O’zbekist



Download 3,88 Mb.
bet11/12
Sana08.06.2022
Hajmi3,88 Mb.
#645035
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
brending va brend kuchi kurs ishi

Xulosa
Bugungi kunga kelib brend so’zining dastlabki ma'nosi o’zgardi. Brendni yaratish (“breding” – “brand building”) va boshqaruv metodlari (“brend-menedjment”) marketingda alohida yo’nalishga aylandi. Brend-menejment, ya'ni brendni yaratish, uni boshqarish, bozorda ommalashtirish, o’zgaruvchan sharoitlarga moslashish jarayoni o’tgan asrning o’rtalarida vujudga keldi. Bir vaqtning o’zida brend-menejment bir necha mamlakatlarda rivojlanib bordi, ammo uning rivojlanishi asosan Buyuk Britaniyada va AQShda bo’lgan. Biz brend rivojlanish bosqichlarini AQSh misolida ko’rib chiqamiz, chunki aynan shu mamlakatda brend-menejment tovarlarni boshqarishning rasmiy sistemasi sifatida vujudga kelgan. Boshqa tomondan fabrikantlar magazinlar xo’jayinlarining talablarini qondirish uchun bir mahsulotning bir nechta variantini ishlab chiqarishga majbur edi. Masalan, Colgate 1906 yilda sovunning 160 turini, 625 xil atirni va 2000dan ortiq boshqa parfyumeriya mahsulotlarini ishlab chiqarardi. Mahsulotni tashish sistemasining yaxshilanishi, ishlab chiqarish jarayoni rentabelligining oshishi, mahsulotni qadoqlashdagi yangiliklar, qonunchilikda savdo markalarini himoya qilish haqidagi qonunlarning paydo bo’lishi, reklama effektivligining kuchayishi, sotuvning yangi metodlari paydo bo’lishi “ishlab chiqaruvchining brendi” vujudga kelishiga asos bo’ldi. O’sha paytda ommaviy xaridor tomonidan brendlarning paydo bo’lishi juda yaxshi qabul qilindi. Bu yangilik brendli mahsulotni sotib olayotganida xaridorda hech qanday shubha qoldirmas edi, chunki iste'molchi bu brenddan qoniqmasa, keyinchalik undan mahsulot sotib olmasligi aniq edi. Firma egalari va ularning yordamchilari (ularni tarixdagi birinchi top-menedjerlar deb hisoblash mumkin) shunday ommaviy iste'mol mahsulotlarini yaratishdiki, ular juda omadli brendlarga aylanishdi va ularning ko’pchiligi bugungi kunda ham mavjud (BMW kompaniyasi yuqorida misol tariqasida keltirilgan). Bu jarayon bilan parallel ravishda, uni to’ldirgan holda mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, uni tarqatish va reklama qilish ishlarida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Bu bosqichda ommaviy iste'mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilar mavjud brendlarni rivojlantirish hamda yangilarini yaratish va joriy qilish bilan o’z yutuqlarini mustahkamladilar. Bu davrda o’rta darajadagi menejerlar kategoriyasi vujudga keldi, ular mahsulotni bozorda ommalashtirish hamda reklama va tadqiqot agentliklari bilan ishlash bo’yicha yetarli tajriba to’pladilar. Uchinchi bosqich juda oğir yillar – 1930-1945 yillarga to’ğri keldi. Bu yillar davomida Buyuk Depressiya va Ikkinchi Jahon urushi bo’lgan bo’lsa-da, brendlarni boshqarish ko’plab yirik firmalarda ommalashdi. Bu davrda brend-menejment sistemasi tushunchasi paydo bo’ldi, u Procter & Gamble va boshqa. Brendni chiqarish (dastlabki qadamni bosish va o’sish). Bu brend-byuldingdagi eng ko’p harajat talab qiladigan bosqichdir. U bir nechta davrlarga bo’linadi. Boshlanğich davr uchun asosiy vazifa o’sish sur'atini oshirish yoki qisqa davr ichida maksimal darajadagi sotuvga yarishishdan iborat bo’ladi. Sotishni joriy qilish bo’yicha texnik vazifalarni hal qilish va infrastrukturani rivojlantirishdan tashqari ABL va BTL instrumentlarining barcha guruhlari bo’yicha markani bozorga olib kirish uchun kompleks reklama kompaniyasi ishlab chiqiladi. Mediarejalashtirish asosiy urğuni auditori yani maksimal darajada qamrab olishga e'tibor qaratadi. Ammo bu davrda realizatsiya reklamaga bo’lgan harajatlarni qoplashi mumkin emas, ya'ni bu davrda brend hali sof foyda keltirmaydi. Massiv reklama kompaniyasi distributiv tarmoqning o’sishi bilan to’liq muvofiqlashtirilishi zarur. Peshtaxtalarda yo’q mahsulotni reklama qilish mumkin emas. Shuning uchun brend-menejment, logistika, sotish jarayoni bitta zanjirning halqalari hisoblanadilar. Bu davrda brendni chiqarish katta harajatlar bilan boğliq bo’ladi, ya'ni u uzoq muddatli investitsiyalarni talab qiladi. Yetuklik davri. Asosiy vazifa - uzoq muddat davomida katta hajmdagi sotish darajasini ushlab turish va dividentlar olishni boshlash. Bir tomondan, harajatlarning optimizatsiyasi, pasayishi kuzatilsa, boshqa tomondan turli marketing tadbirlari o’tkaziladi, tashkilotning barcha zvenolari ishi yaxshilanadi, personal, dilerlar rağbatlantiriladi, foyda olish jarayoni boshlanadi. Bu davrdagi marketing tadqiqotlari o’zining birinchi xaridini qilganlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Reklama –informatsion tadbirlar tanlovning to’ğriligiga, imidjni shakllantirishga qaratilgan bo’ladi. Aynan shu davrda doimiy xaridorlarni rağbatlantirish dasturlari ishlab chiqiladi – “brand loyalty”. Brendning eskirishi (inqirozi). Vaqt o’tishi bilan uchinchi bosqich – pastga qarab ketish bosqichi boshlanadi. Bu muddatning kelishini uzoqlashtirish uchun faqat reklama tadbirlari bilan cheklanib qolmaslik zarur. Brendni sifatli tarzda rivojlantirish va tovarga xaridor diqqatini jalb qilishning yangidan - yangi usullarni o’ylab topish zarur bo’ladi. Hayot o’zgarib, yangi ustuvor yo’nalishlar paydo bo’lmoqda, bozordagi vaziyat o’zgarmoqda. Shu sababdan hozirga kelib yangicha marketing strategiyalarini o’ylab topish asosiy vazifa bo’lib qolmoqda. Yangi brend yaratish uchun albatta biz juda ko’plab bilim va tajribalarni o’rganishimiz kerakligi ko’rinib qolmoqda.



Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish