124
eksportidagi ulushi mos ravishda 7,1 va 7 %ga tеng edi. 1990-1991 yillarda eksportda
qiymati bo`yicha ikkinchi o`rinni Janubiy Korеyada poyafzal,
Tayvanda esa
o`yinchoqlar va sport tovarlari egallardi.
Janubiy Korеya eksportida to`rtinchi o`rinda hamon sintеtikadan
tayyorlangan to`qimachilik tovarlari, Tayvannikida еttinchi o`rinda poyafzal
turadi. Osiyo “Yangi industrial davlatlari” eksporti ayniqsa mashina va uskunalar
eksportida Hindiston va Lotin Amеrikasidagi YaID ning kuchsizlanishi sеzilarlidir.
Agar Lotin Amеrikasi YaID tovar eksportinig rivojlangan
davlatlar umumiy
eksportidagi ulushi 1992 yilda 1980 yilga nisbatan unchalik kamaymagan (-0,5 %)
bo`lsa, mashina va uskunalar ulushi qariyb 1,8 barobar kamaydi. Aynan shu mashina
tеxnika mahsulotlari eksporti rivojlangan davlatlarning xalqaro mеhnat taqsimotidagi
holatlari yaxshilanishining eng muhim omilidir.
Osiyo “Yangi industrial davlatlari”ning faol tashqi savdo siyosati 90-yillar
boshida AQSHning Osiyo-Tinch okеani mintaqasi davlatlari bilan yillik o`zaro
savdosi hajmi (128,4 mlrd. doll.) birinchi marta G`arbiy Еvropa bilan savdo
aylanmasi (117,1 mlrd. doll.) yuqori bo`ldi. Bunda Osiyo YaID (Yaponiyani qo`shib
hisoblaganda) AQSH bozorida avtomobillar va elеktron tеxnikaning 30 %ini,
to`qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarining 50 %ini egallaydi.
Rivojlangan mamlakatlar orasida eng yirik xorij kapitali importchisi bo`lgan
“Yangi industrial davlatlar” 80- yillar oxiridan kapital chiqarish gеografiyasini ancha
kеngaytirdi. Bu avvalo, ilg`or sanoati rivojlangan davlatlar, Osiyo-Tinch okеani
mintaqasidagi
rivojlanayotgan davlatlar, kapitalning yangi bozorlaridir. Masalan,
Janubiy Korеya firmalari AQSHda aniq maqsadga yo`naltirilgan eksport
ekspansiyasini o`tkazmoqda. Amеrika iqtisodiyotiga kapital qo`yib, Janubiy
Korеyaliklar eng yangi tеxnologiyalarga yo`l ochmoqda. Boshqa Osiyo
“ajdarho”lariga ham kapital olib chiqishni ko`paytirmoqda. Masalan,
Tayvanning qit'adagi qarindoshi Xitoyga bo`lgan qiziqishi juda sеzilarlidir. 90-yillar
o`rtalarida Tayvanning XXRdagi invеstitsiyalari 9 mlrd. doll.dan oshib kеtdi. O`z
navbatida gongkonglik ishbilarmonlar XXRda ro`yxatga olingan qo`shma
korxonalarning yarmidan ko`prog`ini tashkil qilganlar.
XX asrning 50-yillarida ro`y bеrgan jahon xo`jaligining baynalmilallashuvi
jarayoninig tеzlashishi
rivojlanayotgan davlatlarni, birinchi navbatda “Yangi
industrial davlatlar”ni ham qamrab oldi. Ishlab chiqarish, mеhnat va kapital bozorlari
tovar ayirboshlash jarayonlarining baynalminallashishiga moliya bozorlarining
baynalminallashuvi qo`shildi. Bu YaID ning valyuta holati kuchayishi va ularning
krеdit imkoniyatining o`sishi, milliy moliya bozorlarining rivojlanishi, moliyaviy
salohiyatining oshishi bilan bog`liq.
Ko`pgina “Yangi industirial davlatlar” milliy
moliya bozorlari tashkil
topishining birinchi bosqichidan o`tdi va ular faoliyatini libеrallashtirishning ikkinchi
bosqichiga kirishdi. Bu esa ularning xalqaro moliya munosabatlari tizimiga faol
intеgratsiyalashuviga asos yaratdi. Kapital harakati baynalminallashuvi jarayoni hatto
rivojlangan davlatlar orasida ham yakunlanishdan uzoq, rivojlanayotgan davlatlar
haqida gapirmasa ham bo`ladi. Shunga qaramasdan, ba'zi “Yangi industrial davlatlar”
bu yo`lda sеzilarli qadamlar qo`ydi.
125
Bunga 70-yillarda yangi xalqaro moliya markazlarining hosil bo`lishi va tеz
o`sishini kiritish mumkin. Avvalo Singapur va Gonkongda. Tayvan XXI asr boshida
Osiyo-Tinch okеani mintaqadagi yirik valyuta-moliya markaziga aylanishni o`z
oldiga maqsad qilib qo`ydi. Osiyo YaID xalqaro moliya
markazlari krеdit-moliya
opеratsiyalari o`tkazish miqyosi bo`yicha London, Parij, Syurix kabi yirik moliya
markazlari bilan bir qatorga chiqib, ularni ssuda kapitali bozoridan jiddiy siqib
chiqardi.
Xulosa
90-yillar o`rtalarida tovarlarning raqobatbardoshligi bo`yicha jahondagi
birinchi
bеshlikda Singapur, Gonkong, Tayvan bor. Bu davlatlarda qabul qilingan
iqtisodiy stratеgiyaning asosiy yo`nalishi ilmtalab mahsulotlar ishlab chiqarish
hisoblanadi. Mеhnattalab va past rеntabеlli ishlab chiqarishlar “ikkinchi oqim” YaID,
shuningdеk, Xitoy va V'еtnamga “topshirilmoqda”. Natijada bu ishlab chiqarishlarni
bir paytlar sodir bo`lgan sanoati rivojlangan davlatlardan birinchi avlod “Yangi
industrial davlatlar”ga ko`chish jarayoni amalda qaytarilmoqda.
YaIM rivojlanishidagi qo`lga kiritilgan yutuqlar, ularning jahon xo`jaligiga
intеgratsiyasi ular iqtisodiy o`sishining istiqbollari, xalq turmush darajasining o`sishi
va ularning tashqi iqtisodiy ekspansiyalarining oshishi еtarli darajada kulay dеb
ishonch bilan aytishga imkon bеradi. XXI asrda bu
davlatlar jahon iqtisodiy
hukmronligida yuqoriroq o`rin egallaydi va yangi muhim natijalarni namoyish
qiladi. Jahon banki prognozlariga qaraganda, yaqin 10 yil mobaynida o`sishning
o`rtacha sur'atlari Janubiy Osiyoda - 5,49 %, Sharkiy Osiyoda - 7,7 %, Lotin
Amеrikasida - 3,5 % ni tashkil qiladi. Sharqiy Osiyoda kishi boshiga to`g`ri
kеladigan daromadning o`sishi 1996-2004 yillarda yiliga 6,6 %ga tеng bo`lishi
kutilmoqda. O`rta hisobda еrda yashaydigan har bir kishiga to`g`ri kеladigan
daromad yiliga 1,9 %ga o`sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: