O‘zbekistan temir yo‘llari



Download 1,28 Mb.
bet23/47
Sana30.04.2022
Hajmi1,28 Mb.
#595499
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
ISI uzb (Lotincha)

Rasm 3.16


Boshqa poyezdlar peregonda majburan to‘xtab qolganda, ular faqat jo‘natish aloqa va signalizatsiya vositalarining hammasi to‘xtaganda to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab ikki yo‘lli yoki bir yo‘lli peregonga amalga oshirilgan bo‘lib, uning orqasidan boshqa poyezdni jo‘natilganligi xaqida xabar berilgan hollardagina to‘siladi. Bunday vaziyatlarda to‘sishni mashinist yordamchisi bajaradi, u poyezd to‘xtashi bilan poyezd oxiri tomoniga o‘tib, poyezdni oxirgi vagonida poyezd signali bor-yo‘qligini tekshirishi va peregonni diqqat bilan kuzatib, ketma-ket kelayotgan poyezdni payqasa, zudlik bilan uni to‘xtatish choralarini ko‘rishi kerak.
Agar to‘xtagan poyezdga yordam poyezdning boshidan ko‘rsatilsa, etakchi lokomotiv mashinisti tiklash (o‘t o‘chirish) poyezdi yoki yordamchi lokomotiv yaqinlashganida umumiy xavf (trevoga) signalini berishi kerak; kunduzi ko‘rinish yomon bo‘lganda projektor yoqishi kerak.


43. Peregonda to‘xtagan yo‘lovchi poyezdining oxirini to‘suvchi vagon kuzatuvchisi, tiklovchi (o‘t o‘chirish) poyezdi yoki yordamchi lokomotiv etib kelib va to‘xtagandan keyin yoki yo‘lovchi poyezd to‘xtash joyiga etib kelgan boshqa xodimga to‘sishni topshirgandan keyin tarkibning yoniga qaytib kelishi mumkin.
Signalizatsiya va aloqa vositalarining hammasi ishlamay qolganda jo‘natilgan poyezdning oxiri oldida turuvchi mashinist yordamchisi, faqat orqadan kelayotgan poyezd etib kelib va to‘xtagandan keyin yoki poyezdni to‘sishga zaruriyat qolmaganda, mashinist hushtak bilan uzatadigan signaldan keyin, lokomotivga qaytib kelishi mumkin.
44. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, yo‘lovchi poyezdining peregonda to‘xtaganida, oxirgi yo‘lovchi vagonning kuzatuvchisi poyezd signallarini ko‘rinishini tekshirishi, diqqat bilan peregonni kuzatishi va ketma-ket kelayotgan poyezdni payqasa, zudlik bilan uni to‘xtatish choralarini ko‘rishi kerak.
45. Ikki yo‘llik yoki ko‘p yo‘llik peregonda relьsdan tushish, to‘qnashish, yuklarni ag‘anashi va boshqa sabablar natijasida poyezd majburan to‘xtaganda, qo‘shni yo‘lda poyezdlar harakati uchun to‘siq joyni to‘sish talab etilsa, mashinist umumiy xavf (trevoga) signalini uzatishi shart.
Bu hollarda yo‘lovchi poyezdi to‘xtaganda to‘sish poyezdning bosh tarafidan mashinist yordamchisi tomonidan, poyezdni oxiridan vagonining kuzatuvchisi tomonidan poyezd boshi va oxiridan 1000 m masofada 3.17, a rasmda ko‘rsatilgan tartibda petardalar o‘rnatilib to‘siladi.
Boshqa poyezdlar to‘xtagan vaziyatda to‘sish mashinist yordamchisi tomonidan, poyezd kelishi kutilayotgan yonidagi yo‘lning to‘siq bor joyidan 1000 m masofaga petardalarni 3.17, b rasmda ko‘rsatilgandek o‘rnatib to‘siladi. Agar poyezdni boshi to‘siq bor joydan 1000 m dan ortiq masofada bo‘lsa, petardalar yon yo‘lda lokomotiv qarshisiga o‘rnatiladi. Agar poedning mashinisti yon yo‘lda noto‘g‘ri yo‘nalishda poyezd jo‘natilgani to‘g‘risida xabar olgan bo‘lsa, u radio aloqa orqali mashinist yordamchisini shunday masofaga petardalar o‘rnatish uchun chaqiradi va to‘siq bor joyni qarama-qarshi tomoniga petardalar o‘rnatiladi.
Rasm 3.17


Yo‘lovchi poyezdlarining harakat tezligi 120 km/soat dan ortiq bo‘lgan uchastkalarda petardalarni o‘rnatish masofalari DATK raisi tomonidan belgilanadi.
Petardalar o‘rnatilgandan keyin mashinist yordamchisi va vagon kuzatuvchisi petardalar o‘rnatilgan joydan poyezd tarafiga 20 m masofaga o‘tishi va qizil signalni poyezd kelishi mumkin bo‘lgan tarafga ko‘rsatib turishlari kerak.


46. Peregonda majburan to‘xtab qolgan poyezdni oxirini va boshini to‘sishga hamda ikki yo‘llik yoki ko‘p yo‘llik peregonning qo‘shni yo‘lida to‘siq joyni to‘sishga etakchi lokomotiv mashinistining ko‘rsatmasiga binoan lokomotiv brigadalarining xodimlari, yo‘lovchi vagon kuzatuvchilari, konduktorlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari jalb qilinishi mumkin.



Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish