O‘zbekistoda demokratik jamiyat qurish nazariyasi, amaliyoti va huquq



Download 0,77 Mb.
bet22/87
Sana12.01.2017
Hajmi0,77 Mb.
#367
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
Ta’lim tizimining samaradorligi
Ta’limning ijtimoiy samaradorligi ta’lim muassasalarining soni, ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning miqdori, jamiyat a’zolarining bilim darajasi va sifati bilangina belgilanmaydi, balki uning ijtimoiy faoliyatida, amaliyotda hamda mehnat faoliyatida qanday darajada tatbiq qilinishi bilan ham izohlanadi. Shu jihatdan, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi va bozor iqtisodiyoti siyosatining amalga oshirilib borishi sharoitida, respublikada ko‘plab mutaxassis kadrlarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashdan manfaatdor bo‘lmay yoki ishlash imkoniyatlariga ega emasliklari sababli, yaxshiroq tirikchilik o‘tkazish maqsadida o‘z mutaxassisliklaridan boshqa sohalarga o‘tib ketish tendensiyasi kuchaymoqda. Sotsiologiya «tili» bilan aytganda jamiyat a’zolarining sotsial mobilligi ham vertikal, ham gorizontal tartibda o‘zgarishi keskin ortib bormoqda. Achinarlisi shuki, bu jarayon, ayniqsa, ta’lim tizimining o‘zida boshqa sohalarga nisbatan ko‘proq sodir bo‘lmoqda. Agarda buning oldi olinib, jiddiy choralar ko‘rilmasa, kelgusida yanada kuchayishi va 5-10 yildan so‘ng esa uning salbiy oqibatlari jamiyat ijtimoiy hayotida o‘nlab yillar davomida bartaraf qilish qiyin bo‘lgan ijtimoiy-ma’naviy inqirozga olib kelishi mumkin. Ta’lim sotsiologiyasining hozirgi sharoitidagi asosiy vazifalaridan biri ham, yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni empirik jihatdan tadqiq qilib, ilmiy-amaliy va nazariy xulosalar chiqarishdan iborat. Ko‘rinib turibdiki, o‘zining mohiyat-e’tibori bilan ushbu masala favqulotda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masaladir.

XX1-asr boshida qayta ishlab chiqarishning asosiy omili modiy ne’mat va xizmatlarni to‘plash emas, balki aholi hayoti sifati, bilimlari, sog‘lig‘i, jismoniy taraqqiyoti darajasi va boshqa ko‘rsatkichlari hisoblanadi.

Aholi hayoti sifatini qo‘llab-quvvatlash uchun dunyoda har yili 15-20 trln. Dollar sarflanmoqda. 1994-yilda inson kapitaliga jon boshiga Janubiy Osiyo mamlakatlarida o‘rtacha 14.000 dollar bo‘lsa, AQSh va Kanadada 250.000 dollarga teng bo‘ldi.22

BMT ning shiori: «Ta’lim – demokratiya asosi». YuNESKO tashkil etgan – «XX1 –asr uchun oliy ta’lim» Butunjaxon Deklarasiyasi (1998-yil 9-okt.) ta’lim masalasiga katta e’tibor qaratib, dunyo mamlakatlarini hakorlikka da’vat etadi. Ma’lumki XX-asrning ikkinchi yarmi oliy ta’limning rivojlanish davri bo‘ldi. 1960 – yildan 1995 yilga qadar butun dunyodagi talabalar soni 13 mln.dan 80 mln.ga ko‘paygan.23

2002 – yilda taraqqiy etgan mamlakatlardan Yaponiya xukumatining ta’limga sarfi Ya.M.M.ning 5,5-6 % ni tashkil etgan bo‘lsa, AQShda bu ko‘rsatkich 7,1% ni, Buyuk Britaniyada esa 7,7 % ni tashkil etgan.24

Butunjaxon Banki mutaxassislarining xisob-kitoblariga ko‘ra O‘zbekistonning ta’limga ajratgan chiqimi 1995-yili umumiy davlat chiqimining 7,8% ini tashkil etgan bo‘lsa, 2002 yilda 8,8%, 2003 yilda 8,4% ni tashkil etgan.25

Yevropa davlatlaridan 40 tasi ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Bolonya jarayoniga a’zo bo‘lganlar. Ular qatoriga 1999 – yilda Rossiya ham qabul qilingan. Bolonya Deklarasiyasi tavsiyasiga ko‘ra mamlakatlar kredit tizimini joriy qilishi mumkin.

Oliy ta’limdagi kredit siyosati bu har qanday o‘quv faoliyatining o‘qusv rejasida qayd etilishi (ma’lum hajmda) o‘lchov birligidir.Bu yerda kredit mablag‘ ma’nosida emas, balki talabalar tomonidan ma’ruzalarda va o‘quv faoliyatining boshqa turlaridan tarqatma materiallar, tavsiya etiladigan adabiyotlar va internet orqali mustaqil ravishda “qarzga olingan” o‘quv axborotlari, bilim va ko‘nikmalarni nazarda tutadi. Bu “qarzni” talaba yakuniy nazorat vaqtida o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarni namoyish qilish yo‘li bilan to‘liq “uzishi” shart.26

AQShda jami 3500 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ularning barchyaasida o‘qish pullikdir. U yerda ta’lim vazirligi degan tushunchaning o‘zi yo‘q.

Butun dunyo mamlakatlari ta’lim tizimidagi sotsial muammolardan biri bu “Segregasiya” – ya’ni ajralish holatlari bo‘lib, u ta’lim muassasalarida boshlanib, bo‘lg‘usi kadrni mehnat faoliyatida unga amal qilishiga olib kelsa, bu har qanday davlatning milliy siyosati uchun xavf solishi tayin.

“Segregasiya” – o‘quvchilar orasida irqiy, diniy, etnik mansublik asosida, u yoki bu jins atrofida, yoxud, manfaatlar mushtarakligi va qo‘shnichilik asosida alohida bo‘linishni anglatadi.27


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish