Hind tilshunosi Panini o`zigacha bo`lgan davr tilshunoslarining qo`lga kiritgan yutuqlarini umumlashtirib, ulardan foydalangan holda klassik sanskritning (qadimgi hind adabiy tilining) eng mashhur grammatikasini yaratdi. Uning ushbu asari «Ashtadxyan» nomi bilan ataladi. Panini grammatikasi to`rt mingga yaqin (3996 ta) qisqa va lo`nda she`riy usulda yozilgan, osonlik bilan esda qoladigan qoidalarni (sutr) o`z ichiga oladi. Panini grammatikasi sof empirik va tasviriy xarakterga ega bo`lib, unda sanskrit (qisman Veda) tilining fonetikasiga, morfologiyasiga, so`z yasalishi va sintaksisiga oid fikrlar jamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |