O’zbekiston aloқa axborotlashtirish agentligi


So’nggi qo’shilgan miqdor usuli



Download 1,1 Mb.
bet17/55
Sana18.07.2022
Hajmi1,1 Mb.
#821689
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
«iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi «ilmiy tadqiqot metodologiyas

2. So’nggi qo’shilgan miqdor usuli.

So’ngi qo’shilgan foydalilik (ekonomiks barcha yo’nalishlarining asosiy metodologik tamoyillaridan biri hisoblanuvchi marjinalizm – fr. marginal – chegaraviy ma’nosini anglatadi) nazariyasining asoschisi bo’lib nemis iqtisodchisi G.Gossen (Genrix) (1810-1858 gg.) hisoblanadi. U mazkur nazariyaga matematik ifoda bergan matematik maktabning ilk namoyandalaridan biridir. Biroq bu nazariya Avstriya maktabi iqtisodchilari K.Menger, F.Vizer, E.Bem-Baverklarning asarlarida to’laroq bayon etilgan. So’ngi qo’shilgan naflilik nazariyasi matematik yo’nalishining rivojlanishiga shuningdek ingliz olimi U.Djevons va franstuz olimi L.Valras katta hissa qo’shgan.


Bu nazariyaga ko’ra, har qanday moddiy ne’matning qadri tovarda gavdalangan ijtimoiy-zaruriy mehnatning ifodasi sifatidagi qiymat bilan emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tavsifidan qat’iy nazar bu ne’mat keltiradigan naf orqali aniqlanadi.
Shu bilan birga, buyumlarning nafliligi deganda ularning u yoki bu ijtimoiy ehtiyojni qondirishdan iborat ob’ektiv xususiyati emas, balki har bir iste’molchi tomonidan sub’ektiv ravishda aniqlanuvchi so’ngi qo’shilgan, chegaraviy, ya’ni muayyan turdagi buyumlar zaxirasidagi so’ngi nusxasi keltiruvchi eng kam nafliligi tushunilanadi. Sub’ektiv naflilik inson va buyumlar o’rtasidagi munosabatni aks ettiradi.
K.Makkonnell shunday deb yozadi: «Naflilik - bu sub’ektiv tushuncha. Bir shisha arzon vino daydi-alkogolik uchun nisbatan katta naflilikka ega bo’lishi va ayni paytda hushyorlar jamiyati mahalliy bo’linmasining prezidenti uchun nol yoki manfiy naflilikka ega bo’lishi mumkin».3

yoki

bu erda (MU – marginal utility).
So’ngi qo’shilgan naflilik miqdorini o’lchash vositasini izlab, Bem-Baverk besh qop doni bo’lgan alohida «xo’jalik yurituvchi sub’ekt»ga murojaat qiladi. Bu qopdagi donlardan birinchisi unga ochlikdan o’lmaslik uchun, ikkinchisi – ovqatlanish sifatini yaxshilash uchun, uchinchisi – chorvani boqish uchun, to’rtinchisi – aroq tayyorlash uchun, beshinchisi – vaqtichog’likda to’tiqushlarni boqish uchun zarur bo’ladi. Eng oxirgi, egasi uchun eng oz naflilik keltiruvchi beshinchi qop har bir qopdagi donning qadrini belgilab beradi. Beem-Baverk shunday xulosa qiladi: «Buyumning qadri mazkur buyumning so’ngi qo’shilgan nafliligi miqdori orqali o’lchanadi. Bu qoida bizning qiymat nazariyamizning markaziy nuqtasi hisoblanadi». (E. Bem-Baverk. Osnovы teorii stennosti xozyaystvennыx blag. L., 1929, s. 30).
Shunga ko’ra, tovarlar qanchalik ko’p bo’lsa, ularga bo’lgan ehtiyojning «qondirilish darajasi» shunchalik yuqori, konkret naflilik va qiymat shunchalik past bo’ladi va aksincha.
Shu o’rinda, mazkur sub’ektiv o’zgaruvchi tovar qiymatini qanday aniqlaydi, degan savol tug’iladi. Beem-Baverk sub’ektiv va ob’ektiv qiymatni farqlaydi. Sub’ektiv qiymat – bu tovarni iste’molchi va sotuvchi tomonidan shaxsiy baholash hisoblansa, ob’ektiv qiymat – bu bozordagi sub’ektiv baholarning o’zaro ta’siri ko’rinishidagi raqobat davomida shakllanuvchi ayirboshlash nisbatlari, narxlardir.
So’ngi qo’shilgan naflilikning asosiy modeli – Menger shkalasi qiymatning paydo bo’lishi mexanizmida ne’matlarning umumiy va konkret nafliligini birlashtiradi. Rim raqamlari – umumiy naflilikni, arab raqamlari – aniq naflilikni ifodalaydi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish