1-bosqich - huquqiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni. Mazkur bosqichda ta’lim samarasi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish, o’qituvchining o’quv jarayonining puxta ishlanmasi (yoki loyihasi)ga egaligi, o’quvchilarning mashg’ulotlarga ixtiyoriy tarzda qatnashishlari, ushbu jarayonda ularning mustaqilliklari hamda faolliklarining ta’minlanganligiga bog’liqdir.
2-bosqich - egallangan nazariy-huquqiy bilimlar asosida amaliy faoliyat ko’nikmalarini hosil qilish jarayoni. Seminar va amaliy mashg’ulotlar, tanlovlar, “Yosh huquqshunos” to’garagi, “Huquq va ijtimoiy hat” o’quvchilar ilmiy jamiyati faoliyati jarayonidagi ishtiroki orqali o’quvchi huquqiy faoliyatning dastlabki ko’nikmalariga ega bo’lib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |