O’zbеkiston aloqa va axborotlashtirish


ADABIYOTLAR.......................................................................................328



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/292
Sana18.02.2022
Hajmi2,51 Mb.
#456589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   292
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

 
ADABIYOTLAR.......................................................................................328 
 
 



KIRISH 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to’g’ri va izchil 
iqtisodiy siyosat natijasida ahamiyatli ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. 
Jumladan, milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimdan meros bo’lib qolgan bir tomonlamalik va 
inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, 
makroiqtisodiy va Moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va 
uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining 
tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, 
rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o’zgarishlar qilinib, Jamiyat 
a’zolarida milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi shakllandi. Bugungi kunda 
iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish 
va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilmoqda. 
Jamiyatda ro’y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal 
qilishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish va 
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini 
tushunish uchun zarur bo’lgan ko’nikma hamda bilimlarni berishda 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh 
avlodda bunyodkorlik g’oyalarini shakllantirish, ma’naviy dunyoqarashini 
kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni 
bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormokda. Zero, 
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, «hozirgi davrda, xalqaro 
maydonda turli siyosiy manfaatlar to’qnashayotgan murakkab bir 
sharoitda faqat o’z fikri, o’z hayotiy pozitsiyasiga ega bo’lgan xalq va 
jamiyat yengilmas kuchga aylanib, o’z kelajagini o’z qo’li va aql-zakovati 
bilan qurishga qodir bo’ladi». 
Ayni paytda Prezidentimiz asarlaridan, ayniqsa Oliy Majlis 
qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida qilgan 
ma’ruzalaridan bizga shu narsa ma’lum bo’lib turibdiki, erishilgan 
yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o’z yechimini topmagan 
muammolar, hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalar ham mavjud. Ko’pgina 
korxonalarning zarar ko’rib ishlayotganligi, ularning Moliyaviy ahvoli 
qiyinlashib, bankrotga uchrayotganligi, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlarning, 
mulkdorlar 
sinfining 
sekin 
shakllanayotganligi, 
iqtisodiyotda ular ulushining kamligi, qishloqda iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirish, fermer xo’jaliklarini rivojlantirish qiyinchiliklari, tovar, 



xizmat va kapital eksportining sekin o’sayotganligi va boshqalar shular 
jumlasidandir. 
Ushbu iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning yechimini 
izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini 
tushunish ko’p jiqatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniksa bozor va 
bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va 
xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlarning, chuqurlashtirishning, iqtisodiyotni erkinlashtirishning 
maqsadi va mohiyatini chuqurrok bilishlariga bog’liqdir. Iqtisodiyot 
nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, 
tejamli xo’jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo’jaliklarning bir-birlari 
bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo’lib, unumli mehnat qilish yo’llarini va 
shakllarini o’rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda 
yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi 
faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog’liqligini, shu yurtda mehnat 
qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy 
mahsulotning ko’payishi, uning to’g’ri taqsimlanishi va foydalanilishi, 
milliy pul barqarorligi bilan bog’liqligini ham o’rgatadi va milliy istiqlol 
mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual 
kamolotga erishuvida muhim o’rin tutadi. 
Shu sababli barcha yo’nalishlardagi bakalavriat talabalari uchun 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan o’quv qo’llanmaning tayyorlanishi ham 
bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu o’quv qo’llanma yangi davlat standarti talablari bo’yicha 
tuzilgan va Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya 
etilgan yangi namunaviy o’kuv dasturi asosida yozildi. Unda dasturdagi 
barcha mavzular qamrab olingan, lekin hajmi cheklangan bo’lganligi 
uchun ko’pgina materiallar iloji boricha kisqartirib berildi. Shuning uchun 
qo’llanmada kamchilik va munozarali jihatlar ham bo’lishi mumkin. 
Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar, 
jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilindi. 
Ushbu qo’llanmani tayyorlashda o’qitishning yangi pedagogik va 
axborot texnologiyalari talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir 
mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek 
takrorlash va munozara uchun savollar ham berildi. 
Iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha mazkur o’quv qo’llanma oliy o’quv 
yurtlarining noiqtisodiy yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan 
bo’lib, undan o’rta maxsus o’quv yurtlari tinglovchilari, litsey 



o’quvchilari, magistrantlar, aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi 
bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin. 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish