Oʻzbekiston – sayyohlik sohasida ulkan imkoniyatlarga EGA mamlakat. Turizm sohasi yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishda muhim oʻrin tutadi. Shu bois



Download 17,49 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi17,49 Kb.
#80660
Bog'liq
Andijonda turizm yanada rivojlanadi


Andijonda turizm yanada rivojlanadi


Oʻzbekiston – sayyohlik sohasida ulkan imkoniyatlarga ega mamlakat. Turizm sohasi yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishda muhim oʻrin tutadi. Shu bois, keyingi yillarida mamlakatimizda bu soha rivojiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Turizm, ayniqsa, ichki sayyohlik xizmatini rivojlantirish borasida Andijon viloyatida ham eʼtiborga molik ishlar olib borilmoqda.
– Prezidentimizning 2019 yil 5 yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori soha rivojida muhim hujjat boʻldi, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Baxtimurod Karimov. – Bu hujjatlar turizm va sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy turistik xizmatlarni ichki va xalqaro sayyohlik bozoriga taklif etish, sayyohlik obyektlarini taʼmirlash kabi masalalarni hal etishga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda viloyatda 18 ta turoperator faoliyat koʻrsatmoqda. Ular yurtdoshlarimizning tarixiy shaharlarimiz va qator xorijiy davlatlarga sayohatini tashkil etish boʻyicha zarur ishlarni olib bormoqda.
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” shiori ostida 2018 yilda viloyatdan qariyb 1 million nafarga yaqin kishi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Nukus, Toshkent, Qoʻqon va boshqa shaharlarga sayohat qilgan.
Andijon kundan-kunga chiroy ochmoqda, zamonaviy bino-inshootlar, savdo-maishiy xizmat obyektlari barpo etilmoqda. Hududdagi yoʻllar xalqaro talablar asosida qayta qurilmoqda. Bundan tashqari, viloyatda bir vaqtning oʻzida 1 ming nafarga yaqin sayyohni qabul qilish imkoniga ega 16 mehmonxona mavjud. Ularning aksariyatida sayyohlar va xorijiy mehmonlarga zamonaviy xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, sayyohlik obyektlari haqida bukletlar, kitoblar tayyorlangan, turistik firmalar va mehmonxonalar sayti yaratilib, ularga dam olish maskanlari, ziyoratgoh va mehmonxonalar haqida rus va ingliz tillarida maʼlumotlar joylashtirilgan. Mehmonxonalarda “Wi-Fi“ zonalari tashkil etilgan.
Viloyatda 117 turistik obyekt mavjud. Ularning aksariyati xalqimiz tarixini oʻzida mujassam etgan muzeylar, tarixiy obidalar, shuningdek, xushmanzara va bahavo dam olish maskanlari, muqaddas ziyoratgohlardir. Ulardan tanlab olingan 9 obyekt boʻyicha turistik yoʻnalishlar ishlab chiqilgan.
2018 yilda viloyatga 171 mingdan ziyod sayyoh tashrif buyurgan boʻlsa, ularning 18 ming 600 nafari MDH, Osiyo, Yevropa davlatlari va boshqa qator mamlakatlardan kelgan sayyohlardir. Bu, albatta, Andijon uchun past koʻrsatkich hisoblanadi. Aslida viloyatning turistik imkoniyati va salohiyati ancha yuqori.
Ana shundan kelib chiqib, yurtdoshlarimizni va xorijiy sayyohlarni Andijonga yanada koʻproq jalb etish maqsadida Andijon shahri markazidagi “Oʻzbegim” savdo va koʻngilochar majmuasida zamonaviy axborot markazlari (infokiosk) tashkil etildi. Andijon temir yoʻl vokzali, viloyatdagi mehmonxonalarda sayyohlarga qulaylik yaratish uchun maʼlumot markazlari, sovgʻa va suvenirlar doʻkonlari ishga tushirildi, xizmatlar koʻrsatish sifati tubdan yaxshilandi.
Andijon shahridagi Bogʻi Bobur dam olish maskani, Xonoboddagi Xontogʻ, Fozilmonota, Xoʻjaobod tumanidagi Imomota, Buloqboshi tumanidagi Shirmonbuloq, Baliqchi tumanidagi Uch buloq, Andijon tumanidagi Mehmonvaliy, Jalaquduq tumanidagi Sarvontepa, Marhamat tumanidagi Mingtepa kabi tarixiy yodgorlik va ziyoratgohlar, ayniqsa, sayohatchilar bilan gavjum boʻladigan maskanlardir.
Ammo barcha turistik obyektlarda ham sayyohlar va dam oluvchilar koʻngilli hordiq chiqarishlari uchun zarur sharoit yaratilgan, deb boʻlmaydi. Lekin xizmat koʻrsatish darajasini oshirish, ziyoratgoh va dam olish maskanlarini obodonlashtirish borasida qator ijobiy ishlar qilinayotgani, ayniqsa, Xonobod shahridagi “Andijon” suv ombori hududida ekoturizm obyekti sifatida sayyohlarni qabul qilish uchun zarur ishlar olib borilayotganini eʼtirof etish lozim.
Umuman, viloyatda ichki turizmni yanada rivojlantirish, yangi turistik yoʻnalishlar tashkil etish, sayyohlik obyektlarida servis xizmatlarini yanada yaxshilashga qaratilgan zarur ishlar olib borilmoqda. Oʻtgan yili Xoʻjaobod tumanidagi “Qora-amur” fermer xoʻjaligida agroturizm, Marhamat tumanidagi Mingtepa arxeologik majmuasi va tuman markazida joylashgan “Ochiq osmon ostida muzey” kabilar turizm marshrutiga qoʻshildi.
Bundan tashqari, Ulugʻnor tumanidagi baliqchilik xoʻjaligi hududida “Baliq ovi”, Jalaquduq tumanida “Termal suv”, Shahrixon tumanidagi shifobaxsh qumlarda “Sogʻlomlashtirish turizmi” yoʻnalishlarini ochish rejalashtirilgan. Umuman, joriy yilda viloyatda yana 9 mehmonxona va “Mehmon uylar” qurilib, foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan.
Sohada samarali faoliyat olib boruvchi mutaxassislar tayyorlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Andijon shahar Turizm va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida turizm, mehmonxona xizmatini tashkil etish yoʻnalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Download 17,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish