Oʻzbekisto Respublikasining Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklarining kafolati



Download 24,43 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi24,43 Kb.
#294796
Bog'liq
Bola huquqlari


"Oʻzbekisto Respublikasining Konstitutsiyasi - inson huquq va erkinliklarining kafolati", Bola huquqlari to'grisidagi xalqaro konvensiya
Yosh avlodni erkin, demokratik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni komil inson ruhida o‘stirish va ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish va ta’minlab berish fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik, huquqiy davlatni qurishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan har bir jamiyat uchun juda ham muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Barcha demokratik davlatlar kabi, mazkur masala, ya’ni yosh avlodni tarbiyalash, aholida esa bola huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatni shakllantirish masalasi, O‘zbekiston uchun ham muhim va dolzarb masala hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi yosh mustaqil davlat bo‘lib, aholisining 40%ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar. Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko‘p bolali oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Mamlakatda bola huquqlarini ta’minlash va ularni har tomonlama himoya qilish uchun maxsus huquqiy baza shakllangan desak, adashmagan bo‘lamiz.

Jumladan, bolalarning huquqlari mamlakatimiz Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki davridanoq, aniqrog‘i 1992-yili BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasini2 ratifikatsiya qilishi bilan jamiyatimiz bola huquqlari naqadar, dolzarb masala ekanligini xalqaro miqyosda e’tirof etdi. Mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlashda, qonunchilik hujjatlari va Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bilan bir qatorda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Xotin - qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya, Irqiy kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya va Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya, kabi inson huquqlari bo‘yicha boshqa xalqaro shartnomalarga ham tayaniladi. Bugungi kungacha mamlakatimiz 70dan ortiq inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan.

Mazkur xalqaro huquqiy hujjatlar orasida bola huquqlariga oid xalqaro normalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu alohida qayd etish kerakki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60-yilligi mamlakatimizda keng nishonlangan 2008-yilda O‘zbekiston parlamenti bola huquqlariga taalluqli quyidagi muhim xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi:

1. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi XMTning konvensiyasini (2008-yil 4 aprelda);

2. Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlash va tugatishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi XMTning konvensiyasini (2008-yil 8 aprelda);

3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) to‘ldiruvchi odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqidagi protokolini (2008-yil 8-iyulda);

4. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokolni (2008-yil 11-dekabrda);

5. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga doir, bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni (2008-yil 12-dekabrda). Bola huquqlariga oid mazkur xalqaro hujjatlar o‘z navbatida milliy qonunchilikni takomillashtirishga yordam bermoqda. Jumladan, O‘zbekistonda bola huquqlari va erkinliklari, ularni ta’minlash va himoya qilish masalalari 100dan ortiq qonunlar bilan tartibga solinishiga qaramay, 2008-yil 7-yanvar kuni, bu sohadagi maxsus qonun hisoblangan O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni O‘zbekistonning huquq tarixida bola huquqlariga oid birinchi maxsus qonun bo‘ldi.

Maqsadiga ko‘ra, mazkur Qonun bolaning huquqiy ahvolini Eelgilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan.

Unga binoan, bola huquqlari va manfaatlarini amalga tatbiq etilishini ta’minlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga solinadigan asosiy obyekt hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, Qonun normalarining yarmidan ko‘pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan. Bola huquqlariga oid mazkur xalqaro va milliy normalar mamlakatimizda bola huquqlariga oid davlat siyosatining shakllanishi uchun huquqiy zamin yaratdi.

Mazkur siyosat bola huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun samarali mexanizmni yaratishga qaratilgan davlat va mahalliy hokimiyat organlarining izchil olib borayotgan faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, bola huquqlarini ta’minlash va himoya qilish uchun zarur bo‘lgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar va kafolatlarni yaratish mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Alohida qayd etish kerakki, bola huquqlari va erkinliklari mazkur huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lsa, ularni amalga oshirish bo‘yicha mamlakatda keng ko‘lamli amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bola huquqlarini himoya qilishni ta’minlash bilan bog‘liq amaliy tadbirlar hukumatimiz tomonidan qabul qilingan quyidagi dasturiy hujjatlarda o‘z aksini topdi:

- “Homiylar va shifokorlar yili” (2006-yil), “Ijtimoiy himoya yili” (2007- yil), “Yoshlar yili” (2008-yil), “Barkamol avlod yili” (2010-yil), Sog‘lom bola yili”ga (2014) bag‘ishlangan yillik davlat dasturlarida;

- Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davriy ma’ruzalarini ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining tavsiyalarini bajarish bo‘yicha Milliy harakat dasturlarida;

- Bolalar farovonligini ta’minlash bo‘yicha Milliy harakat dasturida


(2007- 2011-yillar), Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiyani hamda Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlash va tugatishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakat rejasi (2008-2010-yillar), Odam savdosini bartaraf etish bo‘yicha Milliy harakat rejasi (2008-2010-yillar);

- Universal davriy hisobot doirasida O‘zbekiston Respublikasining Milliy ma’ruzasini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha BMT Inson huquqlari kengashining tavsiyalarini bajarish yuzasidan Milliy harakat dasturi (2009-2011-yillar).

Mazkur milliy harakat dasturlarida bola huquqlari va erkinliklarini har tomonlama amalga oshirish va ularni himoya qilishning yanada samarali Pexanizmlarini yaratish va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli choratadbirlar amalga oshirildi. Mamlakatda bola huquqlari sohasida axborot-ma’rifat va ta’lim faoliyati Vezilarli darajada faollashdi. Ma’rifiy faoliyat bola huquqlari bo‘yicha xalqaro huquqiy hujjatlarni chop etish, ushbu mavzuga bag‘ishlangan konfeUensiya, Veminar va treninglar o‘tkazishni qamrab oladi.

Hozirgi kunga qadar bola huquqlariga oid quyidagi kitoblar chop etildi:

- “Bolalarni himoya qilish. Parlament a’zolari uchun qo‘llanma”;

- “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”, o‘zbek tilida 2000 nusxada nashr etildi;

- “Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya va uning fakultativ protokollari” o‘zbek tilida 2000 nusxada nashr etildi;

- “Bola huquqlari: xalqaro shartnomalar to‘plami” elektron kitobi;



- Bakalavr va magistrlar uchun “Bola huquqlari” o‘quv qo‘llanmasi.

- “Bola huquqlari” elektron darsligi, shular jumlasidandir.
Download 24,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish