YECHIMI
Oʻsimlik → quyon → tulki
100 t → 10 t → 1 tonna
1000 kg hamma tulkilarni massasi 1 tasini massasi 10 kg ortgan boʻlsa
1000 / 10 = 100 ta tulki
Javob: 100 ta
1. Tuproq – edafik omillar (yunoncha «edaphos» – yer, tuproq) tirik organizmlar hayoti va tarqalishiga ta’sir ko‘rsatuvchi tuproqning xossalaridir. Edafik omillarga asosan tuproqning organik moddalar bilan belgilanadigan xossalari: kimyoviy tarkibi, strukturasi, suv rejimi, havo va harorat me’yori misol bo‘ladi.
Tuproq Yer qobig‘ining o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, tog‘ jinslari o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan va o‘zgaradigan yuza 64
qismi hisoblanadi. Tuproqshunoslik faniga rus olimi V.V. Dokuchayev asos solgan.
V.V. Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi beshta asosiy omillarni ko‘rsatib bergan: geologik omillar (tog‘ jinslari); iqlim omillari, topografik omillar (relyef); tirik organizmlar; vaqt (geologik yoshi). Tuproqning hosil bo‘lishi va shakllanishida mineral tog‘ jinslarining yemirilishini ta’minlovchi tirik organizmlar – mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Tuproqda xilma-xil mikroorganizmlar (bakteriyalar, bir hujayrali suvo‘tlar), zamburug‘lar, umurtqasiz hayvonlar (chuvalchanglar, molluskalar, hasharotlar va ularning lichinkalari), umurtqali hayvonlar (yumronqoziq, yerqazar, krot) yashaydi.
2.
Xlamidomonadaning sporalar orqali ko‘payishi
Jinssiz ko‘payishga xos xususiyatlar: ko‘payishda faqat bitta ona organizm ishtirok etadi, somatik hujayralar yordamida amalga oshadi, mitoz jarayoniga asoslangan, hosil bo‘lgan yangi organizm ona organizmning genetik jihatdan aynan nusxasi bo‘ladi.
xlamidomonada kabi suvo‘tlari, sporalar orqali ko‘payadi. Sporalar mitoz usulida hosil bo‘ladigan gaploid hujayralar bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi.
16- bilet.
1.Poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarga nisbatan qanday moslanishlar shakllangan.
2.Biosferaning tarkibi.
3.Jadvalni to’ldiring.
Organizmlar
|
Aromorfozlar
|
Idioadaptatsiyalar.
|
Sudralib yuruvchilar
|
Terisi quruqlashishi ,ichki urug’lanish tuxumning qattiqligi.
|
cho‘lda yashaydigan toshbaqa, kaltakesak, ilonlar qum rangida bo’lishi.
|
Qushlar
|
Nerv sistemasi va sezgi organlari kuchli taraqqiy etgan,uchishga moslashgan.
|
kakku qush boshqa qushlar singari in qurmaydi va tuxumini mayda qushlar – qorayaloqlar, jiblajibonlar, bulbul, sirchumchuqlarning inlariga qo‘yishi.
|
Sutemizuvchilar
|
Oliy nerv faoliyati,bachadonda embrionning rivojlanishi
|
Yevropaning o‘rta mintaqasida yashovchi tulki, tovushqon, kuropatka, gornostay qishda bir, yozda ikkinchi xil rangda bo‘ladi. Hasharotxo‘rlar turkumiga mansub hayvonlarning ba’zilari quruqlikda, suvda yoki yer ostida yashashga moslashganligi ham idioadaptatsiyaga misoldir
|
1. Termoregulatsiya jarayoni usullariga hamda harorat omiliga moslanish darajasiga ko‘ra organizmlar ikki guruhga: poykiloterm (sovuqqonli) va gomoyoterm (issiqqonli) organizmlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |