Davlatda va nodavlat tashkilotlari, ularning munosabati
Davlat hokimiyati:
-
Parlament (Oliy Majlis: quyi qonunchilik va Senat palatalari).
-
Prezidentlik instituti.
-
Vazirlar Mahkamasi (8 ta VM a’zolari, vazirlik 10 ta, davlat qo‘mitalari 9 ta, jami 27 ta).
-
Sud hokimiyati va h.k.
Nodavlat tashkilotlari:
-
Siyosiy partiyalar
-
Mahallalar (shahar, qishloq. ovullar).
-
Jamoat tashkilotlari va birlashmalari.
-
Xotin-qizlar tashkilotlari.
-
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati va h.k.
Huquqiy davlat konstitusiyaviy davlatchilikning real amalga oshishidir. Uning asosida insonni davlat terrori. Uning e’tiqodi ustidan kuch ishlatishi, hokimiyat organlari tomonidan mayda homiylik qilishidan himoya qilishga intilish yotadi. Huquqiy davlat-suveren xalq irodasiga bo‘ysunuvchi, insonning erkinligi va boshqa huquqlarini himoya qiluvchi, o‘z faoliyatini qonunlar doirasida amalga oshiruvchi davlatdir. Bunday davlatda shaxs bilan hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlar konstitusiyada belgilab qo‘yiladi, shuningdek, bu xalq bilan hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlar «Ijtimoiy bitimlar» asosida ro‘y beradi. Davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda ustivorlik inson huqulariga qaratiladi, qonunlar davlat va uning xatti-harakati bilan buzilmaydi.
Hozirgi davrda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat o‘rtasida qat’iy chegara o‘tkazish qiyin masala. Turli huquqiy davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tajribasini e’tiborga olib, huquqiy davlatnig quyidagi belgilarini keltirish mumkin.
- rivojlangan fuqarolik jamiyatining mavjudligi;
- shaxsning erkinligi, huquq va jamoatchilik tinchligini himoya qilish, xo‘jalik faoliyati uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratib bergan holda davlat faoliyati sohasini cheklash;
- har kimning o‘z shaxsiy farovonligi uchun mas’ulligini oshirish;
- barcha fuqarolarning huquqiy tengligi;
- huquqning umumiyligi, uning barcha fuqarolar, tashkilotlar, muassasalar, jumladan. Davlat hokimiyati uchun ham teng taaluqli bo‘lishi;
- xalq va davlat suverinitetining konstitusiyaviy –huquq jihatlaridan muvofiqlashganligi;
- qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlarining bo‘linishi, ular faoliyatini hamkorlikdagi birligi;
- davlatning fuqarolik munosabatlarini muvofiqlashtirishda taqiqlash metodining chegaradan chiqish metodiga nisbatan ustivorligi. Buning ma’nosi shuki, huquqiy davlatda «qonun bilan taqiqlanmagan barcha narsalarga ruxsat etiladi» tamoyiliga amal qilinadi. Bunda chegaradan chiqish metodi faqat davlatga nisbatan qo‘llanilib, davlat faqat rasmiy qabul qilingan vakolatlar doirasidan chetga chiqmasligi lozim;
- individ erkinligini cheklash fakat barcha kishilar erkinligi va huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Huquqiy davlat shaxsning mutloq erkinligini bildirmaydi. Har bir shaxsning erkinligi boshqa kishining erkinligiga zid kela boshlasa, xuddi shu yerda uning erkinligi tugaydi.56
Huquqiy davlat sharoitida erkin raqobat natijasida mulkdorlar qatlami vujudga kelishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Davlatlar rivojlanish tajribasi ko‘rsatdiki. Faqat shaxslarning rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan umumiy farovonlikka erishib bo‘lmaydi. Chunki, jamiyatdagi har bir shaxsda mulkdor bo‘lish, tashabbuskorlik ko‘rsatish qobiliyati bo‘lavermaydi. Baribir, ijtimoiy tengsizlik davom etaveradi. Shuning uchun ham hayotda ijtimoiy davlat nazariyasi va amaliyoti (umumiy farovonlik davlati) paydo bo‘ldi.
Ijtimoiy davlat – har bir fuqaro uchun munosib hayot tarzi, ijitmoiy himoya . ishlab chiqarishni boshqarishda ishtirok etishi, shaxsning o‘z-o‘zini realizasiya qilishi, hamma uchun teng hayotiy imkoniyatlar yaratish uchun intiladigan davlatdir.
Bunday davlatning faoliyati umumiy farovonlik, jamiyatda ijtimoiy adolat o‘rnatishga qaratilgan bo‘ladi. Davlat mulkiy va boshqa ijtimoiy tengsizliklarni tekislashga harakat qiladi, kuchsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga yordam beradi, har bir fuqaroni ish yoki boshqa hayot kechirish manbai bilan ta’minlashga harkat qiladi, jamiyatda tinchlikni saqlaydi, inson uchun qulay hayot muhitini shakllantiradi.
O‘zbekiston Respublikasida milliy istiqlol sharofati bilan bozor munosabatlariga o‘tish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Davlat va hukumat milliy mustaqillikning dastlabki davridan boshlab kuchli ijitmoiy siyosat yuritib kelmoqda.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi ham huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdir. Hozirgi davrda bunday davlat va jamiyat barpo etishning konstitusiyaviy va qonuniy asoslari yaratildi. Demokratik tipdagi milliy davlatchilik shakllandi. Fuqarolik jamiyatining belgisi sifatida ko‘p partiyaviylik va o‘z-o‘zini boshqarish organlari – jamoat barlashmalari tizimi shakllandi.
9.4. Ijtimoiy boshqaruv sotsiologiyasi tushunchasi hamda boshqaruvning tarkibiy tizimi va tasnifi.
Ijtimoiy munosabatlarning unumli tarzda kechishini har xil mezonlar yordamida o‘rganadigan fan sotsiologik boshqaruv deb nomlanadi.
Bu fan umumsotsiologiya fanining ajralmas qismi bo‘lib, uning barcha nazariya va amaliyotlaridan to‘la foydalanadi. Inson iqtisodiy faoliyati ma’lum bir uslublar, nazariyalar, amaliyotlar, institut, tashkilotlar orqali boshqarilib kelinsa, ijtimoiy jarayon, hodisalar va munosabatlar esa hali unchalik boshqarilish darajasiga o‘tgani yo‘q. Ijtmoiy boshqaruv faniga XX asr boshlarida Teylor, M.Vebr, A.Fayola kabi olimlar asos soldilar. XX asr o‘rtalaridan boshlab sistemali yondashuv usuli qo‘llanila boshlandi.
Hozirgi davrda tashkilot va korxonalarni (davlatniki yoki xususiy bo‘lishidan qat’iy nazar) unumli boshkarish davr talabidan kelib chiqib, samarali boshqaruv mexanizmlarini yaratishni va joriy etishni takozo qiladi. Zero, kuchayib borayotgan intergrasion jarayonlar va axborotlar tizimining xalqaro darajaga yetib borishi, raqobatning kuchayishi va boshqalar ijtimoiy boshqaruvga bo‘lgan munosabatni foydali tomonga keskin o‘zgartiradi va boshqaruv tizimida ijtimoiy o‘zgarishlarga bo‘lgan moslashuvni tezlashtiradi.
Ijtimoiy boshqaruvning takomillashuv istiqbollari O‘zbekistonda barcha islohotlarni yanada tezroq va samaraliroq amalga oshirish, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish tizimlarini takomillashtirish va oxir-oqibatda aholining turmush darajasini oshirish imkonini yaratadi.
Axborotlarning inson tomonidan tez o‘zlashtirilishi va uning Yangi sharoitlarga moyillik qobiliyatlarini oshirib borishi har qanday boshqaruv tizimining dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib, «inson omili»ni doimo va aniq hisobga olishni takoza qiladi.
Ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilish va boshqarish quyidagi asosiy vazifalarni ko‘zlaydi:
-
istiqbolni baholash, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining muhim ko‘rsatkichlarini aniqilash va unga oqilona yetishishning samarali vositalarini belgilash.
-
me’yorlarni aniqlash, istiqboldagi asosiy ijtimoiy talab va uni qondirish imkoniyatlarini belgilash.
-
tahdidlarni taxminlash, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga aks ta’sir etish mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash va tahlil etish.
Ijtimoiy bashorat turlari:
-
Istiqboldagi holatlarni bashorat qilish: o‘tgan, hozirgi va kelgusi zamon hamda istiqbol an’analarini bashorat etish.
-
Me’yoriy bashorat - ijtimoiy hayotga mos me’yorlarni topish, aniqlash.
-
Tahdidlar bashorati - ijtimoiy taraqqiyot izdan chiqish holatining tahliliga asoslaniladi.
Ijtimoiy bashorat 4 o‘zaro mantiqiy bog‘langan bosqichlarda amalga oshiriladi :
-
Birinchi bosqich - bashorat ob’ekti bo‘yicha ma’lumotlar manbaini va ko‘rsatkichlarini aniqlash, bashorat dasturini ishlab chiqish, bashorat maqsadi masalalarini belgilab olishdan iborat bo‘ladi.
-
Ikkinchi bosqich - bashorat qilinuvchi ob’ektning dinamik modelini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.
-
Uchinchi bosqich - bashorat qilinuvchi jarayon modeliga kiruvchi boshqaruv ko‘rsatkichlarini belgilash, ularning o‘zgarish tendensiyalarini va chegaralarini aniqlab olish, turli taxminiy variantlarini aniqlash.
-
Oxirgi bosqich - ko‘p variantli bashoratni amalga oshirishni asoslash va tahliliy xulosalarni ishlab chiqishdan iborat.
Ijtimoiy bashorat masalasini yechishda matematik modellashtirish va ekspertiza usullardan foydalaniladi.
Axborot jamiyat faoliyatining ijtimoiy jihatdan o‘ziga xos tamoyillarini ifodalaydi va uning yordamida ijtimoiy boshqaruv amalga oshiriladi. Ijtimoiy axborotning o‘zi guruhlarga ajratiladi.
-
Birinchi guruhga ijtimoiy guruhlar tuzilmasi va xolati haqidagi axborotlar kiradi.
-
Ikkinchi guruhga odamlarning mexnat va turmush sharoiti haqidagi axborotlardan tashkil topadi.
-
Uchinchi guruhi odamlarning hayot faoliyati, turmush tarzi va boshqa axborotlardan iborat.
Boshqaruv nuqtai nazaridan ijtimoiy axborot:
-
tashkiliy;
-
nazorat – hisobga olish;
-
natijaviy axborotlardan iborat.
-
Tashkiliy axborotlar ijtimoiy boshqaruv ob’ekti va sub’ekti o‘zaro bog‘lanishi, boshqaruv jarayoni, boshqaruv qarorlarining bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni tashkil etadi.
-
Nazorat - hisobga olish, axborotlar, ijtimoiy jarayonlarni boshqarishning borishi va uning boshqaruv qarorlariga mosligi haqidagi ma’lumotlardir.
-
Natijaviy axborotlar - belgilangan boshqaruv tadbirlari, talablari, qoida va normalari haqidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy boshqaruv: sifat va miqdor ko‘rsatkichlari orqali amalga oshiriladi.
Sifat ko‘rsatkichlari - ijtimoiy hodisa va jarayonning ta’rifiy xususiyatlari va tarkibiy tuzilishining ko‘rinishlari haqidagi ma’lumotlardir.
Miqdor ko‘rsatkichli axborotlar – ijtimoiy hodisa va jarayonning miqdoriy o‘lchov shaklida aniqlangan kattaliklaridan iborat. Bu axborotlar EHMga asoslangan holda matematik modellashtirishni va u orqali ijtimoiy bashorat qilishni, tahlil qilish va baholashni amalga oshirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |