O`zbekiston avtomabilsozligi 2021-yilda mamlakat bo‘ylab 691,9 mingta avtotransport vositalari oldi-sotdisi amalga oshirilgan. Bu 2020-yilga nisbatan 12 foizga ko‘proq hisoblanadi. Shundan 194,4 mingtasini yengil avtomobillar tashkil etgan. Shuningdek, o‘tgan yilda O‘zbekistonda jami 13 mingta “inomarka” sotilgan va ularning yarmidan ko‘pi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelgan. 2016-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida avtomobilsozlik sanoati sohasida salmoqli natijalarga erishildi. Jumladan, avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga o‘sib, 280 mingtaga yetkazildi; avtomobillar xarid qilinishida uzundan uzun navbatda turishlar yo‘qotildi; sohaga “halollik vaksinasi” tatbiq etilib, chuqur ildiz otgan korrupsiya amallariga barham berildi; raqobatni kuchaytirish maqsadida mamlakatimizga eng yirik jahon brendlaridan Germaniyaning Folksvagen avtomobillari Jizzax viloyatida ishlab chiqarila boshlandi. tashqi savdo Valyuta bozorini liberallashtirilgani, davlat tomonidan avtosanoat sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator shart-sharoitlar yaratilib berilganligi, xorijiy davlatlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qilinayotgan sa’y harakatlar natijasida, avtosanoat sohasidagi tashqi savdo dinamikasi 2016–2020 yillar oralig‘ida jadal rivojlandi. 2016-2020 yillarda “O‘zavtosanoat” AJ korxonalarining eksporti 639,5 mln dollarni tashkil qildi. Statistik tahlillarga ko‘ra, 2016 yilda 55,1 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, o‘tgan yili bu qiymatni 208,9 mln dollargacha ko‘tarishga erishildi va bunda o‘sish 4,1 barobarni tashkil qildi Xususan, o‘tgan yil mobaynida 170,7 mln dollarlik yengil avtomobillar (18 552 dona), 14,4 mln dollarlik avtobuslar (217 dona) va 11,9 dollarlik yuk mashinalari (780) eksporti amalga oshirildi. 2020 yilda Qozog‘istonga 168,6 mln dollarlik, Ozarbayjonga 7,2 mln dollarlik, Afg‘onistonga 5,7 mln dollarlik, Qirg‘izistonga 4,9 mln dollarlik va Rossiya Federatsiyasiga 3,6 mln dollarlik avtotransport vositalari eksport qilingan. Xususan, o‘tgan yil mobaynida 170,7 mln dollarlik yengil avtomobillar (18 552 dona), 14,4 mln dollarlik avtobuslar (217 dona) va 11,9 dollarlik yuk mashinalari (780) eksporti amalga oshirildi. 2020 yilda Qozog‘istonga 168,6 mln dollarlik, Ozarbayjonga 7,2 mln dollarlik, Afg‘onistonga 5,7 mln dollarlik, Qirg‘izistonga 4,9 mln dollarlik va Rossiya Federatsiyasiga 3,6 mln dollarlik avtotransport vositalari eksport qilingan. Yurtimizning avtosanoat sohasida amalga oshirgan tashqi import qiymatlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, 2020 yil mobaynida jami 1 838,3 mln dollarlik avtotransport vositalari import qilindi, bu esa o‘z navbatida 2016 yilga nisbatan import hajmi 2,1 barobarga oshganini ko‘rsatib bersa, 2019 yilga nisbatan 13 foizga kamayishga erishilganini tasdiqlaydi. Etiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |