib keladi. Og'zaki ommaviy axborot vositalarida huquqiy normadan chetga chiqish, adabiy tilni buzilishiga sabab bo‘ladi. Tanganing ikkinchi tomoniga qaraydigan bo‘lsak, aynan elektron media tufayli yangi so’zlar kirib kelmoqda va tilni boyishiga xizmat qilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari tili o‘z mohiyatiga ko‘ra dinamik bo‘lib, ijtimoiy ongdagi barcha o‘zgarishlarga eng tez javob beradi, uning holatini aks ettiradi va uning shakllanishiga ta’sir qiladi. O.V. Aleksandrovaning so'zlariga qaraganda, zamonaviy tilshunoslikda kuzatilishi mumkin bo'lgan til o'rganishga yondashuvlardagi yangi tendentsiyalarni aynan ommaviy axborot vositalari tilida ko'rish mumkin.
Shu sabablar bois, aynan ommaviy axborot vositalari bugungi kunda jadal tarzda ommalashib borayotgan elektron media tili insonlar ongiga tez ta’sir qiladi. Misol uchun, blogerlarni oladigan bo‘lsak. Chet elga borib yangi bir so’zni o‘rganib uni qo‘llasa, kuzatuvchilari ham unga ta’qlid qila boshlashadi. Bu esa shu so‘zni ommalashishiga olib keladi. Tasavvur qilib ko‘radigan bo‘lsak bugungi kunda elektron mediadan foydalanuchilar soni ancha yuqori, bu esa aynan elektron media orqali qo‘llaniladigan so‘zlar ommalashish ehtimoli yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning rivojlanish sur’atiga qaraydigan bo‘lsak kelgusi yillarda elektron mediadan foydalanuvchilar soni ortib borsa boradiki, lekin kamaymaydi. Bu esa elektron media tilining tez ommalashish xususiyati borligini ko‘rsatadi. Shu sababdan bugungi kunda elektron media tili lingvistlar e’ tiborini tortib keladi.
Elektron media tilini o‘rganayotgan lingvistlar avvalo, ularni qismlarga bo‘lib o‘rganishlari o‘rinli bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tganimdek, televizion nutq insonlarning kundalik nutrqiga ta’sir qiladi. Professional tilshunoslar tilning tanazzulga uchrashi, o‘zligini yo‘qotishi haqida tez-tez gapirishadi.
Tilning rivojlanishidagi salbiy hodisalarning sabablaridan biri televizion nutq bilan bog'liq. E'tibor bering, televizion nutq va televizion til tushunchalari tubdan farq qiladi. Televizion til tushunchasi keng ko'lamli bo'lib, u vizual va ifodali vositalardan tashqari, ish jarayonidagi so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Televizion nutq esa - bu shakl, til, boshlovchilar, dastur ishtirokchilari, jurnalistlar nutqi va boshqalar. Televizion nutqda tasvir va matnga katta e'tibor berish kerak, ayniqsa jurnalist uslubiga. Chunki, aynan jurnalist qo‘llayotgan uslub ommaga yetib boradi va ularning ongiga singlib qolishi mumkin.Televizion nutq shakllanar ekan, tarixiy, siyosiy, ijtimoiy, lingvistik tabiatning turli tomonlarini o'zlashtiradi.
Ulardan keyingisi bu radio. Radioda uzatilayotgan eshtirish biror bir janrga taaluqli bo‘lishi lozim. Nutqning har bir lingvistik va stilistik tuzilmalaridan, muloqotning turli daqiqalarida til vositalaridan foydalanish qonuniyatlarini bilish, stilistik va nutq hodisalariga funktsional va tizimli yondashuvni qo‘llash qobiliyati til vositalaridan to'g'ri foydalanishga imkon beradi.
Til me’yori muxbir, kuzatuvchi, sharhlovchi, muharrir, eshittirish va teleboshlovchi nutqida aks etishi, ko‘rsatuvlar matni ustida ishlash tinglovchi va tomoshabinlarning nutq madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, radioda diktor nutqiga alohida e’tibor berish lozim. Televideniyada ovoz-ko’rinish faktorlari mavjud bo‘lsa, radioda faqat ovoz faktori bor. Shu boisdan, radioda asosiy e’tiborni matnga qaratish lozim.
Til birliklari va stilistik vositalardan foydalanishda dolzarblik va maqsadga muvofiqlik tamoyiliga amal qilgan holda, til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ham unutmaslik kerak. Nutq madaniyati, eng avvalo, fikrlash madaniyatidir. Bu nafaqat radio boshlovchida balki, barcha mutaxassislarda bo‘lishi kerak. Yuqori nutq madaniyati ko'p jihatdan ma'lum lingvistik va stilistik hodisalarga ongli ravishda yondashish qobiliyati, radio va televideniya eshittirishlarining mazmuni va butun tuzilishini hisobga olgan holda ma'lum bir kontekstda tanlangan til vositalarini tahlil qilish qobiliyati bilan belgilanadi.
Yana bir bugunga kelib rivojlanib borayotgan elektron media tillardan biri bu internet tilidir. Xo‘sh, internet tili bu xalq tilimi? Internet o'z foydalanuvchilarining asosiy e'tiborini ular ishlatadigan til vositalariga qaratishga harakat qiladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilarning o'zlari, tashrif buyuruvchilar yoki "virtual shaxslar" nafaqat butun Internet makonini yaratadilar, balki buni sezmasdan ham ushbu ijtimoiy qatlam muloqot qiladigan Internet tilini o'ylab topadilar.
Nima sababdan, internet o‘z foydalanuvchilariga o‘zlari ishlatadigan tildan foydalanishlariga imkon beradi. Birinchidan, bu qulaylik beradi. Ya’ni foydalanuvchi o‘zini qulay his qiladi va atrofidagi insonlar so‘zlashayotgan til unga yaqinlik hisini beradi. Bu esa internet tarmoqlaridan foydalanuchilar sonini oshib borishiga xizmat qiladi. Ikkinchidan axborot olish qulayligi va tezligidir. Internetdagi nutq ko'p jihatdan o'z xususiyatlariga ko'ra so'zlashuv nutqiga o'xshaydi.
Elektron media tili va uni xususiyatlarini o‘rganayotganda uni qismlarga bo‘lib o‘rganish lozim. Boisi, elektron media tili tez rivojlanib bormoqda va ommaga ongida tez o‘rnashib qolmoqda. Televideniya, radio va internet tillari bir oila bo‘lgani bilan, ular turlicha. Har birini o‘ziga xos nozik jihatlari bor.
Download 9,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish