O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axmamat jumayev, surayyo sharipova ijtimoiy pedagogika



Download 440,66 Kb.
bet56/112
Sana14.04.2023
Hajmi440,66 Kb.
#928516
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lsalarda, ularning ta’lim-tarbiyasi buzilgan bo‘ladi. Ular o‘z tengdoshlaridan o‘qishda ortda qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur va tasavvur hislari yetarlicha yaxshi rivojlanmagan. Garchi ular o‘zlari uchun qiziqarli narsani bajarishsa ham mehnat qilishni yoqtirishmaydi, o‘zlarini biror ishni bajarishga majbur qila olmaydilar, muntazam shug‘ullanish ular uchun nihoyatda og‘ir yumush bo‘lishi mumkin. Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar maktab intizomi va tartibini buzishadi, o‘qishni xohlashmaydi, o‘qituvchilar, tengdoshlar, ota-ona bilan nizolashadilar, maktabni tashlab ketadilar, o‘zlarini “omadsiz” deb bilishadi, daydilik qilishadi, spirtli ichimlik va giyohvand moddalar iste’mol qilishadi, huquqbuzarliklar sodir etishadi. Ba’zan o‘smirlar jismoniy yoki jinsiy zo‘rlik oqibatida o‘z jonlariga qasd qilishadi.
O‘smirlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy pedagogik hodisa bo‘lib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligi, maktabdan tashqari tarbiya ishning qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilganligi natijasidir. Amaliyotda isbotlanganidek, atrof-muhitning ijtimoiy pedagogik darajasi, yo‘nalishlari o‘smirga ta’sir qilish jihatidan turlicha bo‘ladi. Oila, maktab, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarda bola tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar nazorat qilinsa-da, ko‘cha-ko‘yda ularni boshqarish ancha murakkab bo‘ladi. Bu tarbiya jarayonida aks etmasligi mumkin emas. Chunki o‘smirlar bo‘sh vaqtlarining aksariyatini aynan ko‘chada o‘tkazishadi. U yerda ularda muloqot, ya’ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlardan biri shakllanadi. O‘quvchilar uchun asosiy faoliyat o‘qishdir. Biroq tarbiyasi og‘ir o‘smirlar uchun o‘qish o‘qituvchilar va tengqurlarining hurmatini qozona olish vositasi emas. Shuning uchun ular o‘zlariga muhim bo‘lgan faoliyatni maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan shu yerda, o‘zi kabi o‘smirlar davrasida, ularga yomon xislatlar va qo‘polliklari uchun tanbeh berishmaydi, aksincha, bu kamchiliklarni “kattalik alomati” deb bilishadi.
Biroq hozirgi kunda, bolalar bilan birgalikda ijtimoiy ish olib borish amaliyoti maktabda, yashash joylarida va mahallalarda paydo bo‘lmoqda. Bu faoliyat tuman, mahalla hamda maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishning yagona rejasi bo‘yicha barcha ijtimoiy xizmatlarni bolalar tarbiyasi va himoyasi muammosini yechish uchun birlashtiradi. Yagona reja bo‘yicha ish yuritish maktab pedagogik jamoasining faoliyatini tubdan o‘zgartiradi. Pedagoglar maktabdan tashqari bolalar muassasasi, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari faoliyatiga qo‘shilishadi va ular bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradilar.
Bu faoliyatda asosiy e’tibor bolaga qaratiladi, shuning uchun ham pedagoglar jamoasi faoliyati maktab devorlari ichida qolib ketmaydi. Ular bolaga, oilasiga, bolalar birlashmalariga va tengdoshlar muhitiga murojaat qilishadi.
Tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog maktab va maktabdan tashqari jamoaning ular xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganadi. Ijtimoiy pedagog bunday bolalar bilan ish olib borishda yaxshi natijalarga erishish uchun bir qator shartlarni bajarishi lozim:

  • o‘smir bilan aloqa o‘rnatish;

  • o‘smir bilan o‘zaro yaxshi munosabatlarni o‘rnatish;

  • uning reaksiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalarini o‘rganish.

Bu borada psixolog A. B. Filonov tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya ham samarali hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogning o‘smir bilan aloqasining bir nechta bosqichlari ko‘rsatilgan:

  • qarashlarida mamnunliklarning to‘planishi;

  • uning qiziqishlarini bilib olish;

  • xarakteridagi salbiy xususiyatlarning sabablarini tushunish;

  • uning shaxsiyatidagi salbiy xislatlarini o‘rganish;

  • yurish-turish va o‘zaro munosabatning umumiy me’yorlarini ishlab chiqish.

Yu.V.Vasilkova tarbiyasi og‘ir o‘smirning tarbiyasiga bosqichma-bosqich yondashuvni ilgari suradi:

Download 440,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish