2.4. Yuz shakli bo’yicha autentifikatsiyalashning dasturiy modulini
yaratish
Ushbu dastur biometrik autentifikatsiyaning yuz shakli(geometrik
nuqtalari) bo’yicha amalga oshiradi. Hozirgi kunda autentifikatsiyalash dasturlari
keng tarqalgan bo’lib, insonni shaxsiy belgilari(yuz tuzilishi, ko’z to’rpardasi,
51
ovoz, barmoq izi va boshq) orqali ifodalsh eng ishonchli usullardan bo’lib
hisoblanmoqda.
Yuz shakli bo’yicha amalga oshirilgan bizning dasturiy vositamiz 2 ta
oynadan iborat:
1. Yuz bo’yicha autentifikatsiya qiluvchi tizim:
2. Administrator qismi: admin o’zining parolini(12345)kiritadi va quyidagi
ishlarni amalga oshiradi:
Yuz bo’yicha autentifikatsiya qiluvchi tizim xam o’z navbatida 2
qismdan iborat bo’lib o’z ichiga quyidagi oynalarni oladi:
52
1. Ro’yxatga olish qismida yuz(qizil), ko’zlar(ko’k), burun(yashil) va
lab(sariq) to’g’ri ifodalangandan keyin login va kalit so’z(2 marta)ni kiritib yuz
quyidagi holga kelgandan keyin ro’yxatga olish tugmasi bosiladi. Agar rasmga
olish noto’g’ri amalga oshirilsa tizimga kirishda muammolar kelib chiqishi
mumkin. Bunda login, kalit so’z(hash qiymati), kalit nuqtalarining qiymati va
yuzning rasmi omborda saqlanadi.
Ro’yxatga olish tugmasi bosilgandan so’ng quyidagi xabar chiqadi:
53
2. Tizimga kirish qismida 4 xil xavfsizlik darajalari yordamida tizimga
kirish mumkin:
Past daraja:yuz tuzilishi va chap ko’z orqali. Bu darajada
foydalanuvchilar ko’payib ketsa adashtirishi mumkin.
O’rtacha daraja: yuz tuzilishi, chap va o’ng ko’z orqali. Bu
yuqoridagiga nisbatan ishonchliroq hisoblanadi.
Yuqori daraja: yuz tuzilishi, chap va o’ng ko’z, burun orqali. Ushbu
darajada foydalanuvchini tanish uchun ko’proq vaqt ketadi. Chunki xar bir nuqtani
hisoblash protsessorning quvvatliroq bo’lishini talab etadi. Shunda vaqtdan
yutishimiz mumkin.
Eng yuqori daraja:yuz tuzilishi, chap va o’ng ko’z, burun, lab orqali.
Bu darajadan foydalanib tizimga kirishda xar bir kalit nuqtalari aniq bo’lishi va
yorug’lik xatto masofa xam ro’yxatga olish xolatida bo’lishini talab qiladi.
Agar foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgan bo’lsa onlayn ko’rinishda tanib
loginini chiqarib beradi.Logini ekranda chiqqanidan keyin kalit so’zni kiritib
tizimga kirishi mumkin.
54
Agar xatoli bo’lsa ushbu oyna chiqadi
Foydalanuvchi tizimga kirgandan keyin ushbu oyna chiqadi.
Administrator qismi xam 2 qismdan iborat:
1. Tizimga kirish: ushbu qismda foydalnuvchining logini kiritiladi va bu
login yordamida ombordan uning ro’yxatdan o’tgan vaqti va rasmini ekranda
tasvirlab beradi.
2. O’xshashlik darajasi qismida foydalanuvchining rasmi ombordagi
rasmga qay darajada o’zshashligini chiqarib beradi(% larda). Bunda yuqoridagi
textbox orqali login kiritiladi va ushbu login asosida foydalanuvchi ro’yhatdan
o’tgan va oxirgi tizimga kirgan vaqti, aynan shu vaziyatdagi rasmlarini ekranda
tasvirlab qay darajada o’xshash ekanligini ko’rsatib beradi.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |