Rasm 3.5
Poyezd ko‘chma sariq signalga yaqinlashganda lokomotiv (motor vagon poyezdi), maxsus o‘zi yurar harakat tarkibi mashinisti bitta uzun hushtak signalini uzatishi, qo‘l qizil signalli signalchiga yaqinlashganda to‘xtash signalini uzatishi va zudlik bilan ko‘chma qizil signaldan o‘tib ketmaslik uchun to‘xtash choralarini ko‘rishi shart.
Signalchilar temir yo‘l transportining boshqa ishchi-xodimlaridan farqlanishi uchun usti sariq rangda bo‘lgan bosh kiyimi va signal jileti kiyishlari shart.
Ko‘p yo‘lli peregonlarda poyezdlar harakati uchun to‘siqlar va ishlar olib borilayotgan joylar DATK belgilagan tartibda to‘siladi.
34. To‘satdan paydo bo‘lgan to‘siqni to‘sish uchun kerakli ko‘chma signallar bo‘lmasa, zudlik bilan to‘siq paydo bo‘lgan joyga to‘xtash signali o‘rnatiladi (rasm 3.6): kunduzi - qizil bayroqcha, kechasi - qizil chiroqli fonar va to‘siqni ikkala tomonida 3.1 jadvalning 4 ustunida ko‘rsatilgan yo‘naltiruvchi pasayish va peregonda ruxsat etilgan poyezdning maksimal tezligiga bog‘liq «B» masofaga uchtadan petarda o‘rnatiladi.
Petardalar, birinchi petardadan to‘siq tomonga nisbatan 20 m masofada qo‘l qizil signallari bilan turuvchi temir yo‘l ishchilari tomonidan qo‘riqlanishi kerak.
Rasm 3.6
Signallar birinchi navbatda poyezd kutilayotgan tomonga o‘rnatiladi. Bir yo‘lli uchastkada, poyezd qaysi tomonidan kelishi ma’lum bo‘lmasa, signal birinchi navbatda to‘silayotgan joy tarafiga yo‘nalgan qiyalikka, tekis maydonchada - burilish yoki o‘yilgan joy bor tomoniga o‘rnatiladi.
To‘satdan paydo bo‘lgan to‘siqlarni to‘sishda ishchi-xodimlarning mukammal harakatlanish tartibi DATK ning tegishli yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.
35. Poyezdlar faqat kuzatuvchi bilan o‘tishi (15 km/soat dan oshmagan tezlikda) mumkin bo‘lgan joy, shuningdek, ikki yo‘llik uchastkada bir sathda yo‘llarning mavjud o‘rami, harakat uchun to‘siqni chegaralash kabi, lekin petardalar o‘rnatilmasdan to‘siladi. Bu signallarni o‘rnatilganligi xaqida poyezdlarga yozma ogohlantirishlar beriladi.
Poyezdni kuzatuvchi bilan o‘tkazish zaruriyatida, unga ogohlantirish berilmagan bo‘lsa, petardalar o‘rnatilishi shart.
Poyezdlarni kuzatuvchilar bilan o‘tkazish davomiy muddatga belgilanadigan bo‘lsa, qizil ko‘chma signallarni yopiq holda qoldiriluvchi berkitish svetoforlari bilan almashtirish mumkin, ularning oldida ogohlantiruvchi svetofor o‘rnatilishi bilan (rasm 3.7).
Do'stlaringiz bilan baham: |