O’zbekiston boshqa davlatlar singari global axborotlashgan jamiyatni



Download 21,9 Kb.
Sana26.02.2020
Hajmi21,9 Kb.
#40898
Bog'liq
Салохиддин кириш

Kirish
O’zbekiston rivojlanayotgan davlatlar singari o’z taraqqiyotining yangi istiqbollari,yangi strategiyasini belgilamoqda, ya’ni bozor iqtisodiyoti o’tishning yangi davrida,yangilanish, yangi hayotga qadam qo’ygan bir paytda o’zini har tomonlama rivojlantirishga bor kuchi bilan intilmoqda.Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o’rinni egallashi uchun qo’ldan kelgancha imkoniyat darajasida o’z faoliyatini olib bormoqda.Birinchi Prezidentimiz boshlab bergan yo’lni muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich yuksak tarzda davom ettirmoqdalar.

O’zbekiston boshqa davlatlar singari global axborotlashgan jamiyatni


shakllantirishda faol ishtirok etmoqda. Mamlakatimizning uzoq muddatga
mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategik rejasi axborotlashtirilgan
jamiyat sari harakat qilishga, uni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish
va amalga oshirishga yo’naltirilgan. Bunday strategiya O’zbekistonni dunyo
iqtisodiy hamjamiyatiga teng huquqli hamkor sifatida integrasiyalashuviga
imkon yaratadi. Bu strategiyaga asosan iqtisodiyotni raqamli tizimga o’tkazish va u orqali butun jahon iqtisodiyotiga qo’shilishdan iborat.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil sarhisobi bo’yicha hukumat rahbarlari,turli mutassaddilar, xokimiyat va boshqa organlari yetakchilari bilan birgalikda yil sarhisobini o’tkazishdi.Bunda yurtboshimiz tomonidan 2019-yilda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar qattiq tanqid ostiga olindi.Kelgusida bunday kamchiliklar yuzaga kelmasligi, va uning oldini olish maqsadida tuli xil topshiriqlar berib o’tdi.Shu yo’sinda 2019-yilda erishilgan yutuqlar hamda ba’zi bir iqtisodiy ko’rsatkichlar tilga olindi. Jumladan,2019-yilda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 4.2 mlrd dollarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 3.1 mlrd dollarga yoki 3.7 barobar o’sdi.investitsiyaning YAIMdagi ulushi 37%ga yetdi.Iqtisodiy o’sish esa 5.6%ni tashkil etdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi esa 6.6%ga, eksport hajmi 28%ga ko’paydi.Oltin valyuta zaxiralarimiz 2.2mlrd dollarga ortib, 28.6 mlrd dollarga yetgani ta’kidlandi.

Yurtboshimiz tomonidan soliq islohotlari alohida tilga olindi.Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1.5 barobarga kamaytirildi,natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko’paydi. Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) stavkasi 20% dan 15% ga tushirildi,buning hisobidan soliq to’lovchilar ixtiyorida 2 trln so’m qoldi,istiqbolda esa bu raqam 11 trln so’mni tashkil etilishi kutilmoqda.Islohotlarimiz natijasida 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobarga ko’p tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.

Yig‘ilishda 2019-yilda yo‘l qo‘yilgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, 2020-yilga belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, mas’ul ijrochilar va muddatlarni belgilab olish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, bevosita joylarga borib, ularning ijrosini tashkil qilish va doimiy nazoratni ta’minlash kerakligi aytib o‘tildi.

Investitsiya dasturidagi infratuzilma obyektlarini qurish va ishga tushirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish, transport, ayniqsa, temir yo‘l va aviatsiya sohasida boshlangan islohotlarni jadallashtirish vazifasi qo‘yildi.

Qurilish-pudrat va loyiha bozorini tartibga solish, bu bozorda erkin raqobat muhitini va zamonaviy shaharsozlik me’yorlarini joriy etish, qurilishni arzonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti sohasidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiyani pasaytirish, narx-navoni shakllantirishni to‘liq bozor munosabatlariga o‘tkazish, erkin raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, iste’mol tovarlarni, ayniqsa, oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va xarajatlarni kamaytirish orqali narx-navoning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

O‘zbek xalqida tadbirkorlik tashabbuslarini oshirish, boqimandalik kayfiyatidan xalos etish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Mamlakatimizda qulay biznes muhitini yaratish, jumladan, soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish, axborot texnologiyalarini keng qo‘llash va inson omilini maksimal qisqartirish zarurligi ta’kidlandi.

Tashqi savdo va investitsiya borasidagi ishlarni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va xorijiy kreditlarni samarali ishlatish, ularni aniq natija beradigan loyihalarga yo‘naltirish, investorlar bilan manzilli ishlashni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish, eksportning tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, yangi bozorlarga chiqish uchun tashqi savdoni tubdan takomillashtirish talab etiladi. Bojxona, standart, karantin kabi sohalarni isloh qilib, ularni tadbirkorga ko‘makchiga aylantirishni taqozo etadi.

O‘zbekiston temir yo‘llari o‘zining 25 yillik tarixi davomida murakkab
shakllanish va jadal rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi va bugungi kunda yurtimizning barcha mintaqalarini ishonchli bog‘lash uchun bamisoli qon tomirlari kabi hayotiy zarurat bo‘lgan temir yo‘l transporti komunikatsiyalarining mustaqil,yagona va yaxlit tizim sifatida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.Agarki mana shunday temir yo‘llar bo‘lmasa, biz qanday hayot kechirishimiz, iqtisodiyotimizni qanday rivojlantirish mumkinligini tasavvur qilishning o‘zi ham qiyin bo‘lardi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo‘yichyuklarning 60% foizdan ziyodi, yo‘lovchilarning esa 75% foizdan ortig‘ini temir yo‘ltransporti orqali tashilmoqda.O‘zbekiston temir yo‘llari transmintaqaviy transport karidorlarining eng muhimbo‘g‘ini sifatida alqaro temir yo‘llar tashuvi tizimida munosib o‘rin egallamoqda

2019-yil 4-7-iyun kunlari poytaxtimiz Toshkentda Temir yoʻl Hamkorlik tashkiloti Vazirlar kengashining 47-sessiyasi boʻlib oʻtadi.

Unda xalqaro tashkilotga aʼzo boʻlgan 27ta davlat, chunonchi Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Ukraina, Moldova, Belarus, Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, Ozarbayjon, Eron, Afgʻoniston, Moʻgʻuliston, Xitoy,Vyetnam, KXDR, Janubiy Koreyaning transport vazirlari hamda temir yoʻl rahbarlari ishtirok etadi.

Shuningdek, tadbirda Xalqaro temir yoʻl tashish hukumatlararo tashkiloti, Xalqaro transport federatsiyasi, Xalqaro temir yoʻl transporti qoʻmitasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining ichki transport qoʻmitasi kabi qator nufuzli xalqaro tashkilot vakillari ham qatnashadi.

Xalqaro anjumanning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – Sobiq Transport vaziri Achilboy Ramatov ishtirok etadi va nutq soʻzlaydi.

Sessiyada yigʻilish ishtirokchilariga Temir yoʻl Hamkorlik tashkilotining 2018-yilgi faoliyati, tashkilot komissiyasining transport siyosati va rivojlanish strategiyasi boʻyicha olib borilgan ishlar xususida maʼlumotlar taqdim etiladi. Qolaversa, 2020-yilga belgilangan loyihalar rejasi ham ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 3 kun davomida davlatlararo tashuvlarning hozirgi holati, hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirish, sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, yangi tranzit yoʻlaklarni joriy etish, tarif siyosati yoʻnalishlarida muzokaralar olib boriladi.

Maʼlumot uchun: Temir yoʻl Hamkorlik tashkiloti 1956-yilda tashkil etilgan boʻlib, unga 29ta davlat aʼzo hisoblanadi.



Bitiruv malakaviy ishimning obyekti bo‘lib – “O’ztemiryo’lmashta’mir” AJ

Bitiruv malakaviy ishimning maqsadi bo‘lib, Tеmir yo`l transpоrti kоrxоnasida tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotishni hisobi va tahlili va shunga oid xulosa va takliflar berishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishimning o‘rganish predmeti bo‘lib, korxonada tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotishni hisobi va tahlilini ko’rib chiqishdan iborat.

Bitiruv malakaviy ishinining tuzilmasi kirish, uchta bob, xulosa va takliflardan iborat bo`lib:Birinchi bob - Korxonaning asosiy moliyaviy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili, unda korxonaning 3 yillik iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlari tahlili keltiriladi.

Ikkinchi bob – Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari hamda sotishning buxgalteriya hisobi keltirilgan.



Uchinchi bob - Korxonada tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish hisobini takomillashtirish masalasi ko’rib chiqiladi.

Bitiruv malakaviy ishining so`nggida o`rganilgan va tahlil qilingan ma`lumotlar asosida korxona faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha xulosa va takliflar keltirilgan.
Download 21,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish