Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
Bor M.Z. Osnovы ekonomicheskix issledovaniy. Logika, metodologiya, organizastiya, metodika. M.: «DIS», 1998.
Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.X, Jo’raev T. Iqtisodiyot nazariyasi (o’quv qo’llanma) T.: 2002.
Shodmonov Sh.Sh., Baubekova G.D. Pedagogicheskoe masterstvo i innovastii v prepodavanii ekonomicheskoy teorii. – T.: IPЦ «Yangi asr avlodi», 2004.
V poiskax novoy teorii: Kniga dlya chteniya po ekonomicheskoy teorii s problemnыmi situastiyami: Uchebnoe posobie/Pod red. A.G.Gryaznovoy i N.N.Dumnoy. – M.: KNORUS, 2004.
Peregudov L.V., Saidov M.X., Aliqulov D.E. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. T.: 2002.
10-MAVZU. IQTISODIY EKSPERIMENT - ILMIY TADQIQOT VA IJODIY IZLANIShNING USLUBI
Reja:
1. Eksperiment ilmiy tadqiqotning empirik usuli sifatida.
2. Eksperimentning turlari.
3. Iqtisodiy tadqiqotlarda ilmiy-eksperimental usuldan foydalanish.
1. Eksperiment ilmiy tadqiqotning empirik usuli sifatida.
Ilmiy ijod ilmiy bilimning o’sishi negizida yotuvchi haqqoniy faktlar olishdan boshlanadi. Fanda empirik bilishning umumilmiy metodi – eksperiment ilmiy faktlarni topish, olish, ularni tushunib etish va qayta ishlashga xizmat qiladi. Olimning laboratoriya, eksperimental moslama, sinov stendi yoki o’rganilayotgan ob’ekt modelidagi ijodiy faoliyati o’rganilayotgan hodisa haqida ilmiy faktlar, haqiqiy bilim, haqqoniy axborotlarni to’ldirishning doimiy manbaidir.
Lotincha «exrerience» so’zi o’zbekchada «sinab ko’rish» yoki «sinov» degan ma’noni bildiradi, binobarin, eksperiment ilmiy bilish metodi sifatida o’rganilayotgan predmetlar va jarayonlarni nazorat qilinuvchi va boshqariluvchi sharoitlarda sinab ko’rish demaqstir.
Tadqiqotchi ilmiy eksperiment o’tkazishda o’rganilayotgan hodisani «sof» ko’rinishda ajratishda izlanayotgan axborotni olishga imkon qadar kam monelik bo’lishi uchun o’zining bor ijodiy qobiliyati va ko’nikmalarini ishga soladi.
Qatiy ilmiy eksperiment o’tkazishdan oldin juda katta ijodiy ish amalga oshiriladi:
eksperiment dasturi, uni o’tkazish va yakunlash algoritmi puxta ishlab chiqiladi;
zarur apparatura tayyorlanadi, eksperiment o’tkaziladigan maxsus eksperimental moslamalar va namunalar yaratiladi;
eksperimentni o’tkazish shart-sharoitlariga aniqlik kiritiladi;
eksperimentni o’tkazishda foydalanish uchun ilmiy gipotezalar, nazariyalar, asoslar tanlab olinadi;
tadqiqot ob’ekti aniqlanadi;
eksperimentni o’tkazishga monelik qiluvchi omillar bartaraf etiladi yoki eksperiment natijalariga bunday salbiy omillarning ta’siri minimumga keltiriladi.
Eksperiment o’tkazishning ko’rsatilgan har bir bosqichiga ijodiy yondashish, topqirlik, tirishqoqlik, o’z kuchiga ishonch talab etilishi tabiiydir.
Ilmiy eksperimentlarning natijalari ilmiy farazlar, taxminlar va nazariyalarning haqqoniyligi mezonidir. Bugungi kunda, postindustrial axborot jamiyati davrida tabiiy, texnikaviy, gumanitar va ijtimoiy fan sohalarida eksperimenglar doirasi tobora kengayib bormoqda. Hozirgi zamon sharoitlarida ilmiy tekshirish institutlari va laboratoriyalarda eksperimentlar ko’pincha bir guruh olimlar tomonidan o’tkaziladi. Ular o’zaro kelishib, o’z kuchi va qobiliyatini birlashtirib ish olib boradi. Hozirgi zamon ingliz epistemolog-faylasufi, kvant kimyosi sohasida yirik mutaxassis Maykl Polani «Fanni mahoratga ega odamlar yaratadi», deb qayd etgan edi. Biz bunga o’zimizdan «Ijodkorlik, qiziquvchanlik va yuksak professionalizmga ega bo’lgan odamlar yaratadi», deb qo’shimcha qilmoqchimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |