O`zbekisotn Respulikasi Xalq ta`limi vazirligi Farg`ona viloyati xalq ta`limi xodimlarini qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 4,5 Mb.
bet3/11
Sana29.12.2021
Hajmi4,5 Mb.
#79450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Malaka ishi mavzusi 1

Tayanch iboralari: pedagogik texnologiya, texnologiya, interfaol metod, innovatsiya, innovatsion texnologiya, psixologik-pedagogik, kasbiy maxorat, modulli ta’lim, mikrokeys, uzluksiz ta’lim, tanqidiy tafakkur



XXI asr o‘qituvchisi

II. Asosiy qism:

1.Inovatsiyon vositalarini ta`lim jarayoniga tatbiq etishning ahamiyati .

Bugungi kunda erkin shaxsni shakllantirish muammosi ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni zamonaviy pedagogik texnologiyaga o‘tkazishni taqozo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi, chunki ixtiyoriy qurilayotgan va joriy etilayotgan o‘qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak. V.P.Bespalkoning ta’rifiga ko‘ra ―pedagogik tizim ma’lum shaxs sifatlarini shakllantirishga tartibli, aniq maqsadni ko‘zlab va oldindan o‘ylab pedagogik ta’sir etishni vujudga keltirish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisidir.









Har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak. Agar maqsad o‘zgarsa mavjud tizim ham o‘zgarishi muqarrardir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni bosh maqsad qilib qo‘ydi. Chunonchi, Milliy dastur ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi hisoblanib, milliy istiqlol mafkurasining mohiyat-mazmuniga to‘liq mos keladi. Faqat davlat buyurtmasigina ta’lim-tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab beradi yoki oliy ta’lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.



Pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, ularning vositasida yangi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o‘qituvchi (pedagog) faoliyati yangilanadi, o‘quvchilarda hur fikrlilik, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi.

Bugungi kunga kelib, o‘qituvchi (pedagog)lar metodikani ko‘p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan ham bu tushunchalarga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Metodika (uslubiyat) o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar majmuasidan iborat.



Pedagogik texnologiya esa oldindan belgilab qo‘yilgan aniq maqsad yo‘lida o‘qituvchi (pedagog)ning kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi yig‘indisidir.

Pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta’riflarning xilma-xilligi, bir tomondan rivojlangan mamlakatlarda ushbu mavzuning u yoki bu darajada yechilayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, pedagogik texnologiyani pedagogik amaliyotga joriy etishga bo‘lgan urinishlarning ma’lum natijasini ifodalaydi.

Hozirda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada, chunki nazariya va amaliyot birligining ta’minlanishi pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi. Demak, pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas.

Endilikda ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilanadi, unga mos holda mazmun ham, pedagogik jarayon ham yangilanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayapti, auditoriyaga o‘qitish imkoniyatlari katta bo‘lgan yangi texnologiyalar (sanoat, elektron, axborot) kirib kelmoqda. Ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, bugungi kunda o‘rganishning birlamchi jrayonlarini an’anaviy metodika o‘qitish vositalari qolipiga sig‘may o‘qituchi (pedagog)ning individual qobiliyatlariga mos kelmay qoladi.

O‘rganishning birlamchi jarayonlarini an’anaviy metodika va o‘qitish vositalari qolipiga sig‘may o‘qituvchi (pedagog)ning individual qobiliyatlariga mos kelmay qoldi. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining tarkibiy komponentlariga aylanib borayotgan va unda o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan texnikaviy, axborotli, poligrafik, audiovizual vositalar mavjudki, ular zamonaviy pedagogik texnologiyani real voqelikka aylantirmoqda.

O‘quv-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, bu jarayon XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ob’ektiv voqelikka aylandi. Axborotlashtirish esa bu jarayondagi inqilobiy “burilish”dir, ya’ni, ta’lim axborot texnologiyasi - bu “o‘qituvchi-o‘quvchi-kompyuter” o‘rtasidagi muloqotdir.

Ta’lim muassalarining ilmiy-texnikaviy va ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stirish - xar qanday tur, bosqich yoki darajadagi ta’limning asosiy vazifalaridan biridir. Zotan, bugungi kun yoshlari texnika va texnologiya, iqtisodiyot asoslari borasidagi bilimlardan xabardor bo‘lsa-yu, ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lmasa, u ko‘zlangan maqsadga erisha omaydi.

O‘quvchilar ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishning muhim sharti bu – faoliyatdir. Demak, pedagogning asosiy vazifasi ushbu faoliyatni tashkil etish shakl, metod, usul, vosita va yo‘nalishlarini belgilab beruvchi zarur axborotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Axborot ta’minotining haddan ziyodligi ham vazifani ijobiy hal etmaydi. Shu sababali axborot ta’minotini pedagogik jihatdan boshqarish, ularning ilg‘or texnika va texnologiya yutuqlari bilan boyitilganligini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.



Bugungi kunda ta’limni rivojlantirishning yangi pog‘onasida o‘qitishni texnik vositalarsiz ko‘tarib bo‘lmaydi. Pedagogik texnologiyalarning muxim kursatkichlaridan biri - axborotlarni o‘quvchi-yoshlarga uzatish tezligi aynan shu vositalar yordamida ta’minlanadi


Download 4,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish