9.5. Ijtimoiy-hududiy birliklarni boshqarish idoralari
Ijtimoiy - hududiy birliklar xalq deputatlari kengashi orqali boshqariladi. Xalq deputatlari davlat va fuqarolar mafaatlaridan kelib chiqqan holda jamiyat muammolarini hal qiladi.
O‘zbekiston Konstitusiyasining 100-moddasiga ko‘ra mahalliy hokimiyat organlar ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
qonuniylikni, huquq-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
hududlarni iqtisodi, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
fuqarolik holati aktlarini qayd etish.
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Konstitusiyasi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Ijtimoiy - hududiy birliklarning hokimiyat idoralari O‘zR qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati idoralarining qarorlarini hayotga tadbiq etadilar. Shuningdek, o‘zlariga bo‘ysunuvchi quyi xalq deputatlari kengashlarini boshqaradi.
Ushbu birliklarni viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi.
Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishning demokratik tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Demokratiya, oshkoralik, fikrlar xilma-xilligi tamoyili.
2. Vorislik tamoyili.
3. Ijtimoiy munosabatlarini demokratlashtirish.
4. Yuksak ma’naviyat tamoyili.
5. Mahalla xavfsizligini ta’minlash tamoyili.
6. Fuqaro yig‘ini raisi (oqsoqoli) va maslahatchilarining mas’uliyatini xis qilish tamoyili.
7. Ijtimoiy himoya, ijtimoiy adolat, ijitmoiy kafolat tamoyili (jamoatchilik va o‘zaro yordam).
8. Kengash, mashvarat (maslahatlashish) tamoyili.
9. Insonparvarlik.
10. Mustakillik va h.k.
Bu boshqaruvlar sifat va miqdor ko‘rsatkichlari orqali amalga oshiriladi.
Sobiq Sho‘ro davridan ma’muriy-buyruqbozlik tamoyili quyidagi tamoyillarga asoslangan edi:
1. Byurokratlarcha markazlashuv.
2. Nomenklatura (yuqoridan ro‘yxat asosida tayinlash) boshqaruvi.
3. O‘ziga –o‘zi xizmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustun qo‘yish.
4. Buyruqbozlik (majburlash, dahshatli qarorlar chiqarish).
5. Demokratiyani tan olmaslik.
6. Rasmiyatchilik (qog‘ozbozlik).
7. Mahdudlik (maxfiy ma’lumotlar asosida boshqarish).
8. Konservatizm va h.k.
Ijtimoiy-siyosiy boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat.
1. Ob’ektivlik va sub’ektivlik tamoyili (ob’ektiv qonunlarni hisobga olish va sub’ektiv faollik).
2. Asosiy zveno tamoyili (dolzarb vazifalar orasidan asosiy birinchisi saralab olinadi).
3. Hududiy tarmoq tamoyili (ijitmoiy boshqarish hudud va vazirliklar va ularning joylardagi bo‘limlari).
4. Mas’uliyatni his qilish tamoyili.
5. Vorislik tamoyili (uzviyligi).
Do'stlaringiz bilan baham: |