O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axmamat jumayev, surayyo sharipova ijtimoiy pedagogika



Download 440,66 Kb.
bet50/112
Sana14.04.2023
Hajmi440,66 Kb.
#928516
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Maslahatchi - oilaga ota-onalar va bolalarning o‘zaro ta’sirining muhimligi haqida gapirib beradi, bola tarbiyasi bo‘yicha pedagogik maslahatlar beradi.
Konsultant - oila qonunchiligi masalasi bo‘yicha maslahat beradi, mavjud tarbiya metodlarini ma’lum qiladi, oilada bolaning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish usullarini tushuntirib beradi.
Himoyachi - bola ota-onalari tomonidan (giyohvand, aroqxo‘r, bolalarga yomon munosabat) to‘liq degratasiyaga duch kelganda, bolani himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogning oiladagi asosiy faoliyatini ijtimoiy pedagogik yordam tashkil qilib, bu yordam ta’limiy, psixologik va vositachilik ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik yordamning tarkibiga ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ikki yo‘nalishi kiradi: ta’lim olishda va tarbiya olishda yordam ko‘rsatish.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat quyidagi masalalar bo‘yicha ota-onalarni har tomonlama o‘rganishni ko‘zda tutadi:

  • ota-onalarning bo‘lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-biologik tayyorgarligi;

  • bolalarda tengdoshlariga nisbatan adekvat munosabatni shakllantirishda ota-onaning o‘rni;

  • bola tarbiyasida shaxsiy namuna va “ota-ona” ijtimoiy maqomining ahamiyati;

  • oilada turli avlodlarning o‘zaro munosabati;

  • oilada bolalarga pedagogik va psixologik ta’sir qilish usullari, bolalar va kattalar orasida ijobiy munosabatlarning shakllanganligi.

Tarbiyada yordamlashish ijtimoiy pedagog tomonidan, avvalo, ota-onalarga maslahat berish, shuningdek, bola bilan maxsus tarbiyaviy vaziyatlar yaratish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogik yordamning psixologik yo‘nalishi ikki komponentdan iborat: ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va korreksiya (to‘g‘rilash) qilish.
Ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash oilada qisqa muddatli inqiroz davrida, oila a’zolari turli shakldagi stress holatlarini boshdan kechirayotganlarida amalga oshiriladi. Buning uchun ijtimoiy pedagogning qo‘shimcha psixologik ma’lumoti bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, bu ishni psixolog va psixoterapevtlar ham bajarishlari mumkin. Agar qo‘llab- quvvatlash kompleks tarzida amalga oshirilsa, u nihoyatda samarali bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy pedagog oiladagi shaxslararo munosabatlarni, oilada bolaning tutgan o‘rnini, oilaning jamiyat bilan aloqasini tahlil qilish orqali muammoni o‘rganadi, psixolog esa psixologik testlar va boshqa metodlar vositasida oila a’zolarini nizoga olib keluvchi ruhiy holatlarni aniqlaydi, psixiatr esa davolash bilan shug‘ullanadi.
Shaxslararo munosabatlarning pedagogik va psixologik korreksiyasi, asosan, oilada bolaga nisbatan ruhiy zo‘rlik bo‘lganda qo‘llaniladi. Ruhiy zo‘rlik bolaning asab-ruhiy va jismoniy holatining buzilishiga olib keladi. Yaqin-yaqingacha bu hodisaga yetarli darajada e’tibor berilmagan. Bunday zo‘rlikka bolani qo‘rqitish, uni haqorat qilish, g‘ururini poymol qilish, ishonchini oqlamaslik kabilar kiradi.
Ijtimoiy pedagog oiladagi munosabatlarni shunday korreksiyalashi lozimki, bunda oilada tartib va intizomni ta’minlashga qaratilgan barcha choralar “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” talablariga asoslanishi lozim. Psixoterapiyadan farqli o‘laroq, korreksiya oila ichidagi nizolarni ochib ko‘rsatadi. Uning maqsadi oila a’zolariga, ular o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga, muvozanatlashtirishga ko‘maklashishdir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi yalpi yig‘ilishida 1994 yildan boshlab 15 mayni “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlashga kelishilganligini o‘zi ham bu masalani xalqaro miqiyosida qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat berib turibdi. Barcha davrlarda ham davlat va jamiyat g‘amxo‘rligi oilalarning mustahkamligi va tinchligiga asos bo‘lgan. Shu bois mamlakatimizda 1998 yil “Oila yili”, 2012 yil “Mustahkam oila yili”, 2016 yil “Sog‘lom bola va ona yili” deb e’lon qilinganligi hamda Respublikamizda oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2018 yildagi PQ-3808-son qarori bilan uning ustuvor vazifalari va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlanishi, shuningdek, 2019 yildan boshlab har yili 15 mayda mamlakatimizda Xalqaro oila kuni nishonlanishi davlatimzdagi oilaviy muhit va uni mustahkamlash uchun qilinayotgan amaldagi sa’y-harakatlarning yaqqol na’munasidir1.
Oila ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini ta’minlaydigan, kelajak nasl qanday bo‘lib yetishishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan ijtimoiy makon va pedagogik omil vazifasini o‘taydi. Inson oilada shakllanadi. Oila muhabbat, hurmat, birdamlik va mehribonlik manbai. Aynan shu qadriyatlarga har bir rivojlangan jamiyat suyanadi.





Download 440,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish