Birinchidan, tadbirkorlikni rivojlanishida tadbirkorlik mehnat unumdorligi bog‘liqlik omillaridan, yildan yilga ijobiy natijalarga erishish, ishlab chiqarish uzluksizligi yoki davomiyligini saqlash, kabi ko‘rsatkichlarga e‘tibor berilishi zarur. Ikkinchi omil ko‘proq kichik biznes sub‘ektlariga taaluqlidir. CHunki amaliyotda bunday tadbirkorlik sub‘ektlarining yangi tashkil etilishi va faoliyatini to‘xtatishi ko‘p uchraydi. Ikkinchidan, tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib tadbirkorning boy ma‘naviy qiyofaga ega bo‘lishini, bilim–malakasini oshirishni o‘z faoliyatiga yangicha qarashi va ishini oqilona tashkil etishini zaruriy maqsadga aylantirish. Uchinchidan, har bir tadbirkor o‘z faoliyatini samarali tashkil etishda mehnat bozorining talabi asosida innovatorlik, va bunyodkorlik kabi xususiyatlarga ega bo‘lishini ta‘minlash. To‟rtinchidan, tadbirkorlik faoliyatini istiqbolda rivojlantirishda ularga nisbatan rag‘batlantirishni amalga oshirishda tadbirkorni mahsulot (ish, xizmat) sifatining va xajmini yaxshilanishi va ilg‘or texnika va texnologiyadan foydalanish darajasini oshirishi ko‘rsatkichlariga e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari tadbirkorlarning aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashda, aholi bandligini oshirishda yangi ish o‘rinlari barpo etishning samarali yo‘llarini qo‘llaganligini qo‘llab quvvatlash
lozim.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda tadbirkorlikni yaqin istiqbolda moddiy- texnik ta‘minoti bo‘yicha kelgusidagi amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
- birja, auktsion va yarmarkalar savdo doirasini kengaytirish;
- zamonaviy texnika va texnologiyalar lizingini kengaytirish. Bunga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirish nazarda tutiladi:
- respublikada ishlab chiqarilayotgan mini uskunalar, texnologiyalar katologini tuzish;
- viloyat misolida xom-ashyo, moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazasini takomillashtirish;
- har bir tadbirkorlik sub‘ektlarining xom-ashyo va ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojini shakllantirish tizimini takomillashtirish;
- mamlakatda oziq-ovqat, chakana va ulgurji savdo yarmarkalarining keng
ko‘lamda faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash.
Buning uchun, albatta, tadbirkorlarni axborot-maslahat markazlari bilan
ta‘minlash orqali qo‘llab-quvvatlash zarur
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki tadbirkorlik faoliyatini o‘sishi bilan mamlakat iqtisodiyotini tayanch tarmoqlarini rivojlantirish vazifasini bevosita hal qilishga erishladi va tadbirkorlik aholi bandligini ta‘minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo‘lgan muhim bo‘g‘inga aylanadi. Iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng muhim omili o‘lgan tadbirkorlik, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo‘lidan olg‘a yetaklaydigan faol harakatlanuvchi kuchi sifatida amal qiladi.
Namangan viloyatida tadbirkorlikni istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda quyidagi holatlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
- viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturini mintaqa xususiyatiga mos ravishda ishlab chiqish;
- hududiy-sohaviy xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish tizimini tashkil etish;
- ma‘muriyatchilikni keskin cheklash;
- yirik korxonalar bilan kichik korxonalar integratsiyasiga erishish;
- korxonalarning ishlab chiqarish guruhlarini ya‘ni klasterlarni tashkil etish;
- tadbirkorlikda innovatsion faollikni oshirish va takomillashtirish orqali sifat
ko‘rsatkichiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |