ahamiyati.
Har bir shaxs o„zining kundalik faoliyatida bir qancha odamlar bilan
uchrashadi, ular bilan muomalada bo„ladi. Ularning ba‟zilari shaxsga yoqimli,
hayajonli ta‟sir o„tkazadi, ba‟zilari esa, aksincha bunday xususiyatga ega
bo„lmaydi. SHuning uchun xam shaxs o„zini ba‟zilarga yaqin tutadi,
ba‟zilardan olib qochadi.
SHaxs turmushdagi voqea-hodisalarga, turli-tuman fakt va predmetlarga
ham bir xilda munosabatda bo„lavermaydi. Ularning ba‟zilari shaxsni
o„ylatadi, his-hayajonga soladi, uni qiziqtiradi, ba‟zilariga nisbatan esa shaxs
beparvo munosabatda bo„ladi.
Ba‟zi ta‟sirotlar shaxsga huzur-halovat bag„ishlaydi, uning ruhini
tetiklashtiradi, kayfiyatini yaxshilaydi, ayrimlari esa shaxsga noxush ta‟sir
qiladi va unda turli-tuman ruhiy kechinmalarni vujudga keltiradi. Ayrim
shaxslarning nojo„ya qiliqlari boshqalarda antipatik hislarni qo„zg„aydi,
g„azabini keltiradi.
Mustaqillik davrining psixologiyasi, uning o„ziga xosligi va ahamiyati
jamiyatimiz a‟zolaridagi yuksak axloqiy insoniy fazilatlar- mehnatsevarlik,
insonparvarlik, baynalminalchilik, jamiyat baxt-saodati yo„lidagi halol
mehnat, jamoatchilik, ijtimoiy va shaxsiy hayotda halollik, rostgo„ylik,
oddiylik, kamtarlik kabi sifatlar bilan bevosita xarakterlanadi.
Inson o„zini o„rab olgan sotsial muhitda yashaydi va harakat kiladi. U
har qanday ehtiyojga muhtojdir va uni qanoatlantirishga (qondirishga)
intiladi. Tevarak-atrofdagi muhitdan har xil axborotlar (informatsiyalar) qabul
qiladi va o„zini shunga muvofiqlantirishga harakat qiladi. Dunyodagi real
obrazlarni miyasida ongli shakllantirishga kirishadi, shunga qarab o„zining
shu muhitda qanday harakat qilish kerakligi to„g„risida, u yoki bu voqeaga
qanday yondashish uchun rejalar tuzadi. O„zining oldiga qo„ygan
maqsadlarini o„z harakat natijalariga solishtirib ko„radi, o„z boshidan juda
katta hissiy (emotsional) holatni kechiradi. Hayot faoliyatidagi ba‟zi
kamchilik va xatoliklarni to„g„rilash yo„llarini axtaradi. Buning uchun
uylaydi, fikr yuritadi, hayajonlanadi. Ba‟zan o„zini tuta olmay pessimizmga
berilib ketadi. Nihoyat, o„zini tutib oladi, o„z oldiga qo„ygan maqsadga
erishishiga butun kuchini qaratadi.
Mana shu holatlarning hammasi kishining psixik faoliyati hisoblanadi.
Ana shu psixik faoliyat qonunlarini o„rganuvchi fan psixologiyadir.
Psixologiyaning o„z oldiga vazifa qilib qo„yadigan muammolari juda
xilma-xil bo„lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash,
uning rivojlanish yo„llarini aniqlash, har bir psixik protsessning asosida
qanday mexanizm borligi, uning o„zgarish jarayonlarini ochib berish
masalalarini o„rganadi. Psixologiya psixik faoliyatning u yoki bu sharoitda
qanday ro„yobga chiqqanligini o„rganish bilangina shug„ullanib qolmasdan,
bu jarayonlarni qanday boshqarib borish masalalarini ham ilmiy asosda
o„rganadi. SHuning uchun ham ilmiy psixologiya boshqa barcha
o„rganilayotgan predmetlar orasida eng asosiy fanlardan hisoblanadiki, uning
jamiyat rivojlanishi bilan ahamiyati yanada ortib va takomillashib boraveradi.
Inson jamiyat a‟zosi sifatida, doimo turli guruh va jamoalarning vakili
sifatida ularning ta‟siri ostida bo„ladi. YA‟ni, har bir shaxsning xarakterida,
xatti-harakatlarida u mansub bo„lgan millat, xalq, professional toifa, jamoa va
oilaning ijobiy yoki salbiy ta‟siri bo„ladi. Tarixiy shart-sharoit, davr, davlat
tuzumi va o„sha jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ta‟sirlar uning
dunyoqarashi, fikrlash tarzi, tafakkurida o„z aksini topadi. Bunday
ta‟sirlarning ikki xili mavjud:
1. Makro bosqichdagi ta‟sirlar yoki keng ma‟nodagi ijtimoiy-ma‟naviy,
siyosiy hamda iqtisodiy muhit ta‟sirlari.
2. Mikro bosqichdagi ta‟sirlar yoki bevosita inson bolasi tug„ilib
o„sadigan oila, ta‟lim va tarbiya maskanlari, mehnat jamoasi, mahalla va
do„stlar muhitidagi ta‟sirlar.
Bir qarashda yoshlar xarakterini ikkinchi bosqich ta‟sirlargina
belgilaydiganday tuyuladi. CHunki, «Qush uyasida ko„rganini qiladi»,
deganlaridek, ayniqsa, o„zbekchilikda odamning oilasi, nasli-nasabi,
mahallasi, ta‟lim olgan bilim dargohiga katta e‟tibor beriladi va bunday
munosabat hayotda o„zini oqlaydi ham. Lekin makro bosqichdagi ta‟sirlarning
ahamiyatini ham kamsitish to„g„ri bo„lmaydi. Masalan, sho„rolar tuzumi
jamiyat a‟zolarining mute, tobe, ixlossiz, ba‟zi bir jihatdan iymonsiz bo„lib
kamol topishiga zamin yaratganki, bunga asosan o„sha muhitdagi nosog„lom,
inson qadrini erga uruvchi iqtisodiy siyosat, kommunistik ideologiya sabab
bo„lgan. Umuman, tarixdan ham ma‟lumki, qaysi davlat va mamlakatni
olmaylik,
bosqinchilik
siyosati
yurgizilgan
jamiyat
odamlarining
psixologiyasi mustaqil yurt fuqarolari psixologiyasidan keskin farq qiladi.
Mustaqillik psixologiyasi shundayki, unda har bir fuqaro, har bir yosh
avlod o„zining erkin fikri mustaqillik tafakkuri bilan o„zi va o„zgalar manfaati
haqida birday qayg„uradi, chunki keng dunyoqarash yoki tinimsiz izlanishsiz
na bir shaxsning, na jamoaning biri ikki bo„lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |